• • Qoʻshimcha funksional imkoniyatlar (moslashuvchan xizmat koʻrsatish)
  • • Samaradorlikni yaxshilash (mukammal xizmat koʻrsatish)
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Xizmat koʻrsatish
    Tizimdagi oʻzgarishlarning ushbu uzluksiz jarayoni 
    xizmat 
    koʻrsatish deb ataladi va tizimning butun xizmat koʻrsatish 
    davri davomida amalga oshiriladi. Xizmat koʻrsatishning uchta 
    shakli bor:
    • Xatolarni tuzatish (rejali xizmat koʻrsatish): har 
    qanday murakkab dasturiy taʼminot ishlashida baʼzan 
    xatolar kuzatiladi. Dasturiy taʼminotdagi xatolar “baglar” 
    deb ataladi. Tizimni qoʻllab-quvvatlovchi xodimlar bu 
    xatolarni topishi va ularni tuzatishi kerak.
    • Qoʻshimcha funksional imkoniyatlar (moslashuvchan 
    xizmat koʻrsatish): har qanday tashkilotda oʻzgarishlar 
    sodir boʻladi. Original muammo, uni tuzatish uchun 
    yaratilgan tizim ishlay boshlagandan keyin oʻzgargan 
    boʻlishi mumkin. Tizimdan boshqa qoʻshimcha vazifalar 
    ham talab qilinishi mumkin. Masalan, avvalroq shu bobda 
    keltirilgan misoldagi imtihon kengashi oʻz faoliyatini 
    kengaytirib, boshqa mamlakatda ham ish boshladi, 
    deylik. Ushbu mamlakat rasmiylari natijalarning nomzod 
    boʻlgan markazlarga muvofiq emas, balki berilgan baholar 
    tartibida taqdim etilishini istashi mumkin.
    • Samaradorlikni yaxshilash (mukammal xizmat 
    koʻrsatish): tashkilotlar odatda jarayonlarni tezlashtirishni 
    yoki ularning samaradorligini oshirishni istaydi. Yoki tizim, 
    masalan, foydalanuvchilar bazasining kengayishi yoki 
    qayta ishlanayotgan mahsulotlar soni koʻpayishi bilan 
    shunchaki oʻzining dastlabki imkoniyatlaridan tashqariga 
    chiqib ketgan boʻlishi mumkin. Tizim tahlilchisi ushbu 
    muammolarni hal qilish usullari haqida oʻylashi kerak. 
    Bu usullar uskunalarni oʻzgartirish (masalan, yuqori 
    samaradorlikka ega serverlar; 7.05-rasmga qarang) yoki 
    dasturiy taʼminotdagi oʻzgarishlar, masalan, tekis fayllar 
    oʻrniga relyatsion maʼlumotlar bazasidan foydalanishdan
    iborat boʻlishi mumkin.
    Ushbu moduldagi uchta dastur misollari ajratib 
    koʻrsatilgan 1-savolga qarang. Keyin sinfingiz bilan ushbu 
    dasturlarning har birida qanday auditoriya boʻlishi, 
    foydalanuvchi va texnik yoʻriqnomalarning har birida 
    qanday kontent boʻlishi kerakligini muhokama qiling.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish