• 8.08-SAVOL Bu kabi hujumlar haqida qanday xabar berish va maʼlumotlarni yozib olishni oʻrganing. 117 8-bob: Xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Elektron pochta orqali spam tarqatish
  • Kompyuter viruslari
  • • Smishing xabarlarga javob bermang. Forumlar: moderatsiya qilinadigan yoki




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet189/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Smishing xabarlarga javob bermang.
    Forumlar: moderatsiya qilinadigan yoki 
    moderatsiya qilinmaydigan?
    Forum – internetda boshqa shaxslar bilan mavzularni 
    muhokama qilishingiz mumkin boʻlgan platformadir.
    Moderatsiya qilinadigan forumlarda barcha xabarlar 
    moderator tomonidan oldindan tasdiqlanadi. Ayrim shaxslar 
    moderatsiya qilinmaydigan forumdan koʻra, shu turdagi 
    forumlarni afzal koʻradi. Chunki moderator spam, shuningdek
    qoʻpol va haqoratli hisoblanadigan yoki hatto forumda 
    muhokama qilinayotgan mavzularga oid boʻlmagan nooʻrin 
    xabarlar tarqalishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin.
    8.08-SAVOL
    Bu kabi hujumlar haqida qanday xabar berish va 
    maʼlumotlarni yozib olishni oʻrganing.
    117
    8-bob: Xavfsizlik texnikasi qoidalari


    Qaysi turdagi forumdan foydalanishingizdan qatʼi nazar, 
    koʻpincha, haqiqiy ismingizdan foydalanmaganingiz maʼqul.
    Internet, odatda, moderatsiya qilinmaydi. Shu bois internetga 
    hech kim egalik qilmaydi. Biroq internetdagi aksariyat ijtimoiy 
    forumlar ishtirokchilar amal qilishi lozim boʻlgan (protokol 
    deb ataluvchi) qoidalar toʻplamiga ega. Bu butun dunyodagi 
    masʼul kishilarga murojaat qilish bilan bogʻliq va anchagina 
    muvaffaqiyatli boʻlgan.
    Elektron pochta orqali spam tarqatish
    Siz uni koʻplab shaxslarga yuboriladigan deyarli oʻxshash 
    elektron pochta xabarlarini oʻz ichiga oluvchi email turini 
    ifodalovchi spam-xabar yoki ommaviy spam-xabar (UBE) 
    sifatida taniysiz.
    Agar siz spam xabardagi havola ustiga bossangiz, u sizni fishing 
    saytlara yoki malware dasturlar oʻrnatilgan saytlarga yoʻnaltirishi 
    mumkin.
    Kompyuter viruslari
    8.08-rasm. Viruslar.
    Kompyuter virusi – oʻzini ruxsatingizsiz boshqa 
    kompyuterlarga oʻrnatadigan va nusxalaydigan kompyuterni 
    zararlovchi dasturiy taʼminotning bir qismidir (8.08-rasm).
    Aksariyat kompyuter viruslari kompyuteringiz bilan 
    “nimalardir” qiladigan qandaydir zararli kompyuter dasturi 
    orqali yuboriladi. Masalan, virus josus-dasturlarni oʻrnatishi 
    mumkin (
    josus-dasturlar – bu kompyuteringizda nima 
    qilayotganingizni kuzatuvchi dasturiy taʼminot ekani 
    yodingizdami?). U kompyuteringizda kredit kartasi haqidagi 
    maʼlumotni qidirishi yoki kimgadir kompyuteringizni 
    masofadan boshqarishga imkon beruvchi dasturni oʻrnatishi 
    mumkin! Virus dasturlaringiz va fayllaringizni zararlashi hamda 
    kompyuteringizning ishlashini oʻzgartirishi yoki umuman uni 
    ishlashdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    • Smishing xabarlarga javob bermang. Forumlar: moderatsiya qilinadigan yoki

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish