Sementbeton qoplamalari Reja




Download 1.6 Mb.
bet1/3
Sana20.05.2022
Hajmi1.6 Mb.
#21537
  1   2   3
Bog'liq
Sementbeton qoplamalari
1-amaliy mashg\'ulot(Asоsiy temоdinamik hоlat parametrlari), Elektromagnit tizimli asboblar, Adittiv va multiplikativ xatoliklar, Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati, Amaliy ish, Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash, Boshqaruv qarorlar qabul qilish usullari, Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik, Dissertatsiya mavzusi, Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish, МАЪРУЗАЛАР МАТНИ, 4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar Reja, Binolarning energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari, 1-maruza

Sementbeton qoplamalari


Reja:

  1. Zavodlar tasnifi va maxsulotlarni tayyorlash texnologiyalari. Sementbeton zavodi bosh rejasi.

  2. Sementbeton qorishmalarini tayyorlashning texnologik jarayonlari. Beton aralashtirgich uskunalar.

  3. Sement va tosh materiallari omborlarini tashkil qilishning o‘ziga xos tomonlari.

  4. Sementbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.

  5. Sementbeton zavodida mehnatni va atrof muhitni muxofaza qilish

Tayanch so’z va iboralar: SBZ, texnologik jarayonlar, uskunalar, saqlash, avtomatlashtirish, betonli qorishmalar, uzluksiz, majburiy, ombor.


Zavodlarda semento beton qorishmalar ishlab chiqarishda qator transport ombor va texnologik operatsiyalar bajariladi: qum, sheben, shag‘al, sement qo‘shimchalarni ortish va omborda saqlash; to‘ldiruvchilar sement va qo‘shimchalarni qorishtiruvchi uskunalarning tarqatuvchi bunkerlari va siloslariga transportda tashish; to‘ldirgichlar sement, suv, qo‘shimchalarni dozalash; tarkibiga kiruvchi materiallarni aralashtirish; tayyor qorishmani avtosamosvallar, avtobeton tashigichlar, avtobeton qorishtirgichlarga ag‘darib berish. Zamonaviy zavodlarning mexanizmlar bilan ta’minlanganligi va uskunalar nomenklatura sermexnat jarayonlarningaksariyat qismini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga imkon beradi.


Beton qorishmalar, asosan, zavodning beton qorish sexida tayyorlanadi, Sexning texnologik uskunalari ish unumdorligiga ko‘ra sheben, qum, sement omborlarining sig‘diruvchanligi va uskunalari zavod ichidagi transport, ortish-tushirish mashinalari va boshqa uskunalar hisoblab topiladi.
Xossalarga ega, talab darajasidagi beton qorishmalar olishga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: boshlang‘ich materiallarning sifati va ishonchli ishlaydigan texnologik uskunalar.
Qorishtirish sexi uskunalarini tanlash. Qorishtirish sexining asosiy texnologik uskunalari dozator va betonqorishtirgich.
Dozator beton qorishmaning tarkibiy qismlarini tortib o‘lchashda ishlatiladi. Davlat standartlariga muvofiq, faqat massa bo‘yicha dozalashga ruxsat beriladi; xatolik sement va suvda +2% dan va to‘ldirgichlarda +3% oshmasligi kerak.
Beton qorishtirgichlar dozalangan tarkiblardan beton qorishma tayyorlashga mo‘ljallangan: bog‘lovchi (sement), suv va to‘ldirgichlar (yirik-shag‘al va mayda-qum). Zamonaviy beton qorishtirgichlardan komponentlarni jadal qorishtirish talab qilinadi.
Beton qorishtirgich tanlanganda quruq qorishma bilan tayyor qorishma xajmidagi farqni beton chiqish koeffitsienti hisobga olish zarur. Bu koeffitsient doim birdan kichik bo‘ladi (taxminan 0.67), aralashtirilganda mayda donalar yirik donalar orasidagi bo‘sh joylarni to‘ldiradi.
Qorishtirish sexi uskunalarini komponentlarini tanlash. Dozatorlar transportlar uskunalari, qorishtirgichlar sanoatda komleks qilib ishlab chiqariladi. Komplektlangan bunday qurilmalar zavodning ishga tushishini tezlashtiradi.
Qorishtirgichlar siklli va uzluksiz ishlaydigan bo‘ladi. Qorishtirisho‘ usuliga qarab, siklli qorishtirgichlar va erkin gravitatsiyali aralashtiriladigan (barabanli) va kurakli (majburiy harakatlanadigan) hamda mahsus barabanli turlarga bo‘linadi. Qorishtirgichlar turining xilma-xilligi ishlab chiqarilayotgan zavodga qo‘yilgan talablarni hisobga olib, ularni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.
Texnologik uskunalardan tashqari, yordamchi uskunalardan ham foydalaniladi, ular beton qorishma tayyorlash ishlarini bajarishni,chunonchi, qorishmali tarkiblarni ombordan yoki transport vositalaridan tarqatuvchi bunkerlar, siloslarga qabul qilish, ularni dozalash, qurilmalariga berish, tayyor qorishmani dozalash va uzatishni ta’minlaydi.
Beton qorishma tayyorlash texnologik jarayoni xusuksiyatiga ko‘ra, beton qorishtirgich qurilmalar ham, zavodlar kabi, siklli va uzluksiz haraktlanadigan turlarga bo‘linadi. Birinchi turda qorishma tayyorlash jarayoni ketma-ket almashib turadigan operatsiyalar siklidan iborat. Bunda qorishmaga qo‘shiluvchi tarkiblarning massasi muyyan dozalarda solinadi, bu dozalar qorishtirgichning sig‘diruvchanligiga mos keladi. Dozalangan materiallar qorishtirgichga kelib tushadi va qat’iy belgilangan vaqtda qorishtiriladi.
Uzluksiz harakatlanadigan qurilmalarda dozalash, qorishtirish va tayyor mahsulotni berish ishlari bir vaqtda qo‘shib olib boriladi. Qorishma uzluksiz oqim bilan aralashtirgichga tushadi, bu erda kirish teshigidan chiqish teshigiga surilib borgunicha aralashtiriladi va tayyor qorishma uzluksiz oqim bilan qorishtirgichdan chiqib ketadi.
Qattiq qorishmalar tayyorlash uchun uzluksiz va majburiy harakatlanuvchi kurakli va barabanli (maxsus) qorishtirgichlar tavsiya qilinadi.
Minorali va porterli turdagi qurilmalar farqlanadi, buni zavod u yoki bu sxema bo‘yicha aniqlaydi. Minorali turdagi texnologik uskunalar (5.1-rasm) vertikal joylashtiriladi, bunda barcha boshlang‘ich materiallar birdaniga ko‘tariladi. Ularning tarqatuvchi bunkerlardan betonqorishtirgacha texnologik siklda harakatlanishi gravitatsiya yo‘li bilan amalga oshiriladi.

5.1-rasm. Minora turidagi beton zavod:

Download 1.6 Mb.
  1   2   3




Download 1.6 Mb.