Talab etilgan parametrlar




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

Talab etilgan parametrlar
Tahlilchi mavjud tizim va uning muammolari haqida maʼlumot 
toʻplar ekan, yechim uchun zarur boʻlgan parametrlar roʻyxati 
ham shakllanib boradi. Bu roʻyxat 
talab etilgan parametrlar 
boʻlib, u tashkilotning tizim bajarishi kerak boʻlgan vazifalarga 
oid xohishi, saqlash talablarining tafsilotlari hamda kerakli 
qurilma va dasturlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Talab etilgan parametrlar maslahatlashilgandan keyin, tashkilot 
oʻz istaklarini qondirilishi uchun muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 
lozim deb hisoblaydigan va tahlilchi bajarish mumkin deya rozilik 
bildirgan ishlar ro‘yxati keltiriladi. Bu kelishuv ikkala tomon 
uchun ham nihoyatda muhim boʻlib, unda ushbu kelishuvdan 
kutilayotgan natijalar aniq koʻrsatilishi kerak. Kelishuv yakuniy 
baholash uchun asos boʻluvchi “qoidalar” ni oʻz ichiga oladi.
Talab etilgan parametr kelishib olingandan soʻng keyingi 
bosqichga oʻtiladi.
7.01-SAVOL
Quyida keltirilgan uchta holatning har birida tahlilchi 
maʼlumot toʻplash uchun qanday samarali usuldan 
foydalanishi mumkinligini sinfda muhokama qiling. 
Shuningdek, usullar nima uchun farq qilishi mumkinligini 
ham koʻrib chiqing.
a Kichik universal doʻkon kompyuterlashtirilgan 
inventarizatsiya tizimini oʻrnatishni xohlaydi. Shu 
kungacha inventarizatsiya qoʻlda bajarib kelingan. 
Doʻkon egasi – doʻkonda ishlaydigan yagona shaxs.
b Kiyim-kechak doʻkoni bir qancha vaqtdan 
beri kiyimlarni sotish va chek berish uchun 
kompyuterlashtirilgan tizimdan foydalanadi. Biroq 
inventarizatsiya hali ham qoʻlda amalga oshiriladi. 
Doʻkon egasi mahsulotlarni buyurtma qilish va 
hisobotlarni yuritish bilan shugʻullanadi, lekin 
doʻkonda ishlamaydi. Doʻkon egasiga taʼminotchilar 
bilan ishlash va doʻkondagi inventarizatsiya ishlarida 
yordam kerak. Doʻkonda olti nafar xodim bor.
c Katta supermarket POS terminallari bilan bir qatorda 
toʻliq kompyuterlashtirilgan inventarizatsiya tizimidan 
foydalanadi. Raqobatchi supermarket ancha zamonaviy 
tizim oʻrnatgani sababli supermarket egasi joriy tizimni 
yangilash kerak degan qarorga keldi. Supermarketning 
turli boʻlimlarida ishlaydigan 100 dan ortiq xodim bor. 
Supermarketda 30 000 dan ortiq mahsulot turi sotiladi. 
Baʼzi xodimlar sotuvchi, boshqalari nazoratchi boʻlib 
ishlaydi. Baʼzilari buxgalteriya boʻlimida, boshqalari 
bo’limlarni boshqarishda faoliyat yuritadi. Chunki bu 
juda katta doʻkon.

Download 132,8 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish