|
Sahifani bog’lash
|
bet | 1/4 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #133891 |
Bog'liq Supermarket
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI 3 - I KOMPYUTER ILIMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI
GURUH TALABASI MAXMUDOVA AYDANANING
WEB DASTURLASH FANIDAN
NUKUS-2023
KIRISH 3
Visual studio code 7
Saytni yaratish 12
Bootstrap 20
SQL 21
PHP 23
Xulosa 27
Ilovalar 29
KIRISH
Vatanimizda, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo’yildi. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug’diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg’ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning kolamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qoshib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yonalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bolgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlangich nuqta qoyildi. Axborot, energiya, vazn, boshliq va vaqtni bir butun holda batafsil organish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim axamiyatga ega bolib qolmoqda.Shu orqali hozirgi kunda eng keng tarqalgan dasturlash bu – web dasturlash bo’lib hisoblanadi. Web dasturlash haqida gap ketar ekan avvalo biz uni nima ekanini bilib olishimiz kerak. Web bu internet bilan ishlaydigan barcha narsadir. Masalan, web saytlar va web dasturlarni misol qilib keltirishimiz mumkin boladi.
Veb-dasturchi (inglizcha: Web developer) — mijoz-server modeli yordamida Butunjahon oʻrgimchak toʻri dasturlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan yoki u bilan shugʻullanadigan dasturchi. Ilovalar odatda mijoz uchun HTML, CSS va JavaScript, React js, server uchun PHP, ASP.NET (C#), Python, Node.js, Go yoki Javani va mijoz va server oʻrtasidagi aloqa uchun http serveridan foydalanadi. Veb-tarkibni boshqarish tizimi koʻpincha veb-ilovalarni ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Web dasturlash ikki qismdan tashkil topgan: Frontend va Backend.
Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.
Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz.
Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.
Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin.
JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.
Backend (inglizcha back-end) - bu xizmatning dasturiy ta'minot va apparat qismidir. Bu veb-sayt mantig'i amalga oshiriladigan vositalar to'plami. Bu bizning ko'zimizdan yashiringan narsa, ya'ni kompyuter va brauzerdan tashqarida sodir bo'ladi. (Back End) Orqa tomon ishlab chiquvchilari veb-saytlarning foydalanuvchilar bilan bevosita aloqasi bo'lmagan "qopqoq ostida" qismlarini yaratadilar.
Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashirin, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.
Back End Development - orqa tomonni rivojlantirish, dasturning server tomoniga va ma'lumotlar bazasi va brauzer o'rtasida aloqador narsalarga tegishlidir. Back End Development/Orqa tomon ishlab chiqishi deganda, avvalo saytning ishlashiga e'tiborinni qaratadigan rivojlanishning server tomoni tushuniladi.
Back-end Development server tomonidagi rivojlanishni anglatadi. Bu veb-saytda biron bir harakatni amalga oshirishda sodir bo'ladigan sahna ortidagi harakatlar uchun ishlatiladigan atama. Bu sizning hisobingizga kirishi yoki onlayn-do'kondan soat sotib olishi mumkin.
Old tomondan foydalanuvchi to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqada bo'lgan hamma narsa bo'lsa-da, orqa tomon juda ko'p sahna ortida va ma'lum loyihalar uchun oldingi texnologiyalarga nisbatan ba'zi afzalliklarga ega bo'lishi mumkin. Orqa dasturlash tillariga quyidagilar kiradi:
Bundan tashqari, backendni ishlab chiqish DBMS (MySQL, PostgreSQL, SQLite, MongoDB va boshqalar) ni o'z ichiga oladi.Backend dasturchisiga kelsak, u o'z serverida mavjud bo'lgan barcha vositalardan foydalanadi.
Backend dasturchisi ma'lumotlar bazalari, skriptlar va veb-saytlarning arxitekturasiga katta e'tibor beradi. Orqa dasturchilar tomonidan yozilgan kod ma'lumotlar bazasi ma'lumotlarini brauzerga etkazishda yordam beradi.
Backend muhandisi yani dasturchisi kamida Java, Python, Ruby, kabi server tomonidagi dasturlash tillarini bilishi kerak. Tarmoq va hk. Turli DBMS texnologiyalari haqida ma'lumot - bu backend dasturchisining yana bir muhim ehtiyoji. Buning uchun MySQL, MongoDB, Oracle, SQLServer, Redis keng qo'llaniladi.
PHP - bu veb-ilovalarni ishlab chiqish uchun juda ko'p ishlatiladigan umumiy ssenariy tilidir. Ayni paytda xosting provayderlarining katta qismi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda va dinamik veb-saytlar yaratish uchun foydalaniladigan tillar orasida etakchilardan biri hisoblanadi.
JavaScript-ni qila olmaydigan orqa til bilan ko'pgina kontentni boshqarish tizimlari ko'plab yirik, murakkab veb-ilovalar singari dasturlash tilida qurilgan.
JavaScript hozir bo'ldi, shuning uchun esa, ba'zi hollarda ijro muammolari dan azob mumkin, ba'zida amalga hali ham yaxshi echimlar bor, faqat siz o'ylagan narsa haqida birikishi oyna foydalanish. Kodlashni o'rganish sizni o'ziga xos muammoning eng yaxshi echimini topishga o'rgatadi, ba'zan esa bu orqa tildan foydalanishni anglatadi.
