Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar
Kiber-tahqirlash biror shaxs bilan ijtimoiy tarmoq orqali 
muloqot qilish imkoni boʻlganida yuz berishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish oson boʻlgani 
uchun ayrim odamlar boshqalar, xususan. yoshlardan, 
ayniqsa, ular kim bilan muloqot qilayotganidan bexabar 
boʻlganida oʻz maqsadi yoʻlida foydalanishga yoki ular bilan 
noloyiq munosabatda boʻlishga urinishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardan odamlarning obroʻsiga putur 
yetkazish maqsadida ularga tuhmat qilish (ular haqida 
yolgʻon maʼlumot tarqatish) uchun foydalanadiganlar ham 
bor. Agar kimdir boshqa bir shaxs haqida haqoratli fikr 
bildirsa va uni boshqalar ham boʻlishsa, bu izohni hamma 
koʻrinib turgan joylardan oʻchirib tashlashning imkoni 
boʻlmaydi.
Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish odatda shaxsiy profil 
ochishdan boshlanadi. Agar u faqat doʻstlaringiz yoki 
hamkasblaringizga emas, balki jamoatchilik uchun ochiq 
boʻlsa, sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz oʻgʻirlanish xavfi 
ostida qolishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari saytlarda qidirish 
funksiyasi borligidan bexabar boʻlishi mumkin. Hozirgi 
kunda ish beruvchilar ana shu saytlarga kirib, ular bilan 
ishlashga daʼvogarlik qilayotgan odamlarni tekshirishi 
mumkin. Baʼzan, noo‘rin muhokamalar yoki xatti-
harakatlar, garchi ular yaqinda yuz bermagan boʻlsa-da, 
ish beruvchilarning sizni ishga olishiga toʻsqinlik qilishi 
mumkin.
Ijtimoiy tarmoq saytlarida maxfiylik sozlamalaridan 
foydalanish siz uchun foydali boʻlishi mumkin. Chunki ularning 
aksariyati qoidabuzar foydalanuvchilar ustidan shikoyat 
qilishga imkon beradi.
Eng avvalo, shaxsiy maʼlumotlaringiz, masalan, ismingiz
manzilingiz, maktabingiz nomi va maktab formasidagi 
tasviringizni oshkor qilishdan oldin:
1. Oʻzingizga quyidagi savollarni bering:
• bu axborotni kim toʻplaydi?
• bu nima uchun kerak?
• ular nimaga ishlatiladi?
• men uchun oqibatlari qanday boʻladi?
Siz internet brauzeringiz va ijtimoiy tarmoqlardagi 
akkauntlaringizda xavfsizlik va maxfiylik sozlamalarini 
oʻzgartirishingiz mumkin. Quyida bu ishni Microsoft 
Internet Explorer bilan amalga oshirish misollari keltirilgan.
2. Shaxsiy maʼlumotlaringizni himoyalash uchun Internet 
brauzeringizga (Internetda ishlash uchun foydalaniladigan 
dasturiy taʼminot) oʻrnatilgan vositalardan foydalaning. 
Bu vositalar xavfsizligingizning turli jihatlariga 
8.03-SAVOL
Bank hisob raqami maʼlumotnomasi shaxsiy maʼlumotga 
kiradimi?
Plagiat va mualliflik huquqiga oid muammolar haqida bilib 
oling.

Download 132,8 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish