Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish




Download 0.51 Mb.
Sana04.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#44274
Bog'liq
Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish
1-amaliy mashg\'ulot(Asоsiy temоdinamik hоlat parametrlari), Elektromagnit tizimli asboblar, Adittiv va multiplikativ xatoliklar, Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati, Amaliy ish, Sementbeton qoplamalari, Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash, Boshqaruv qarorlar qabul qilish usullari, Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik, Dissertatsiya mavzusi, МАЪРУЗАЛАР МАТНИ, 4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar Reja, Binolarning energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari, 1-maruza

Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish


Yo‘l me’morchiligi (arxitekturasi). Yo‘l insonni albatta qandaydir maqsadga
«olib boradi», shuning uchun makondagi yo‘l inshootlarining dinamik ko‘rinishi yo‘ldagilar uchun tushunarli, shakllardagi marom dinamikasi esa yo‘lning asosiy nuqtalariga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Odatda harakatda yo‘nalgan maqsad shaharlar, katta ko‘priklar bo‘ladi va yo‘ldagi insonlar ularga yaqinlashib qolishganini uzoqdan his qilishlari kerak. Bunga erishish uchun yo‘lda ko‘rinadigan shakllarning maromi aniq bo‘lishi, shahar oldidagi ikki-uch me’moriy havzalar dinamikasida bog’liqlik bo‘lishi, har bittasining ichida, ayniqsa, shahar oldidagi oxirgi havzada dinamika bo‘lishi kerak. Shunga o‘xshab, katta ko‘priklar, tog’ dovonlari, tabiiy to‘siqlar tomonga yo‘nalgan dinamika ham aniq bo‘lishi lozim. Avtomobil yo‘llari yoqasidagi me’moriy ko‘rinishlar «aniqligi» qanday oshib borishini chizma bilan ko‘rsatsa bo‘ladi. Kompozistion markazlar yaqinlashgani sari ishoralarning «aniqligi» oshib boradi, buni xususan shartli ustunlar – dominantlarning balandligi oshishi bilan ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga har bitta dominantning o‘zi kompozistion o‘q yoki havza chetida bo‘lsa ham o‘z me’moriy havzasining markazi bo‘ladi, ularni bir-biridan ajratib turish lozim. Yo‘l me’morchiligida asosan yo‘l kesib yoki aylanib o‘tadigan yirik aholi punktlari, katta ko‘priklar, dovonlar, yo‘l tutash joylariga e’tibor beriladi. Yo‘l bo‘yidagi manzaraning uzunligi va ta’sirchanligiga qarab ular alohida me’moriy havza, dominant yoki kompozistion havza markazi bo‘lishi mumkin.
Havzaning ko‘p qismi ko‘tarma chetidan ko‘rinishi uchun me’moriy havza chegarasi uzun kesimi yuqoriga chiqqan joydan o‘tishi kerak. Tik ko‘tarilgan joylardan tashqari aholi punktlari, manzara chegarasi, ko‘zga tashlanadigan alomat (akstent) bilan birlashgan burilish joylari ham me’moriy havza chegarasi bo‘lishi mumkin. Bitta havzadagi manzara ichida bir xil fon bilan shu fonda ajralib ko‘rinadigan, diqqatni tortadigan akstent ajratiladi. Manzaradagi bitta elementning o‘zi fon yoki akstent qilib olinishi elementning tez-tez ko‘rinishiga, uning yonidagi
elementlardan keskin farq qilishiga bog’liq bo‘ladi. Faqat ko‘rinishi, rangi yoki o‘lchami boshqacha bo‘lishining o‘zi elementga diqqatni tortmaydi, u e’tiborga tushadigan bo‘lishi, boshqa elementlardan ajratib ko‘rsatilishi (akstentlanishi) kerak.
Yo‘ldagi akstentlar ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchi xilida ular havzaning chetida turib me’moriy havzalarni bir-biridan ajratadi, boshqa xilida esa dominant bo‘lib havza ichidagi umumiy bir ko‘rinishdagi fonda keskin ajralib turadi (dominant bo‘ladi). Uzoqdan ko‘rinadigan (optimal ko‘rinadigan masofadagi), havzadagi me’moriy kompozistiyaning asosiy o‘qi yoki markazi bo‘ladigan yo‘l manzarasidagi elementgina dominant bo‘lishi mumkin. Yo‘ldagi vositalar, yo‘l ko‘rsatgichlaridan boshlab harakat xizmati majmualarigacha akstent vazifasini bajarishi mumkin. Dominantga misol qilib shaharga kirish yo‘lining bezatilishi, yo‘nalish chizmasi, yodgorlik, ajratib bo‘yalgan pavilon, yo‘l ustidagi yo‘l o‘tkazgichlar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Me’moriy havzalar ko‘pincha yuqoriga tik ko‘tarilgan joylarda qabariq egrilik, yo‘l va manzaradagi boshqa elementlar bilan qo‘shib ajratiladi. Cho‘l manzarasidagi havzalarni asosan oldindagi tik ko‘tarilgan qabariq egrilar ajratadi. Quyidagi ajratish usullari ham ko‘p ishlatiladi:
o‘rmon joyda – manzaradagi boshqa elementlar bilan uyg’unlashgan bino va aholi punktlari yoki daraxtlar to‘p o‘sgan alohida joylar, o‘rmonlar, yo‘l kesishgan joylar, yo‘l o‘tkazgichlar, yo‘l tutashgan joylar;
dasht joylarda – alohida o‘rmonlar, daraxtlar to‘p o‘sgan joylar, yo‘lni kesib o‘tadigan dalani himoya qiladigan tasmalar, dasht fonida keskin ajralib turadigan boshqa elementlar.
Umumiy ansamblning bir qismi bo‘ladigan har bitta me’moriy manzara boshqasidan farq qilsa, haydovchi yoki yo‘lovchi bu farqqa e’tibor qilsa, tushunsa va me’moriy bezatish uzoq davom etgani uchun charchatmasa esda qoladi. Me’moriy havzalarning optimal uzunligi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi:

Yo‘l toifasi

I

II va III

IV va V

Me’moriy havzanning uzunligi, km

10 – 16

8 – 10

6 – 8

Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozistiyasini loyihalash. Yo‘l poyidan tashqaridagi hududning atrofidagi manzara - yo‘l belgilari, ko‘kalamzorlashgan tasma avtomobil yo‘li ko‘rinishining me’moriy qismlarini tashkil etadi. Haydovchilarning ruhiy va jismoniy xususiyatlariga qarab har bitta element ma’lum bir vazifani bajaradi. Harakatga xizmat qiladigan, va harakat bilan bog’liq har bitta inshoot esa mo‘ljallangan maqsadidagi vazifadan tashqari yo‘ldagi umumiy me’moriy ansambldagi akstent vazifasini bajarishi kerak.
Haydovchi nazariga ko‘proq tushadigan yo‘l bilan manzaradagi hamma asosiy elementlarni aniq tasavvur qilish uchun loyihasi tuzilayotgan yoki qayta qurilayotgan yo‘lning chiziqli me’moriy chizmasi tuziladi.
Uning ko‘rinishi har xil bo‘lishi mumkin. Ahamiyatli tomoni, yo‘l bilan manzaradagi asosiy elementlarni ko‘rsatish, hamda ahamiyatsiz tafsilotlarni tushirib qoldirish uchun chizmaning miqyosi kichik bo‘lishi kerak. Miqyos (masshtab) 1:100000 nisbatda olinsa qulayroq bo‘ladi, murakkabroq holatlarda, tog’li joylarda 1:50000 miqyosni ishlatish mumkin
Avtomobil yo‘llarini manzarali ko‘kalamzorlashtirish arxitekturaviy nisbatlar asosida asoslanadi va trassa elementiga bog’lanadi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirishni ko‘p almashtirish ham mumkin emas, bu yo‘lni bezatishda xilma-xillikni yuzaga keltiradi va avtomobillarni tez harakatlanishida kerakli qoniqish bermaydi. Ko‘kalamzorlashtirish xarakteri 2 -3 km dan kam bo‘lmagan va 10 km dan ko‘p bo‘lmagan oraliqda tez o‘zgarmasligi shart. Manzara beruvchi yoki ajralib turuvchi ekinlar maqsadi haydovchini yo‘lning muhim joylarida va potenstial xavfli uchastkalarda e’tiborini tortmasligi yoki aksincha haydovchini e’tiborini tortishi, muhim yoki harakat xavfsizligi uchun yoki yo‘llarni me’moriy tashkil etishda (misol uchun havzalarni chegarasini belgilashda) e’tiborni tortishi kerak. Akstentlovchi ekinlar bo‘ylama kesimni bo‘rtiq joylarida «eshik»ni tashkil qiladi (5.25, 5.26 – rasmlar).

5.25 – rasm. Yo‘llarni kesishish joylarida to‘siqli ekinlarga misol:


a – chiqishga qarshi tomonda; b – o‘tish – tezlanish tasmasi oxirida; v – bo‘rtiq tik egrida.
Yo‘llarni monumental bezatish imkoniyatdan kelib chiqqan xolda tekislikda bo‘lishi lozim. Uning axborot tarkibi shunday bo‘lishi kerakki, haydovchi uzoqdan ko‘rganda yoki yonidan o‘tganda qayta ko‘rish ishtiyoqi tug’ilmasligi lozim. Monumental bezatish kabi belgilarni ham bo‘ylama kesimni bo‘rtiq joylarida yoki rejadagi egrining ichki tomonida joylashtirish kerak. Bunda monument yoki ko‘rsatgichni asosiy mohiyati ko‘rinish – yo‘naltirish elementida asosiy vazifani bajaradi. Agar uning o‘lchamlari etarli darajada katta bo‘lsa, u holda tavsiya etilgan landshaftda ajralib ham turadi.
Avtomobil yo‘llarini landshaftli bezash va ko‘kalamzorlashtirish bir-biriga bog’liq bo‘lgan bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • yuqori tezlikda avtomobillar harakat xavfsizligini va yuqori qulaylik darajasini ta’minlash maqsadida trassa elementlarining o‘zaro bir tekis bog’liqligiga qo‘yilgan talablarga amal qilish; haydovchining “vizual yo‘nalishini” ta’minlash – haydovchi harakat vaqtida harakat rejimini to‘satdan o‘zgartirishni talab qiladigan, o‘zi uchun tasodifiy bo‘lgan yo‘l sharoitini o‘zgarishiga duch kelmasligi uchun etarlicha katta masofada va hattoki haqiqiy ko‘rinish chegarasidan tashqarida yo‘l yo‘nalishini ravshanligi. Yo‘lning ko‘rinadigan bo‘laklari va yo‘l bo‘yi mintaqasi haqiqiy ko‘rinish chegarasidan tashqarida harakat yo‘nalishini o‘zgarishini haydovchiga oldindandan ko‘rsatib to‘rishi kerak; yo‘l trassasi elementlarini shunday belgilash kerakki, kelajakda ba’zi-bir yo‘l bo‘laklari ko‘rinishining vizualligi buzilishiga olib kelmasin va haydovchida yo‘lning keyingi bo‘laklarida asossiz ravishda yo‘llarni keskin buzilishi borligiga tassurot yuzaga keltirmasin; harakat qulayligini oshirish, harakat ishtirokchilariga tabiatning go‘zalligini yanada yaxshiroq ko‘rsatish, yo‘l qurilishida mavjud yo‘l bo‘yidagi landshaft qonuniyatlarini buzilishini oldini olish, atrof muhit muhofazasi talablariga amal qilish uchun joyning landshaftiga yo‘lni bir tekis qo‘shilishini ta’minlash; tarixiy va madaniy yodgorliklar, qimmatbaho qishloq xo‘jaligi erlarini saqlab qolish, yo‘lning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish; daraxtlar va butalarni ekish, rejalashtirish va quritish ishlarini olib borish, suv havfzalarini yaratish, yo‘lning ba’zi bir bo‘laklari landshaftini ko‘rinishini ochib berish yoki yashirish bilan yo‘l bo‘yi mintaqasida tabiiy landshaftni yaxshilash va to‘ldirish. Shu maqsada yuqori toifali yo‘llarda qoidaga ko‘ra, engil avtomobillarning ulushi katta bo‘lganda, chiroyli ko‘rinishni yashiradigan o‘rmonni siyraklashtirish yoki o‘ymalar yon bag’rini qirqish (22.1-rasm), shuningdek, yo‘l yon bag’rlari katta yalang’och qismini yoki qazib ishlov berilgan joylarning chiroyli bo‘lmagan qismini o‘simlik qatlami bilan yashirish amalga oshiriladi (22.2 va 22.3-rasm).



5.26-rasm. Arxitektura yodgorligi ko‘rinishini ochish uchun o‘rmonni tozalash


5.27-rasm. Daraxtlar ekish bilan grunt karerini yashirish: a – yo‘l qurilgandan keyingi yo‘l bo‘yi mintaqasi; b – manzarali daraxtlar ekilgandan keyin.




5.28-rasm. Baland ko‘tarma va o‘ymalarning yalang’och yon bag’rini o‘simliklar ekish bilan yashirish usullari: a – o‘ymalarning ko‘rksiz yalang’och yon bag’ri; b – yon bag’rda daraxt va bo‘talarni ekish; v – yo‘l bo‘yida baland daraxtlarni ekish; g



  • supacha qurish va yon bag’rning supadan baland joylashgan qismida daraxtlar va bo‘talarni ekish bilan yon bag’rning ko‘rinish balandligini qisqartirish.

Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning ko‘p sonli vazifalari tarkibiga yo‘lni landshaft bilan muvofiqlashtirish vositasi sifatida daraxt va bo‘ta ekinlaridan foydalanish, uni bezash va qo‘shimchalar kiritish kiradi.
Ko‘kalamzorlashtiruvchi-mutaxassis bilan hamkorlikda puxtalik bilan saralangan daraxt-bo‘ta ekinlari quyidagilarga imkon beradi:

    • yo‘l bo‘yi landshafti yoki yo‘lning inshootlarini muvoffaqiyatsiz yoki ko‘rimsiz joylarini ko‘rinishini yopish: yo‘l chetidagi ishlov berilgan karerlar, o‘simliklar bilan qoplangan o‘ymaning yalang’och yon bag’ri, yo‘llarni kesib o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichlarga tutashuv ko‘tarmasi, yo‘l uchun ajratilgan mintaqa chegarasi yaqinida omborlar hududi va b.;

    • yo‘l bo‘yi mintaqasidagi bir xil cho‘l joylarda haydovchilarni diqqatini faollashtiradigan va jalb qiladigan alohida manzarali guruhlarni yaratish;

    • shaharlar va kurort joylariga kirish yo‘llarida sayohat maqsadiga yaqinlashishni ta’kidlash, ayrim holatlarda tantanavor kayfiyatni yaratish maqsadida avtomobil yo‘lining to‘g’ri bo‘laklarida baland daraxtlardan xiyobon ekish;

    • trassa yo‘nalishini va burilishning keskinligini kelgusida o‘zgarishini haydovchilarga haqiqiy ko‘rinish chegarasida ko‘rsatadigan “to‘siq” ko‘rinishidagi ekinlardan vizual yo‘nalishni tashkil etish, cho‘l tumanlarda ikkinchi darajali yo‘lni bir satxda kesishishi va tutashishini ko‘rsatadigan “ishora beradigan” ekinlarni barpo qilish.

Joylarda tabiiy holatda yo‘naltirgichlar mavjud bo‘lmaganda ularni yo‘l bo‘yi mintaqasida manzarali daraxtlar guruhlari ko‘rinishida (22.4-rasm) yoki yodgorliklar ko‘rinishida, diqqatga sazavor joylarni yo‘l chetidan joylashishini ko‘rsatadigan sun’iy yo‘naltirgichlar tashkil etiladi.

5.29-rasm. Yo‘l chetidagi manzarali ekinlar guruhi namunalari:


a – ikkita daraxt va baland bo‘tadan; b - ikkita daraxt va past bo‘tadan; v – bitta daraxtdan; g – bo‘talarsiz daraxtlardan.
Ko‘kalamzorlashtirish yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarni ekspluatastiya qilish talablari bajarilishini ta’minlashga oldindan mo‘ljallangan muhandislik echimlari asosida amalga oshirilishi lozim. Bu yo‘l loyihasining ajralmas qismi bo‘lib, yo‘llar chorrahasi, avtobus bekatlari, ko‘prikli o‘tish va yo‘l o‘tkazgichlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish loyihasi bo‘lishi kerak. Ko‘kalamzorlashtirish loyihasida tabiiy resurslardan maksimal foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Yo‘l loyihasida ko‘kalamzorlashtirish ehtiyoji hisobga olinishi kerak. Zahiralar va grunt olingan joylarning joylashishi ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida qo‘shimcha ishlar bajarilishiga olib kelmasligi kerak. Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlar qurilish vaqtida amalga oshirilishi va ob’ektni tayyorlash ushbu ishlarni o‘z ichiga olishi kerak. Yo‘llarni me’moriy va landshaft loyihasi me’morlar va yo‘lchilardan iborat kompleks qidirish partiyalari tomonidan bajarilishi kerak va fotogrammetrik ishlar amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari, madaniy, tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan aholi punktlari ajratilishi, hamda atrof-muhitda dominant sifatida aniqlanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar belgilanishi kerak, ya’ni:

    • aerosuratlar, har qanday hajmdagi topografiya rejalari, materiallar, loyiha oldi ishlanmalari (ishlab chiqarish sxemasi va h.k.); me’moriy havzalarning taxminiy chegaralari va mazmuni; me’moriy havzalar chegarasi sifatida xizmat qiladigan bo‘ylama kesimning eng sezilarli qabariqlarining joylashishi.

Ko‘kalamzorlashtirishning miqdorini aniqlash uchun 1:500 masshtabdagi yo‘l xaritasida yo‘l bo‘yidagi o‘simlik ekiladigan maydonlar ko‘zdan kechiriladi. Qayta tiklashga yaroqsiz bo‘lgan landshaft guruhlari konturi belgilanadi, rekonstrukstiya qilinadiganlarni balandligi, diametri, turi (shox shabba shakli, tanasi) aniqlanadi. Dendrologik eskizlarda landshaftlar guruhlari, rekonstrukstiya qilinadigan joylarni ajratish yo‘li bilan chizmalar tayyorlanadi.
Dam olish maydonlari, murakkab yo‘l kesishmalari, yo‘l bo‘yidagi buzilgan releflar hududida, topografik yoki fototopografik rasmga olishlar 1:500-1:1000 masshtabda amalga oshiriladi. Yo‘lda me’moriy va tarixiy yodgorliklar mavjud bo‘lganda umumiy o‘lchovlar amalga oshiriladi, buning asosida ushbu ob’ektlarni rekonstrukstiya qilish va tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin. Aholi yashash joylari orqali o‘tadigan yo‘llarning uchastkalarida yo‘l harakati xavfsizligi sharoitlarini o‘rganish bilan bir qatorda, me’mor binolarni razvyortka (yoyib tekshirish) ishlarini amalga oshiradi va binolarni bezash va obodonlashtirish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Yo‘llarni qurish va rekonstrukstiya qilish, yo‘l uchastkalarini kapital ta’mirlash bo‘yicha ishchi loyihalarni amalga oshirishda loyihalar va ishchi loyihalarda arxitektura va landshaft dizayni talablarini inobatgaolgan holda, yo‘llarni rejalashtirish, yo‘llarni rekonstrukstiya qilish va kapital ta’mirlashni nazarda tutish kerak.
Ko‘kalamzorlashtirish loyihasida mavjud axborotlarni yig’ish va tahlil qilish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • me’yoriy – texnik hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig’ish va o‘rganish; qidirilayotgan ob’ektning kartografik (rejalashtirish) materiallarini to‘plash; buyurtmachidan ko‘kalamzorlashtirishning holatini va mos turini hisobga olish, tashkil etish texnologiyasi, ishchi sxemalarni mavjudligi to‘g’risida ma’lumot olish; o‘rmon o‘stirish, hududni tuproq - gidrologik va topografik sharoitlari to‘g’risida ma’lumotlar yig’ish; yo‘l uchun ajratilgan mintaqa va yon bag’irlarni (nurashga qarshi ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda) nurash jarayoni tavsifi; qor bosish hajmi (qordan ximoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda); qumlarni mavjudligi va ko‘chish tavsifi (qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda); transportdan ifloslanish tavsifi (shovqin- gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda); yo‘lning arxitektura-tasviriy bezatilganlik darajasi (manzarali ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda) va boshqalar; havo va tuproq harorati, havoni nisbiy namligi, yog’ingarchiliklar, qor qalinligi, vegitastiya davri va boshqalarning ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatgichlari (jumladan iqlim ma’lumtnomalari va meteostanstiya ma’lumotlaridan) to‘g’risida ma’lumot yig’ish.

Yo‘lning vizual ravonligini va ravshanligini ta’minlash qoidalari.
V izual yo‘nalish beruvchi vositalarga: yo‘l jihozlari yo‘l bo‘yi o‘simliklari, ayniqsa, baland bo‘yli daraxtlar kiradi. Daraxtlarning baland cho‘qqilari uzoqdan aniq ko‘rinadi va haydovchilarning e’tiborini tortib, yo‘lning keyingi yo‘nalishini ko‘rsatadi (23-rasm);
5.30-Rasm. Yo‘lning yo‘nalishlarini daraxt cho‘qqilari bilan belgilash: a - daraxt shox-shabbalari burilishni yo‘l o‘qining sindirilganidan so‘ng aniq ko‘rsatadi; b - bir guruh daraxtlar tomonidan ko‘rsatilgan T shaklida kesishish; v - oralig’ masofada joylashgan daraxt guruhlari tomonidan belgilangan uzun yo‘lning bir qismi; g - bir guruh daraxtlar tomonidan ko‘rsatilgan kichik radiusning egri chizig’i, bu yo‘lni alohida yuqori jismlarga yo‘naltiradi, bu esa haydovchilarning e’tiborini oshiradi.
Zamonaviy avtomobil yo‘llarini atrofdagi manzara bilan uyg’unlashtirish va mavjud landshaftni saqlab qolish, hamda uni yangi elementlar bilan boyitish yo‘llarni qurish va foydalanishda tabiatga etkazilgan zararni qoplash imkonini beruvchi manzarali va himoya ko‘kalamzorlashtirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi. Yo‘l atrofining landshaftini haydovchilar va yo‘lovchilar ma’lum bir tezlikda yurganda anglaydilar. Shunday qilib, diqqat faqat alohida landshaft joylarga qaratiladi. Shuning uchun, har bir peyzaj shaklini yoki landshaftni dominant ob’ektini tanlash uchun: ko‘l, tepalik, toshlar, bog’, bino, inshootlar, binolar va boshqalarni tanlash kerak. Bu landshaftni xilma-xilligini ta’minlaydi va monotonlikka yo‘l qo‘ymaydi.
Yashil ekinlarni yaratish orqali yo‘l atrofini tartibga solish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llanishi mumkin. Zich ekilgan daraxtlar va butalar guruhlari, ba’zi sabablarga ko‘ra, yo‘ldan ma’lum bir ko‘rinishni yopish kerak bo‘lsa, «to‘siq» yoki «parda» yaratishlari mumkin. Bunday to‘siqlar zichlik va balandlikda o‘zgarib turadigan bir necha qatorlarda joylashtirilishi mumkin. Bunday guruhlar qat’iy tartibda bo‘lishi shart emas.
Avtobuslarni to‘xtatish joylari yo‘l muhitida aniqlanishi uchun ularni obodonlashtirishda “fon” va “yo‘naltiruvchi” daraxtlar qo‘llaniladi. Ulardan farqli o‘laroq, dam olish maskanlari tabiiy muhit bilan iloji boricha ko‘proq birlashtiriladi. Agar relefda o‘zgarish sodir etish va o‘simlik qoplamini ko‘rinishini o‘zgartirish va o‘simliklar bilan o‘ymalar, ko‘tarmalarni niqoblash zarur bo‘lsa, u holda quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

    • nishabda - qiyalikni mustahkamlaydigan daraxtlar va butalar guruhlarini; yo‘l bo‘ylab baland daraxtlarni; ko‘rinish balandligini kamaytirish uchun daraxtlar va butalar guruhini; baland qiyaliklardagi bir nechta tokchalar ustida - kichik daraxtlar va butalar guruhlarini tashkil etish.

Avtomobil yo‘llarining estetik jihatini ifodalovchi muhitni yaratish uchun landshaft bilan o‘zaro bog’langan o‘simliklarni erkin tarzda tiklash tavsiya etiladi. O‘simliklarni loyihalashda jihozlash elementlarini, kichik me’moriy shakllar, manzaraviy haykallar, vizual axborot bilan birlashtirilishi kerak. Qator daraxtlar haydovchini uzoqdan burilish yo‘nalishiga yo‘naltiradi. Daraxt tanasi qalinligi 15 smdan ko‘p bo‘lganda daraxtlarni yo‘l chekkasida joylashtirish masofasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
b1 = 0,07ν,
bu erda b1 – yo‘l chetidan minimal masofa, m; v – avtomobil hisobiy harakat tezligi, km/soat.
Download 0.51 Mb.




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish

Download 0.51 Mb.