7.09-rasm. Serverga texnik xizmat koʻrsatadigan kompyuter
muhandisi.
Har qanday oʻzgarishlar puxta rejalashtirish
va ijroni talab
qiladi.
Ushbu moduldagi uchta dastur misollari koʻrsatilgan
birinchi savolga qayta razm soling.
Sinfingiz bilan tahlilchi yechim samaradorligini baholash
uchun tashkilot rahbariyatiga
qanday dalillarni taqdim
etishi kerakligini har bir dastur boʻyicha muhokama qiling.
Xizmat koʻrsatish zaruratini anglatuvchi uchta holatga
misol keltiring.
7.02-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
103
7-bob: Tizimlarning hayot davri
Xulosa
●
Tizim xizmat qilish davrining zinapoya modelida oltita bosqich mavjud: tahlil, dizayn, ishlab chiqish va sinash,
amalga oshirish,
hujjatlashtirish va baholash/xizmat koʻrsatish.
●
Tizimni tahlil qilish va loyihalash – yechimni takomillashtirib boruvchi uzluksiz takrorlanuvchi jarayondir.
●
Tahlil bosqichi muammoni aniqlash va texnik-iqtisodiy asoslashdan iborat boʻlib, uning ortidan muvofiqlashtirishga koʻra, axborot
toʻplanadi va talablar shakllantiriladi.
●
Chiqish maʼlumotlarini loyihalash – loyihalashtirish bosqichining birinchi qismi boʻlib, uning ortidan kirish maʼlumotlarini
loyihalash,
saqlash va qayta ishlash keladi.
●
Ishlab chiqish va sinov bosqichi kod yozish ishlarini modullarga taqsimlashdan iborat boʻlib, keyinchalik ular birlashtiriladi va yaxlit holatda
sinalishi oldidan alohida sinovdan oʻtkaziladi.
●
Amalga oshirish bosqichi yangi jihozlar va maʼlumotlarni oʻrnatish,
shuningdek, xodimlarni tayyorlashdan boshlanadi. Yangi yechimga
oʻtish toʻrt xil usulda amalga oshirilishi mumkin: bevosita oʻtish, bosqichma-bosqich amalga oshirish, sinov tarzida
amalga oshirish yoki
parallel ishga tushirish.
●
Hujjatlar kelgusida tizimga xizmat koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega hamda tavsiya etilgan formatlardagi texnik va foydalanuvchi
yoʻriqnomalaridan tashkil topgan. Tizimdagi har qanday oʻzgarishlar hujjatlarda aks ettirilishi kerak.
●
Baholash bosqichida yechimning talab etilgan parametrlarga qanchalik mos kelishi koʻrib
chiqiladi, soʻngra tizim qanday oʻzgarishlarga
muhtoj ekani aniqlanadi.
●
Texnik xizmat koʻrsatish tizimning butun xizmat qilish muddati davomida olib boriladi va u xatolarni tuzatish, funksiyalar qoʻshish va
samaradorlikni oshirishdan iborat.