|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 156/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik7.04 Amalga oshirish
Tizim ishlab chiqarilgan va puxta sinovdan oʻtkazilganidan
keyin buyurtmachi tashkilotda amalga oshirilishi kerak boʻladi.
Amalga oshirishning bir nechta usuli mavjudligi sababli,
ulardan biri avvaldan tanlab olinishi kerak.
Agar batamom yangi tizim ishlab chiqilishi u avval bajarmagan
funksiyalarni bajarishi kerak boʻlsa, unda tanlash imkoni
bo’lmaydi, tizim oʻrnatilishi va ishga tushirilishi kerak. Ammo,
aksariyat tizimlar eski tizim bajargan vazifaga moslashtirilgan
boʻladi. Shu sabab bir tizimdan boshqasiga oʻtishni boshqarish
uchun tizimlarni almashtirish rejasi kerak boʻladi:
• Qurilmalar. Birinchidan, yangi tizim uchun zarur boʻlgan
har qanday yangi qurilmalarni sotib olish va oʻrnatish
kerak. Barcha eski qurilmalar yetarli darajada yaxshi
boʻlishi ham mumkin, ammo buning ehtimoli kam. Korxona
faoliyatini toʻxtatishi kerak boʻladi. Shu bilan birga yangi
qurilmalarni korxona ishlamagan vaqtda (kechasi yoki dam
olish kunlari) oʻrnatsa ham boʻladi.
• Maʼlumot fayllari. Qurilma oʻrnatilganidan keyin,
maʼlumot fayllarini saqlash qurilmasidan yangi tizimga
yuklanishi kerak . Maʼlumotlar toʻgʻri kiritilishini taʼminlash
uchun maʼlumotlarni kiritish xodimlarini vaqtincha yollash
kerak boʻlishi mumkin. Tizim ishga tushirilishi oldidan bu
maʼlumotlar imkon qadar aniq ekaniga ahamiyat bering.
Maʼlumotlar aniq kiritilganini tekshirish usulini tanlash
uchun qaror qabul qilish kerak.
• Trening. Yangi tizimni qoʻllaydigan xodimlarga undan
qanday foydalanish kerakligi o‘rgatish zarur. Agar ular
kompyuterlashgan tizim bilan tanish boʻlsa, u holda
kengaytirilgan mashgʻulotlarga ehtiyoj yoʻq. Agar ular
kompyuterlashgan tizimdan foydalanishni bilmasa,
ularga rejali mashgʻulot oʻtilishi kerak. Xodimlar uchun
kompaniyaga tashqaridan taklif etilgan oʻqitivchi
mashgʻulot oʻtishi mumkin. Bunda katta afzalliklar bor.
Chunki xodimlarning muayyan savollariga javob beradigan
shaxs orqali; rahbariyat haqiqatan barcha xodimlar
tayyorgarlikdan oʻtganiga ishonch hosil qilishi mumkin.
Kamchiligi – xodimlar mashgʻulot vaqtida ishlamaydi. Yana
bir boshqa yoʻli – hamma darslarni DVDga yozish va qulay
vaqtda oʻrgana olishi uchun har bir xodimga disk nusxasini
berish. Buning afzalliklari: xodimlar mashgʻulot oʻtish bilan
bir qatorda, kompaniya faoliyati davom etadi hamda ular
oʻziga mos tezlikda o‘rganadi. Shuningdek, o‘zi bilgan
qismlarni oʻtkazib yuborishi yoki qiyinroq deb topgan
ruknlarini qayta koʻrishi mumkin.
7.08-rasm. Mashgʻulotning oʻtishi.
7.04-SAVOL
Uchta dastur namunasi ajratib koʻrsatilgan ushbu
moduldagi birinchi savolga qarang.
Har bir dastur uchun sinov rejasiga qaysi sinov
maʼlumotini kiritish maqsadga muvofiq boʻlishini oʻylab
koʻring. Nima sinov strategiyasining muhim qismi boʻla
oladi? Taklif etilgan yechimning qaysi qismlari sinovdan
oʻtkazilishi kerak? Tekshirish funksiyasini qaysi usulda
sinovdan oʻtkazish kerak?
Uchinchi dastur sinovi birinchi dastur ustida oʻtkazilgan
sinovdan muhimroq boʻladimi?
|
| |