|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 178/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikmalware dasturlar
va kompyuter foydalanuvchilarini oʻz shaxsiy maʼlumotlarini
berishga ishontira oladigan fishing hujumlari bor.
Botnetlar
spam-xatlar yoki saytga server koʻtara olmaydigan haddan
tashqari koʻp soʻrov yuborish uchun malware dasturlardan
foydalangan holda ishlab chiqiladi.
Tizimni buzib kirish ham
shaxsiy maʼlumotlarni qoʻlga kiritish usullaridan biridir. Bunga
misol sifatida yirik chakana savdo tarmoqlari hujumga uchragani
va millionlab shaxsiy qaydlar oʻgʻirlanganini aytib oʻtish mumkin.
Internetdagi oʻgʻirlik tobora kuchayib borayotgan tahdiddir.
KALIT SOʻZLAR
Tizimni buzib kirish: kompyuter tizimidagi maʻlumotlarga
ruxsatsiz kirishga oid har qanday urinish.
Botnetlar: virusli dasturlardan foydalangan holda ishlab chiqilgan
kompyuter tarmogʻi boʻlib, buzib kiruvchiga bu tarmoqlarni
boshqarish, shaxsiy maʼlumotlarni to‘plash yoki boshqalarga
qarshi hujum boshlash uchun qoʻllashga imkon beradi.
Internetda oʻyinlar oʻynash
Joriy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet aloqasi
tufayli onlayn oʻyinlar ommalashib, internetda vaqt oʻtkazish
usullaridan biriga aylangan. Shu sababli ham juda murakkab
oʻyinlarga koʻp vaqt va pul tikilmoqda. Natijada ayrim odamlar
buni kimgadir ziyon yetkazish imkoniyati va noqonuniy foyda
olish yoʻllari deb tushundi.
Shu bois onlayn oʻyinlarning texnologik va ijtimoiy xatarlarini
tushunish muhim.
Onlayn oʻyinlarni butun dunyo boʻylab turli odamlar bilan
birga oʻynash mumkin. Bu oʻyinlarni oʻzingiz tanigan odamlar
bilan, shuningdek, sizga umuman notanish odamlar bilan
birga oʻynashingiz mumkin. Oʻyinlar oʻynab, sizga yoqadigan
oʻyinlarni yoqtiradigan onlayn doʻstlar orttirishingiz mumkin.
Shuningdek, oʻyin saytlarida uchratgan odamlaringiz bilan
muloqot qilishingiz mumkin.
Sizningcha, internetdan foydalanish paytida xavflardan qanday
saqlanish mumkinligini bilasizmi? Eng yaxshisi – oʻzingizni
xavfsiz saqlash uchun toʻgʻri tanlov qilishingiz kerak.
Onlayn oʻyinlarni xavfsiz oʻynashga oid maslahatlar:
• Ayrim odamlar gʻalaba qozonishni xohlagani uchun
onlayn oʻyinlar vaqtida qoʻpol xulq-atvor koʻrsatishi
mumkin. Onlayn oʻyinlar vaqtida gʻalaba qozonish
yoki keyingi bosqichga oʻtish uchun hech kimni xafa
qilmayotganingizga ishonch hosil qiling. Bundan
tashqari, hiyla yoki maslahatlar olish uchun notoʻgʻri
deb bilgan ishlaringizni qilmang.
• Internetda uchratishingiz mumkin boʻlgan ayrim
shaxslar oʻzini boshqa shaxs qilib koʻrsatishi mumkinligi
bois, oʻyin vaqtida haqiqiy ismingizdan emas,
taxallusdan doim foydalanishingiz tavsiya qilinadi.
|
| |