|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 171/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik8.02 Elektron xavfsizlik
Elektron xavfsizlik - internetdan foydalanish, shuningdek,
mobil telefonlar kabi elektron aloqa vositalaridan foydalanish
bilan bogʻliq atamadir. Elektron xavfsizlik deganda, oʻzini
yoki boshqalarni xavf ostiga qoʻymaslik uchun yangi va
rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanayotgan har kimni
zarardan himoya qilish tushuniladi.
Xatarlarni ikki turga boʻlish mumkin:
• noqonuniy yoki nomaqbul kontent:
•
mualliflik huquqi muammolari;
•
plagiat;
•
nomaqbul rasmlar;
•
ijtimoiy tarmoq dasturi.
• muloqot:
•
kattalar bilan nomunosib aloqa;
•
tahqirlash;
•
moliyaviy xatarlar.
Shu tariqa elektron xavfsizlik bolalar, yoshlar va
himoyalanmagan kattalarni elektron axborot vositalaridan
foydalanish bilan bogʻliq koʻngilsiz oqibatlardan, jumladan,
tahqirlash va nomaqbul jinsiy xatti-harakatlardan himoya
qilishga qaratilgan. Qidirish natijalarida nomaqbul saytlar
chiqmasligi uchun ayrim
qidirish tizimlari xavfsiz rejimlarga
ega.
KALIT SOʻZLAR
Qidirish tizimi: maʼlumotlar bazasida siz kiritgan kalit
so‘z(lar)ga mos elementlarni qidiradigan va aniqlaydigan
dastur. Google – Butunjahon internet tarmogʻidagi qidiruv
tizimlaridan biri, ammo undan boshqalari ham mavjud.
Shaxsiy maʼlumotlar
Qanday ma’lumotlar
shaxsiy maʼlumotlar deb hisoblanishi
va ular qaysi formatda saqlanishini (kompyuterda, qogʻozda,
IT tizimida, videokuzatuv tizimida va h.k.) koʻrib chiqing. Kalit
soʻzlar boʻlimidan shaxsiy maʼlumotlar identifikatsiya qilinishi
mumkin boʻlgan tirik shaxsga aloqador ekanini bilib oldingiz.
Bunday maʼlumotlar turlicha boʻlishi mumkin.
|
| |