Visual studio code
Visual Studio Code (VS Code) - Windows, Linux va macOS uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kod muharriri. U veb va bulutli ilovalarni platformalararo ishlab chiqish uchun "yengil" kod muharriri sanaladi. Kodni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, Git vositalari, sintaksisni ajratib ko'rsatish, IntelliSense va refaktoring vositalarini o'z ichiga oladi. Unda sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud: foydlanuvchi ko'rinishlari, klaviatura yorliqlari va konfiguratsiya fayllari. Dastur foydalanish uchun bepul, ochiq kodli dasturiy ta'minot sifatida ishlab chiqilgan, lekin tayyor yig'ilishlar xususiy litsenziya ostida tarqatiladi.
Visual Studio Code Electronga asoslangan va Visual Studio Online uchun ishlab chiqilgan Monako veb-muharriri orqali amalga oshiriladi.
Tarixi
Visual Studio Code 2015-yil 29-aprelda Microsoft tomonidan Build konferensiyasida e’lon qilindi va tez orada beta-talqinda chiqarildi.
2015-yil 18-noyabrda Visual Studio Code MIT litsenziyasi ostida chiqarildi va manba kodi GitHub'da chop etildi. Kengaytmalarni qo'llab-quvvatlash e'lon qilindi.
2016-yil 14-aprelda Visual Studio Code beta-sinovdan chiqdi.
Imkoniyatlari
Visual Studio Code - bu kod muharriri hisoblanadi. U ko'p tilli foydalanuvchi interfeysiga ega va bir qator dasturlash tillari, sintaksisni ajratib ko'rsatish, IntelliSense, refaktoring, bosqichma-bosqich dasturni ishga tushirish, kod navigatsiyasi, Git-ni qo'llab-quvvatlash va boshqalarni qo'llab-quvvatlaydi. Visual Studio Code'ning ko'p xususiyatlari GUI orqali mavjud emas, ko'pincha buyruqlar palitrasi yoki JSON fayllari (masalan, foydalanuvchi sozlamalari) orqali amalga oshiriladi.
2018-yildan beri Visual Studio Code uchun ochiq kodli Python kengaytmasi mavjud. U dasturchilarga kodni tahrirlash, bosqichma-bosqich dasturlash va dasturni sinovdan o'tkazish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Visual Studio Code'da plaginlarni qo'llab-quvvash imkoniyati Visual Studio Marketplace orqali mavjud. Bularga muharrir qoʻshimchalari, qoʻshimcha dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlash, statik kod analizatorlari kiradi.
2019-yil may oyidan boshlab VS Code asosidagi Visual Studio Online muharririning yopiq testi mavjud. U barcha kengaytmalar va IntelliCode'ni qo'llab-quvvatlaydi.
Microsoft va Canonical o'rtasidagi mehr-muhabbat davom etmoqda. Agar o'tgan hafta Ubuntu-ning Microsoft do'koniga kelishi haqida bilgan bo'lsak, bugun biz Canonical-ning Visual Studio kodini tezkor shaklda yaratish ustida ishlaganini, ushbu format tufayli ko'proq platformalar va jamoalarga erishganligini bilib oldik.
Visual Studio kodi 2015 yilda chiqarilgan Microsoft kod muharriri. Ushbu kod muharriri ishga tushirilishining kutilmagan hodisalaridan biri Ubuntu va boshqa Gnu / Linux tarqatmalarining paydo bo'lishi edi, bu ko'plab foydalanuvchilarni hayratga soldi va bu Ubuntu-ga kelgan boshqa ko'plab dasturlarning birinchi bo'lib qoladi.
Ishga tushirilgandan ikki yil o'tgach, Visual Studio Code hozirgi eng mashhur kod muharririga aylandi. Unda bor 3.000 dan ortiq rasmiy kengaytmalar bu bizga ushbu kod muharriri uchun ko'proq funksionallik va xususiylashtirishni berishda yordam beradi. Visual Studio Code Electron-da yozilgan bo'lib, bu dasturni Gnu / Linux tarqatishlariga o'rnatishga imkon beradi.
Bundan tashqari Git integratsiyasiga ega, bu dastur ishlab chiquvchilarga katta yordam beradi, chunki dasturdan ular o'zlarining kodlarini Github kabi bepul omborlarga yuklashlari mumkin. Visual Studio Code-ning og'irligi va resurslarni sarflashi juda oz, bu esa uni Raspberry Pi kabi ozgina resurslarga ega platformalarda ishlashga majbur qiladi. Va endi, tezkor paket bilan, IoT qurilmalariga yoki tezkor paketlarni qo'llab-quvvatlaydigan ozgina resurslarga ega bo'lgan har qanday kompyuterga o'rnatilishi mumkin.
Qodir bo'lish Visual Studio kodini o'rnating, biz ularni uchta usulda bajarishimiz mumkin:
1. Deb paketini yuklab oling rasmiy veb-sayti va uni kompyuterimizga o'rnating.
2. Meta to'plamidan foydalaning Ubuntu qiling. Ushbu metapaket bizni dasturlashtirishi va dasturlarni ishlab chiqishi uchun kod muharrirlari, IDE va boshqalarni o'rnatishda yordam beradigan sehrgar.
3. Snap to'plami orqali o'rnatamiz, buning uchun biz terminalni ochamiz va quyidagilarni yozamiz: snap install - klassik vscode.
Ushbu usullar yordamida biz Visual Studio kodini Ubuntu bilan istalgan kompyuterga o'rnatishimiz mumkin. Shaxsan men tomon egilaman oxirgi usul, chunki u ham oddiy, bu bizga xavfsizlikni taklif qiladi boshqa usullar taklif qilmaydigan, ko'plab foydalanuvchilar qidiradigan xavfsizlik va barqarorlik.
HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi.
Tarixi
HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
Sintaksis
<
|
| |