• Foydalanuvchi identifikatori va parol
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet181/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    KALIT SOʻZLAR
    Axborot resurslari: oʻgʻirlanishi yoki buzib kirilishini 
    istamaydigan qimmatli maʼlumotlaringiz.
    112
    9-sinf Informatika va axborot texnologi
    yalari


    Oʻz maʼlumotlarimni xakerlikdan himoyalash 
    uchun nima qilishim mumkin?
    Yodda tuting, agar siz oʻz kompyuter tizimingizni murakkab 
    qilib yaratsangiz, xaker chekinishi va nisbatan osonroq 
    nishonni qidirishi mumkin.
    Siz bajarishingiz kerak boʻlgan amallar quyidagilardan iborat:
    Birinchi navbatda, tizimga va alohida fayllarga kirish 
    uchun autentifikatsiya (foydalanuvchilar va parollar 
    identifikatoridan foydalanish) orqali xakerni tizimga 
    kirishdan toʻxtatishga urining;
    Siz maʼlumotlarni shifrlash orqali fayllarni tizimingizga 
    kirishga muvaffaq boʻladigan har qanday xaker uchun oʻqib 
    boʻlmaydigan qilib qoʻyishingiz mumkin. Agar maʼlumotlarni 
    shifrlasangiz, parollaringizni buzib kirishga muvaffaq boʻlgan 
    har qanday xaker oʻzi topgan istalgan ma’lumotni tushuna 
    olmaydi, shu bois ma’lumotlarga hech qanday zarar yetmaydi 
    (agar ular maʼlumotlarni shunchaki yoʻq qilib yubormasa).
    Xakerlar oʻzi kirgan har qanday faylni zararlashidan 
    saqlanish uchun har ehtimolga qarshi fayllarning nusxasini 
    saqlashingiz lozim. Bu fayllaringizning zaxira nusxalarini 
    saqlash nihoyatda muhimligini anglatadi. Navbatdagi 
    boʻlimlarda biz bu usullar haqida batafsil hikoya qilamiz.
    Foydalanuvchi identifikatori va parol
    Internet xavfsizligiga taalluqli salbiy odatlar sizni keraksiz 
    xatarga duchor qilishi mumkin. Elektron pochta, ijtimoiy 
    tarmoqlar, telefon yoki elektron onlayn akkauntlar, onlayn 
    auksion yoki onlayn banking saytlaridan foydalanishimiz 
    yoki foydalanmasligimizdan qatʼi nazar barchamiz bizga 
    ushbu onlayn xizmatlardan foydalanishga imkon berayotgan 
    foydalanuvchi nomlari, parollar va PIN-kodlarning miqdori oshib 
    borishini kuzatishimiz talab qilinadi.
    Yetakchi kredit maʼlumotlari agentligining tadqiqotlariga koʻra, 
    har bir shaxsning oʻrtacha 26 ta turli internet-logini mavjud. Shu 
    bois parollarni boshqarish internetda xavfsizlikni taʼminlashning 
    muhim qismi sanaladi. Internetda turli akkauntlarimiz koʻp 
    ekani sababli bitta parolni bir necha marta ishlatmaslik 
    tavsiyasiga amal qilish murakkab va noqulay. Shuningdek, 
    maʼlum boʻlishicha, 26 ta turli akkauntimiz boʻlishi mumkinligiga 
    qaramay, biz oʻrtacha besh xil paroldan foydalanar ekanmiz!
    Har doim bir xil yoki oson paroldan foydalanish orqali osonlik 
    bilan shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash nishoniga aylanishingiz 
    mumkin.
    Parollardan foydalanish uchun ular sir saqlanishi lozim. Ekranda 
    parolingizni kiritayotganingizda hech kim koʻrmasligi uchun * 
    * * * * * * kabi qator yulduzchalar parol kiritiladigan maydonni 
    toʻldirishiga eʼtibor berganmisiz? Operatsion tizim (OT) har bir 
    foydalanuvchiga oid parollarni foydalanuvchilar identifikatori 
    jadvalida saqlaydi.
    Parollar ma’lumotlarimizni begona koʻzlardan himoyalashga 
    moʻljallangan. Biroq parollar murakkab va eslab qolish 
    qiyin boʻlishi mumkin! Shu bois juda koʻplab kishilar oʻzi 
    unutmaydigan sodda parollardan foydalanadi. Biroq ularni 
    eslab qolish oson boʻlsa, topib olish ham oson boʻladi.
    Sodda parollar – topib olish oson boʻlgan parollardir. Masalan, 
    agar tugʻilgan kuningiz, uyingiz yoki biror shaxsiy narsangizning 
    nomi, yoki parolingizni topmoqchi boʻlganlar parollarni buzish 
    dasturlari orqali ishlashsa, topib olishi oson boʻlgan toʻliq matn 
    boʻlishi mumkin.
    Parol lugʻatdagi soʻz boʻlmasligi kerak va u raqamlardan, 
    shuningdek, harflardan iborat boʻlishi lozim. Ayrim harflar kichik
    ayrimlari esa bosh harflar bilan yozilishi va sakkizta belgidan 
    uzunroq boʻlishi talab qilinadi.
    Parolingiz sizga bogʻliq boʻlmagan biror narsa boʻlishi lozim. Shu 
    sababli uyingiz, qishlogʻingiz, kuchugingiz yoki shunga oʻxshash 
    nomlarni ishlatmang. Tugʻilgan kuningiz kabi sanalardan 
    foydalanmang.
    Yaxshi parollar harflar, raqamlar va belgilarni oʻzida 
    uygʻunlashtiradi. Parolingizdagi harflarni oʻxshash raqam 
    bilan almashtirshingiz mumkin. Masalan, agar parolingiz 
    “Dasturlash” boʻlsa, “o” harfini “0” bilan, “i” harfini esa “1” bilan 
    almashtirishingiz mumkin. Bu parolingizni “C0mput1ng”ga 
    aylantiradi. Biroq aslida bu yetarli emas va xaker buni bemalol 
    Agar siz haqingizda koʻp maʼlumotlar oʻgʻirlangan 
    boʻlsa, xaker bundan foydalanib, internetda sizning 
    nomingizdan harakat qilishi mumkin.
    Ular sizning nomingizga kredit karta ochtirishi, mashina 
    sotib olishi yoki kredit olishga ariza berishi mumkin!
    Bu holat yuz bersa, u “shaxsiy maʼlumotlarning 
    oʻgʻirlanishi” deb ataladi (shu bobning boshiga qarang).

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish