buzishi mumkin. Shu bois “C%mput1ng+”ni hosil qilish uchun +
yoki % kabi belgilardan ham foydalanishingiz lozim.
Siz foydalanadigan ayrim
tizimlar parollarni har oy
oʻzgartirishni taklif qilishi mumkin.
Siz oʻz foydalanuvchi nomingiz va parolingiz bilan
kirganingizda quyidagilar sodir boʻladi:
1. Operatsion tizim foydalanuvchilar identifikatori jadvalida
foydalanuvchi identifikatorini qidiradi.
2. Operatsion tizimga bu jadval orqali
tizimdagi kirish ruxsat
etilgan barcha fayllar va papkalar, shuningdek,
foydalanish
ruxsat etilgan dasturiy va qurilmaviy taʼminot taqdim etiladi.
3. Keyin operatsion tizim parol kiritilishini kutadi.
4. Agar siz kiritgan parol operatsion tizimda siz uchun
saqlanayotgan parol bilan mos kelsa,
jadvalda sizga
foydalanishga ruxsat etilgan ma’lumotlardan erkin
foydalanish ruxsat etiladi. Agar parol mos kelmasa,
ekranda
notoʻgʻri parol haqidagi ogohlantiruvchi xabar paydo boʻladi.
Biometrik maʼlumotlar
Biometrik maʼlumotlar barmoq izlari kabi har bir shaxs uchun
xos boʻlgan, indetifikatsiya qilish maqsadida ishlatiladigan
yozuvlarga oʻxshab ketadi. Bu boʻlimda
autentifikatsiya
maqsadida foydalanish mumkin boʻlgan biometrik
skanerlashning har xil turlari koʻrib chiqiladi (8.04-rasm).