7-bob haqida umumiy maʼlumot
Biror tashkilot yoki mijoz oʻz tizimlaridan
birida muammolar
mavjud yoki uni takomillashtirish kerak deb hisoblasa,
tizim
tahlilchisi muammolar qayerda ekani va tizim qay tarzda
yaxshilanishi mumkinligini aniqlash uchun uni oʻrganib
chiqadi. Soʻng tahlilchi yechimni amalga oshirish rejasini tuzadi
hamda bu rejani yechimni ishlab chiqish va sinab koʻrish
uchun
dasturiy taʼminot guruhiga topshiradi. Keyin esa tahlilchi
tizimni tashkilotga kiritish usulini rejalashtiradi va tizimga
kelgusida texnik xizmat koʻrsatish ishlarini tashkillashtiradi.
Ushbu
jarayon
tizimlarning xizmat qilish davri deb
nomlanadi va uni quyidagilarning yigʻindisi deb atash mumkin:
• tahlil;
• loyihalash;
• ishlab chiqish va sinab
koʻrish;
• joriy qilish;
• hujjatlashtirish;
• baholash/texnik
xizmat
koʻrsatish.
KALIT SOʻZLAR
Tizim tahlilchisi: yangi/oʻzgartirilgan AT tizimining
muammoni tahlil qilishdan tortib,
butun tizimni amalga
oshirishgacha boʻlgan xizmat qilish davri uchun masʼul AT
mutaxassisi.
Tizimlarning xizmat qilish davri: AT tizimini ishlab chiqish
jarayonidagi turli bosqichlar.
Aksariyat dasturiy taʼminotlar tizimining xizmat qilish davri
bir-biriga oʻxshaydi, lekin bosqichlarning
nomlari farq qilishi
mumkin.
Tahlilchilar jarayonni boshidan boshlamaydi va bevosita
oxirigacha ishlab chiqmaydi. Ular biror bosqichga yetib borishi
va
ortga qaytib, boshqa narsani oʻrganishi yoki hammasini
boshqacha rejalashtirish kerakligini tushunib yetishi mumkin.
Ular nimaningdir toʻgʻri ishlamayotganini aniqlashi mumkin.
Shu sababli ortga qaytib, loyihani oʻzgartirishi kerak boʻladi.
Bu jarayon tizimlar
xizmat qilish davrining