Farming nima va u fishingdan qanday farq qiladi?
Farming fishingga oʻxshaydi. Biroq fishing hujumi sizni soxta
elektron xabar yoki havola orqali veb-saytga oʻtishga undasa,
farming hattoki siz notoʻgʻri veb-manzilni
kiritsangiz ham soxta
veb-saytga yoʻnaltirishga urinadi. Bu koʻpincha banklar yoki
elektron tijorat veb-saytlariga nisbatan qoʻllanadi.
Bu qanday ishlaydi?
Internetdagi saytlar haqiqatan ham www.thenameothesite.
com kabi kiritish mumkin boʻlgan nomlar boʻyicha emas,
194.144.1.1 kabi raqamlar qatoridan foydalangan holda
qidiriladi. Bu internetda maʼno anglatuvchi www (eslab
qolish
oson) manzilni kiritish imkonini beruvchi nomlash tizimi
mavjudligi bilan bogʻliq.
DNS server sizni kerakli veb-saytga
olib kiruvchi veb-saytning harflardagi
nomini raqamlarga
aylantiradi.
KALIT SOʻZLAR
DNS server: domen nomlari tizimining serveri. DNS
foydalanuvchi uchun qulay domen nomi www.thisismysite.
comni, masalan, 60.22.161.42 kabi raqamlarga aylantiradi.
Bu raqamlar toʻplami internet-protokol (IP) manzili deb
nomlanadi va siz soʻragan saytga yoʻnaltirish uchun ishlatiladi.
DNS domen nomlari va ularning IP-manzillarini saqlaydigan
keng tarqatilgan maʼlumotlar bazasi
orqali ishlaydi va shu
orqali kerakli domen nomini topishi mumkin boʻladi.
Vishing: “ovoz” va fishing uygʻunligi, firibgarlar tomonidan
jabr koʻruvchining shaxsiy maʼlumotlarini simli telefon aloqasi
orqali olinishi.
Xaker kompyuter yoki serverga
sizni firibgarlik saytiga
yoʻnaltiradigan zararli kodni oʻrnatishi mumkin. Katta ehtimol
bilan siz bu narsa yuz berganini bilmaysiz.