• Xakerlik nima
  • Ma’lumotlarning xavfsizligi




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet179/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    8.03 Ma’lumotlarning xavfsizligi
    Maʼlumotlarning xavfsizligi – gʻarazli maqsadda zarar 
    yetkazish ehtimolini kamaytirish uchun ma’lumotlardan erkin 
    foydalanishni cheklash orqali ularni xavfsiz va zararlanmagan 
    • hech qachon hech kim bilan yolgʻiz uchrashuv 
    belgilamaslik;
    • doim kattalarni xabardor qilish va jamoat joyida 
    uchrashish;
    • tasvirlardan notoʻgʻri maqsadda foydalanmaslik;
    • tegishli til meʼyorlarini qoʻllash;
    • maxfiylikni hurmat qilish;
    • koʻplab ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlikka oid 
    koʻrsatmalar va tavsiyalarni oʻqish.
    8.04-SAVOL
    Ijtimoiy tarmoqlar yoki tarmoq saytlari, bloglar, tezkor 
    xabar almashish dasturlari yoki internet chatlardan 
    foydalanish vaqtida duch kelishingiz mumkin boʻlgan 
    xavflarni minimallashtirish uchun qoʻllay oladigan ayrim 
    strategiyalaringizni sanab oʻting.
    Ularga quyidagilarni kiritdingizmi?
    • istalmagan foydalanuvchilar haqida shikoyat qilish va 
    ularni bloklash;
    111
    8-bob: Xavfsizlik texnikasi qoidalari


    holda saqlashni anglatadi. Maʼlumotlarning xavfsizligi, 
    shuningdek, maʼlumotlarga zarar yetgan taqdirda ularni qayta 
    tiklash bilan ham bogʻliq. Bu boʻlimda biz maʼlumotlarni 
    buzib kirishning turli usullarini va imkon qadar xavfsiz saqlash 
    usullarini koʻrib chiqamiz.
    Yuqori 
    darajadagi 
    ahamiyatga 
    ega
    Oʻquv materiallari
    Bank maʼlumotlari
    Parollar
    Past 
    darajadagi 
    ahamiyatga 
    ega
    Fotosuratlar
    Videolar
    Musiqa
    Past darajali xavf
    Yuqori darajali xavf
    8.01-jadval. Axborot xatarlarining darajasi.
    Xakerlik nima?
    Xaking – ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqiga ega 
    boʻlmagan shaxslarning gʻarazli maqsadda kompyuter tizimini 
    buzib kirib, unga zarar yetkazishidir. Bu ishni qiluvchi shaxslar 
    xakerlar deb ataladi.
    Xakerlar bunday amallarni turli sabablarga ko‘ra bajaradi: 
    ularning ayrimlari tizimning himoyalanmagan ekanini 
    isbotlash uchun uni buzib kiradi, boshqa xakerlar faqat 
    gʻazarli maqsadlarni koʻzlab maʼlumotlarni oʻzgartirishi 
    yoki yoʻq qiladi. Baʼzi xakerlar esa bu ish qoʻlidan kelish-
    kelmasligini tekshirib koʻrish uchungina kompyuter tizimiga 
    buzib kirishga harakat qilishi mumkin. Katta ehtimol bilan ular 
    baʼzi maʼlumotlarni o‘g‘irlab, pul ishlash uchun xakerlik qiladi. 
    Masalan, xaker kompyuteringizga kirib, u yerdagi har qanday 
    moliyaviy maʼlumotni, masalan, kredit kartangiz raqami yoki 
    bank hisob raqamingiz parolini oʻgʻirlasa, u bu ma’lumotlarni 
    pulingizni ishlatish uchun qoʻllashi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish