|
Yozuvlarni o‘chirish uchun rezina o‘chirg‘ich
|
Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 16,89 Kb. | | #127296 |
Bog'liq Kollej Zakovat savollar
1-tur
1. 1775 yilda Londonda kauchukdan quyilgan kublar sotilgan.
Diqqat savol: Ular siz hozir o‘quv jarayonida ishlatadigan nimanig vazifasini bajargan?
Javob: Yozuvlarni o‘chirish uchun - rezina o‘chirg‘ich.
2. AQSHda Reyebok krossovkalarining noodatiy to‘plami sotiladi: o‘ng poyi Tayvanda, chap poyi Tailandda tayorlangan. Ko‘rinishi bir biridan umuman farqi yo‘q. Bu yo‘l bilan, kompaniya o‘z zararlarini sezilarli darajada kamaytirgan.
Diqqat savol: Nima uchun kompaniya ikki poy krosovkalariniyam bir zavodda ishlab chiqarmagan?
Javob: tayyor mahsulotlar fabrikalarida poyabzal o‘g‘irlanishi sababli.
3. Ushbu modda kislotali yomg‘irning asosiy tarkibiy qismidir. Gaz shaklida u kuchli kuyishga olib kelishi mumkin. Ushbu moddaning oshqozonga kirishi oqibatida terlash ko‘payishi mumkin, katta dozada esa qusish holatini keltirib chiqarishi mumkin. Tasodifan nafas yo‘lingizga o‘tib ketsa, og‘ir ahvolga olib kelishi mumkin.
Diqqat savol: Ushbu moddan br suz bilan yozib bering.
Javob: Suv- yomgir suvdan iborat, bug’ kuydiradi, suv terlatadi,
4. Bu qushlar Avstraliyaga XIX asrning 60-yillarida Afrikadan keltirilgan. Aytishlaricha uning goshti buzoq goshtiga oxshaydi. Terisi oliy sifatga ega. Patlari tez-tez modaga kirib turadi. Uning har bir mahsuloti qimmat turadi
Diqqat savol:Bu qaysi qush?
Javob: Tuyakush
5. Bu dezinfeksiya vositasi fransuz tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilinganda, "Kyoln suvi" degan ma’noni anglatadi. Uni Kyoln shahrida yashagan italyalik Jovanni Mariya Farina 1709-yilda o‘ylab topgan ekan. Ushbu dezinfeksiya vositasi nomini ayting?
Javob: Odekalon.
6. Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Islom.
2-tur
7. Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo‘lsa, ko‘pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.
Javob: Hafta kunlari, oxirgisi Yakshanba.
8. Odatda biror narsaning sinishi yoki sindirilishi baxtsizlikka yo‘yiladi. Lekin uni sindirish albatta rozilikka, yaxshilikka olib keladi. Nimaning sinishi yaxshi belgi hisoblanadi?
Javob: Non.
9. O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” ida shunday yozilgan: “Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Javob: Vaqt.Vaqt oliy hakam.
O‘zbek xalq topishmog‘i: Ish payti pichoqlashadi, ish tugugach diydorlashadi. Topishmoqning javobini toping?
Javob: Qaychi
10. Matematik jumboq: Uchta yog‘ochning 6 ta uchi bor. Beshta yog‘ochning 10 ta uchi bo‘lsa, besh yarimta yog‘ochning nechta uchi bor?
Javob: 12 ta
11. Mashhur adib Pasternak unga shunday ta’rif beradi: “U yonayotgan, o‘rtanayotgan vijdonning to‘rtburchak bo‘lagidir. O‘zingizdan uzoqlashmagan holda javob bering, adib nimaga nisbatan yuqoridagi ta’rifini qo‘llagan?
Javob: Kitob
12. Quydagi nomlarni yozib oling. Sit, Diyego, Manfrid. Diqqat savol: Ular qaysi davrda do‘st bo‘lishgan.
Javob: Muzlik davrida.
Qushimch va apelatsiya savollari:
1 Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.
Javob: Asalarilar.
2. Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.
3. Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Javob: Zakovat.
4. U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda paydo bo‘lgan va uni ichiga ko‘mir solishgan. U faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan. Bu nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Dazmol.
5. Bu bolalar yozuvchisi qahramonining noodatiy bosh kiyimi bor edi. U aniq bir rangga ega afsonaviy mavjudotdan transport vositasi sifatida foydalangan. Keyinchalik bu mavjudotni halok qilgan.
Savol: Yuqoridagi uch ma’lumotni jam qilib yozuvchining kimligini ayting.
Javob: Xudoyberdi To‘xtaboyev.
Izoh: Yuqoridagi ma’lumotda adibnning “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi” asarlariga ishora qilingan.
|
| |