• • Tizim blok-sxemalari
  • • Izohlar
  • • Fayl tuzilmasi
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologi




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet160/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    100
    9-sinf Informatika va axborot texnologi
    yalari


    • Tizim cheklovlari: mijoz va tahlilchi oʻrtasida 
    oʻtkaziladigan birinchi muhokama vaqtida tizimga ayrim 
    cheklovlar qoʻyiladi. Masalan, bundan avvalgi boʻlimda 
    koʻrib chiqilgan imtihon kengashida mijoz natijalarni 
    markazlarga tarqatishda elektron usulni ham kiritishni 
    istagan boʻlishi mumkin. Ammo tahlilchi texnik-iqtisodiy 
    baholashni amalga oshirganidan keyin bunday amal 
    yakuniy narxga taʼsir qiladi yoki loyiha oʻz vaqtida tayyor 
    boʻlmaydi, degan qarorga kelingan. Bu tizim uchun cheklov 
    hisoblanadi. Bu masala muhokamaning dastlabki qismida 
    koʻrib chiqilganiga qaramay, bu haqda hujjatning soʻngida 
    xabar berilishi mumkin. Shuningdek, ayrim dastlabki 
    talablarni amalga oshirishda muammolar yuzaga kelishi 
    mumkin. Chunki tizimni yakunlash uchun ajratilgan 
    muddatda ularni tadbiq etib boʻlmas edi.
    • Tizim blok-sxemalari: bular toʻliq maʼlumot tizimini 
    aks ettiradi va ayrim hollarda 
    tizim arxitekturasi deb 
    nomlanadi.
    • Dasturlarni kodlash: dasturga, ehtimol, tizim-blok 
    sxemalari koʻrinishidagi original dizaynlar kabi har qanday 
    amalga oshirilgan dasturlashning tafsilotlarini kiritish kerak 
    boʻladi. Bu kodga toʻliq izoh berilishi shart.
    • Izohlar: har bir kod satri nimani bajarishini tushuntiradi va 
    kodning ichida joylanadi.
    • Qoʻllanilgan oʻzgaruvchan qiymatlar roʻyxati: bu 
    oʻzgaruvchan qiymat nomi, qoʻllanish sababi va maʼlumot 
    turini oʻz ichiga oladi. Roʻyxat ikki maqsadga xizmat qiladi: 
    agar qandaydir texnik xizmat koʻrsatilishi zarur boʻlsa, 
    texnik xodimga yordam berish va oʻzgaruvchan qiymatlar 
    qaytarilmasligini taʼminlash.
    • Fayl tuzilmasi: tizim tomonidan fayllarda qoʻllanilgan 
    barcha katakchalarning maʼlumot turlarini belgilaydi. 
    U, shuningdek, fayllar orasidagi bogʻliqlikni ham aks 
    ettiradi. Agar tizim maʼlumot bazalaridan foydalansa, u 
    holda bazalarni boshqarish tizimi bu yerga qoʻshilishi 
    mumkin boʻlgan fayllar orasidagi aloqalarni aks ettiruvchi 
    koʻrinishga ega boʻladi. Bu maʼlumot fayl tuzilmasi 
    kelajakda oʻzgartirilishi kerak boʻlgan hollarda zarur boʻladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish