Sementbeton qoplamalari Reja




Download 1.6 Mb.
bet2/3
Sana20.05.2022
Hajmi1.6 Mb.
#21537
1   2   3
Bog'liq
Sementbeton qoplamalari
1-amaliy mashg\'ulot(Asоsiy temоdinamik hоlat parametrlari), Elektromagnit tizimli asboblar, Adittiv va multiplikativ xatoliklar, Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati, Amaliy ish, Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash, Boshqaruv qarorlar qabul qilish usullari, Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik, Dissertatsiya mavzusi, Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish, МАЪРУЗАЛАР МАТНИ, 4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar Reja, Binolarning energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari, 1-maruza
1-suv baki; 2-tasmali konveyer; 3-to‘ldirgich bunkerlari; 4-to‘ldirgich dozatorlari; 5-beton qorishtirgich; 6-sement dozatori; 7-sement bunkeri.
Ish jarayonida boshqa maydonchalarga ko‘chish imkoniyatiga ko‘ra, ko‘chmas, yarim ko‘chmas, (yig‘ib qismlarga ajratiladigan inventarli) va ko‘chma oson ko‘chiriluvchi qurilmalar. Qurilmalarni bir maydonchadan boshqasiga ko‘chirish 2-3dan 10 sutkagagacha vaqtni oladi, bu ko‘chishning ish unumdorligi uzoqligiga bog‘liq. Ko‘chmas qurilmalar uchun bu muddat bir necha oygacha davom etadi.
Qorishshma tayyorlaydigan zavodlar mineral bog‘lovchili (oxakni va b), mayda to‘ldirgichli (qumni), suv va maxsus qo‘shimchali qurilish qorishmalarni tayyorlaydi. Tarkiblarni dozalashda beton qorishmasi uchun ishlatiladigan uskunalar qo‘llaniladi.
Qorishmalar majburiy harakatlanadigan qorishtirgichlarda yoki maxsus eritma qorishtirgichlarda tayyorlanadi. Gravitatsiyali qorishtirgichlarda eritmali qorishmalar tayyorlashnmaydi, chunki bir jinsli qorishma olish uchun uzoq qorishtirish kerak, eritmali tarkiblarning erkin oqimlarda qorishtirib har qanday eritmani olish mumkin emas.
SBZda sheben, qum, sement omborlari tashkil etiladi.
SHeben ombori uning normativ zaxiralarini saqlashga mo‘ljallangan. Omborlar sig‘diruvchanligi, yuk tushirish usuli, zavodga etkazib berilgan materiallarga ko‘ra farqlanadi. Temir yo‘l transportida zavodga etkazib berilgan sheben gravitatsiya usulida (og‘irlik kuchi ta’sirida), itarib va chayqatib bo‘shatiladi. YUkni o‘zi bo‘shatadigan vagon-dumpkarlar, avtosamosvallar, o‘zi yurar tuproq tashigichlardan gravitatsiyali usulda yukni bo‘shatish samaralidir.
Ancha oddiy bo‘lgan gravitatsiyali usulda to‘ldirgichlar kuzovni qiyalatib va vagonni yonboshlatib, shuningdek, yarim vagon (bunker turidagi) tuynugi orqali yukni bo‘shatiladi. Bu usulda vagon-dumpkarlar yoki vagon platforma yonboshlatib foydalaniladi. Lekin umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarda kuzovi qiyalatiladigan dumpkarlarda tashishga ruxsat berilmaydi. Tuynukli bo‘lgan bunkerli vagonlarda bo‘shatilmagan material qoldiqlari 15-20% ga etadi. Ularni to‘liq bo‘shatish uchun qo‘shimcha qurilmalar (kichik mexanizatsiya) kerak bo‘ladi yoki qo‘lda tozalanadi.
Qo‘zg‘aluvchi shchitlari bo‘lgan mashinalar yordamida materialni platformadan tushirishda itarish usuli qllaniladi.
Sochiluvchan materiallarn usti yopiq vagonlardan tushirishda zanjirli o‘zi yurar yuk tushirgichlar ishlatiladi, ularning ishchi organlari yig‘ishtirib olinadigan shnekli elevator hisoblangadi. Bunday materialni vagonning eshigidan uzatish,tanlash yoki ortish tasmali konveyr yordamida amalga oshiriladi.
Qishda temir yo‘l vagonlari va yarim vagonlarda tashilgan sochiluvchan nam materiallar muzlab yopishib qolishi natijasida transport vositalarining ishi qiyinlashadi. Materillar sochiluvchanligini tiklashning tejamli usuli-to‘zitishdir. Buning uchun vibro to‘zitgichlardan foydalaniladi, bular- vibro zarbali yumshatish qurilmasi, buro‘ulab frezalab to‘zitgichlar va kesuvchi uskunalardir.
Ombordan beton qorishtirgich sexiga to‘ldirgichlarni tasmali konveyrlar va bir cho‘michli pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar yuklagichlar bajaradi.
To‘ldirgichlar saqlanadigan omborlarning eng ko‘p tarqalgan turi estakada-shtambelli, shtambelli, shtambelli halqasimon, silos omborlar hisoblanadi. Ulardan eng ma’quli – ayniqsa, avtomatlashtirilgan zavodlarda, silos omborlardir.
SHeben, shag‘al, qum omborlarining silos-halqasimon sxemasi ko‘chma zavodlarda qo‘llanadi.(5.2-rasm)

5.2-rasm. Silos –halqasimon ombor:
1-qabul qiluvchi bunker; 2-ko‘targich tuynugi; 3-burg‘ulab-frezalab to‘zitgich; 4-boshqaruv pulti; 6-tasmali konveyr galereyasi; 7- siloslar; 8-cho‘michli elevator; 9-silos ustidagi bo‘limlar; 10-dastakli tal; 11,16- tasmali konveyrlar; 12,13,14-tasmali konveyrlar galereyasi; 15-silos ostidagi xona; 17-tiratgich;18,19-taqsimlovchi konveyrlar.
Sement omborida saqlangan sutkalik zaxira beton qorishmasini ishlab chiqarish ko‘lamiga etkazib beruvchi zavodning uzoqligiga, etkazish usullariga, ombordagi materiallarning aylanuvchanligiga bog‘liq bo‘lgani sababli katta chegarada o‘zgarib turadi.
Vazifasi, sig‘diruvchanligi, yuk aylanmasi va mahalliy sharoitlarga qaramay omborlar turli sxemalar asosida tashkil etiladi va quyidagi turlarga ajratiladi: kapital-po‘lat va temir-betondan tayyorlangan (elevator-omborlar), yig‘ilib qismlarga ajratiladigan inventarli va ko‘chma: transport qurilmalari turi bo‘yicha –mexanik (elevatorlar, shneklar) va pnevmotik transportli konveyerlardan yopiq g‘ilofda bo‘lsa ham ko‘p sabablarga ko‘ra voz kechgan ma’qul (asosan, changishi va sement isrof bo‘lishi sababli).
SHakliga ko‘ra bunkerlar dumaloq va to‘rt burchak bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra bunkerdagi material o‘z og‘irligi bilan to‘kilib ketishi uchun tubining qiyalik burchagi tinch turgan sement uchun qilinadigan tabiiy qiyalikdan 5-10 katta bo‘lishi kerak.
Sementni siloslarda saqlash zamonaviy, samarali va ancha tejamli usuldir. Siloslar to‘rtburchak korpus va vertikal devorga ega to‘rtburchak piramida. Konussimon tubli silindr shaklida bo‘lishi mumkin. Silindr shaklidagi po‘lat siloslar maqsadga muvofiq.
Sanoatda pnevmotransport qurilmasi bilan to‘plam holida silos omborlari ishlab chiqariladi. Bir turdagi avtomatlashtirilgan sement omborlari 200, 240, 400 va 720t sig‘diruvchanlikda yasaladi. Bu omborlar odada trassa bo‘yida joylashadi. Temir yo‘l bo‘yidagi avtomatlashtirilgan sement omborlariningsig‘diruvchanligi-1100, 2500, 2700 va 4000t bo‘ladi.
Kichikroq ishlarda yo‘l tashkilotlari uchun sig‘diruvchanligi 25t bo‘lgan ko‘chma sement omborlari qulay (5.3-rasm)

5.3-ras. Ko‘chma sement ombori.
U qishloq xo‘jaligi yo‘llari qurilishida qulay bo‘lib, ob’ekt yonidagi ombor deb ataladi. Unga pnevmatik bo‘atuvchi avtotsementtashigich hamda o‘zi bo‘shatuvchi uskuna yordamida ixtisoslashtirilmagan transportdan yuk ortiladi. Ombor quyidagilardan tashkil topgan: Gorizontga 70 burchak ostida o‘rnatilgan silindr rezeruar 2 (sisternalar) va ko‘chma kompressor agregati 1(yuritmaga ega ratsiyali vaqum kompressor). Rezeruar aerotub va ortib bo‘shatuvchi qurilma 3 bilan jihozlangan. Aerotub ikkita aerolotokdan iborat bo‘lib ular qiyaliklar va ajratuvchilar orasida hosil bo‘lgan kapallarga yotqizilgan. Ombor yuk avtomobili tirkamasiga yoki shataklagichga joylashtiriladi.
Bunker va silos turidagi omborning sig‘diruvchanligi:
Vs=Q Rs ZnK1/(Tg K2)
bu erda Q- beton qorishtirish sexining yillik ish unumdorligi, m3; Rs- 1m3 beton qorishmasiga sarflangan sement; Zn- omborda me’yoriy sement zaxirasini saqlash, sut; K1=1.04- yukni tushirishda sement isrof bo‘lishi mumkin bo‘lgan koeffitsient (pnevmo bo‘shatishda 1.1-1.2 gacha qisqaradi); K2=0.85-texnologik uskunalardan foydalanish koeffitsienti (avtomatlashtirilgan usulda qorishma tayyorlashda-0.95); Tg- yillik zaxira, m3 sement omborlarining asosiy texnik - iqtisodiy tavsiflari quyidagilar: siloslar soni, omborning sig‘diruvchanligi, yillik yuk aylanmasi, solishtirma energiya sarfi, 1t sementni saqlashdagi mexnat sig‘imi.
Usti yopiq vagondan sementni bo‘shatish surib va surib-haydab harakatlanadigan bo‘shatgich mashina yordamida bajariladi (5.4-rasm). Usti yopiq vagonlarning kamchiligi ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilar: tashishda sement ko‘p isrof bo‘ladi, sement namivib qolishi mumkin, yukni bo‘shatish mexanizatsiyasi nisbatan murakkab tuzilgan.
Sement narxi balandligi va noyobligini hisobga olib, bu usulda tashishdan voz kechgan ma’qul.

5.4-rasm. So‘rib xaydaydigan qurilmadan foydalanib, usti yopiq vagondan sementni tushirish: 1-vagon; 2- so‘ruvchi material o‘tkazgich; 3-filtr; 4-tindirgich; 5-tindirgich qulfi; 6-vintli nasos; 7-haydaydigan quvur yo‘li; 8-tindirgichli kamera (tarqatuvchi bunker); 9-filtr; 10-vaqum nasos.
Usti yopiq vagonlarda tashish sementni bo‘shatishni iqyinlashtiradi uni mexanizatsiyalashtirib bo‘lmaydi. Ko‘pincha vagonda uning burchaklarida ancha material qolib ketadi.
Sementni pnevmo tushiradigan sig‘diruvchanligi 6m3 bo‘lgan vagon – sisternalarning samarasi ko‘proq (5.5-rasm). Ularning ishlash prinsipi shamollatilgan sement soxasiga asoslangan bo‘lib, bunda sement sisternadan suyuqlikka o‘xshab “oqib” chiqadi va siqilgan havo oqimda quvur yo‘ldan to‘g‘ri omborga kelib tushadi.

5.5-rasm. Pnevmatik bo‘shatadigan temir yo‘l vagon – sement tashigichi:
1-g‘ovak to‘siqli aerolotok; 20-qopqoqli ko‘rish tuynugi; 3-yuk ortiladigan kalta quvur; 4-sisterna; 5-drossel kranli yukni bo‘shatuvchi kalta quvur; 6-buflaydigan forsunka.
Avtotsement tashigichlarda 300km gacha etkazib berish samaralidir. Avtotsement tashigich pnevmo bo‘shatuvchili rezeruar (sisterna) bo‘lib, yuk avtomobili yoki avtomomil tirkamasiga o‘rnatiladi. Avtotsement tashigichning ishlash prinsipi shundaki sisterna ichidagi sement siqilgan havo yordamida tuzatiladi va aeroqurilma orqali to‘kuvchi kalta quvurga uzatiladi Undan shlang va quvur bo‘ylab (o‘sha-o‘sha siqilgan havo kuchi bilan) bunkerlaga yoki siloslarga berib tushadi, siqilgan havo sisternaning aeroqurilmasining g‘ovakli to‘sig‘idan o‘tib beradi. Avtotsement tashigich gravitatsiya yo‘li bilan bo‘shatiladi. Sement omboridan o‘zi yuk ortadigan avtotsement tashigichlar ham bor. Kichikroq o‘lchamdagi tashishda sementni pnevmobo‘shatuvchi konteynerlarda tashish mumkin. Uni bo‘rtli yuk avtomobillarida olib keladilar. Omborda idshsiz sementni bo‘shatish uchun so‘rib va so‘rib haydab harakatlanadigan pnevmobo‘shatgichdan foydalaniladi. Uning bir yo‘nalishda siyraklanish, ikkinchisida ortiqcha bosim hosil bo‘ladi.
Ortish - tushirish ishlarida ikkita ishni qo‘shib bajarish kerak bo‘lganda (sementni vagondan oli, iste’molchiga berishda) bo‘shatgichdan foydalaniladi.
Zavod ichidagi transport uskunalari qatoriga pnevmovintli nasoslar va ko‘targichlar kiradi. Ular sementni quvurlar bo‘ylab tashishga mo‘ljallangan. Gorizontal va vertikal uzatish uzoqligi jami 200-400m gacha uzatish balandligi 20-36 m.
Pnevmovintli nasos (5.6-rasm) silos yoki bunkerning ostiga o‘rnatiladi bu erda shamollatilgan sement o‘z massasi ta’sirida qabul qilish qamerasiga kelib tushadi.bu erda uni konsolli bosimli tez aylanuvchi shnek ilashtirib oladiva teskari klapan orqali qorishtirish kamerasiga uzatiladi. Bu kamerada sopollar bo‘lib, ular orqali kompressordan siqilgan havo keladi bu havo sementni to‘zitib iste’molchiga beradi.

5.6-rasm. Vintli pnevmatik nasos:

Download 1.6 Mb.
1   2   3




Download 1.6 Mb.