• • Start
  • Cookie fayllar
  • Do not track Brauzeringizda Do not track
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet175/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    8.03-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
    109
    8-bob: Xavfsizlik texnikasi qoidalari


    aloqador. Masalan, internetga joylashtiradigan shaxsiy 
    maʼlumotlarigiz hajmini nazorat qilishda sizga yordam 
    berish, tashrif buyurgan saytlaringiz yoki siz bergan qidirish 
    soʻrovlarini tozalash.
    Internet Explorer brauzeridan foydalansangiz, xavfsizlik 
    sozlamalari va maxfiylik sozlamalarini quyidagicha 
    oʻzgartirishingiz mumkin:
    • Start tugmasini bosib, Internet Explorer brauzerini 
    ishga tushiring.
    Qidirish katakchasini topib, “Internet Explorer” deb 
    yozing, soʻng “Internet Explorer” tugmasini bosing.
    • Tools tugmasini bosing va Internet Options ni tanlang.
    • Security sahifasini bosing.
    Quyidagi roʻyxatda keltirilgan har bir element uchun 
    maxfiylik sozlamalarini oʻzgartirishingiz mumkin
    Boshqa Internet brauzerdan foydalanadigan boʻlsangiz, 
    katta ehtimol bilan konsepsiyalar bir xil, ammo sozlamalar 
    joylashuvi turlicha boʻlishi mumkin.
    Cookie fayllar
    Cookie fayllar sizning internetdan foydalanishingizni 
    kuzatish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, agar internet 
    orqali nimadir sotib oladigan boʻlsangiz, sizga shunga 
    oʻxshagan koʻplab narsalarni taklif qiladigan reklamalar 
    koʻrinadi. Cookie fayllar, shuningdek, veb-sahifaga oid 
    sozlamalaringizni eslab qolish uchun qoʻllaniladi va 
    saytlarga tezroq kirish imkonini berish orqali brauzerda 
    ishlash tajribangizni yaxshilaydi. Bu haqda “Monitoring va 
    kuzatuv” 6.15-bobida batafsil oʻqib olishingiz mumkin.
    Do not track 
    Brauzeringizda 
    Do not track sozlamasini yoqadigan 
    boʻlsangiz, u veb saytlarga maxsus signal yuboradi. 
    Do 
    not track sozlamasini yoqish har doim ham siz kutgan 
    natijani bermaydi. Chunki bu signalni olgan saytlar har 
    doim ham kuzatish amaliyotini oʻzgartirmaydi. Shunday 
    boʻlsa-da, ayrim saytlar koʻrsatiladigan reklamani sizga 
    moslashtirmasligi mumkin. Boshqalari esa sizning 
    internetdan foydalanishga oid maʼlumotlaringizni toʻplash 
    usullarini cheklashi mumkin. 

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish