|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 143/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikKALIT SOʻZLAR
GIS: Yer yuzasiga oid maʼlumotlarni toʻplash, saqlash,
tekshirish va xarita sifatida koʻrsatish uchun geografik axborot
tizimlari.
Shu tarzda GIS sizga xaritalar yaratish va maʼlumotlarni
birlashtirish imkoniyatini taqdim qiladi (6.22-rasm). U
ssenariylarni tasavvur qilish hamda ifloslanish kabi koʻplab
muammolarga samarali yechim ishlab chiqish yoki jamiyat
ehtiyojlari va resurslarni baholashda ishlatiladi.
6.22-rasm. GIS yordamida xarita yaratish uchun foydalanish
mumkin boʻlgan axborot qatlamlari.
Media kommunikatsiya tizimlari
Bu atama tez-tez “ommaviy axborot vositalari” yoki “yangilik
axborot vositalari” oʻrniga ishlatiladi. Bu matbuot, fotosurat,
reklama, kino, radioeshittirish va/yoki nashr qilish kabi
ixtisoslashgan kommunikatsiya kompaniyalari tomonidan
maʼlumotlarni saqlash va uzatish uchun foydalanilishi mumkin
boʻlgan vositalar bilan bogʻliq.
Shu tarzda kommunikatsiya vositalari elektron,
telekonferensiya, internet forumlari va boshqalar orqali koʻp
sonli kishilar oʻrtasida, uzoq masofalar boʻylab aloqa va
maʼlumotlar almashinuvini osonlashtiradi. Bu “koʻpchilikdan
koʻpchilikka” aloqasidir; u “bir kishidan koʻpchilikka” aloqasi
boʻlgan televizor, radio yoki jurnallar kabi anʼanaviy ommaviy
axborot vositalari kanallaridan farq qiladi.
Internet va mobil aloqadan, shuningdek, ijtimoiy dasturiy
vositalardan dunyo miqyosida foydalanish, kommunikatsiya
tizimlarini mahalliy va global miqyosda bogʻlangan interaktiv
tarmoqlarga oʻzgartirdi. Nafaqat ijtimoiy tarmoq saytlari,
balki SMS, bloglar, podkastlar va vikilar kabi ommaviy axborot
vositalari ham xabarlarni koʻpchilikdan koʻpchilikka uzatish
imkonini beradi. Ular butun dunyodagi kishilar oʻrtasidagi
aloqa uchun muqobil vositalarni taqdim etdi va ularning
jurnalistika sohasida ishtirok etishiga imkon berdi.
Bu kabi kommunikatsiya tizimlari butun dunyodagi hayotni
oʻzgartirishi va baʼzida shakllantirishi mumkin.
|
| |