• 17.01 Matn va sahifa maketini formatlash Sahifa oʻlchami
  • Sahifa oriyentatsiyasi
  • Sahifa va muqova maydonlari
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet296/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    sahifa oriyentatsiyasi hujjatning eng muhim 
    xossalaridan biridir.
    KALIT SOʻZLAR
    Sahifa oriyentatsiyasi: sahifani joylashtirish usuli: sahifaning 
    yuqorisi boʻylab eni torroq boʻlsa, bu “portret” yoʻnalishi deb 
    ataladi; sahifaning yuqorisi boʻylab eni kengroq boʻlsa, bu 
    “albom” yoʻnalishi deb ataladi.
    17.01 Matn va sahifa maketini 
    formatlash
    Sahifa oʻlchami
    Hujjatni chop etishga tayyorlash uchun “o‘lcham” 
    tushunchasiga e’tibor bering. Ekrandagi hujjat o‘lchami va 
    chop etiladigan hujjat o‘lchami o ‘rtasida farq bor.
    Sahifa oriyentatsiyasi
    Agar boʻsh hujjatni yaratishni tanlasangiz, sahifa chapdan 
    oʻngga qanchalik kenglikka egaligini belgilash uchun sahifa 
    oriyentatsiyasini tanlashingiz zarur boʻladi: albom va portret 
    oriyentatsiyasi. Portret kengligi boʻylab torroq va uzunligi 
    boʻyicha uzunroq boʻladi, albomning eni kengroq, lekin 
    uzunligi kaltaroq boʻladi. Sahifa oriyentatsiyasi sahifaga 
    joylanadigan elementlarning maketiga taʼsir koʻrsatadi. Ayrim 
    hollarda standart — portret oriyentatsiyasini oʻzgartirish 
    zarur boʻladi. Bunday oriyentatsiyada nusxa olingan yoki 
    boshqa dasturdan qirqib olingan, lekin portret yoʻnalishining 
    kichik joyiga juda mos kelmaydigan elementlarni joylashtirish 
    oson boʻladi. Oʻlchamni oʻzgartirish yoki shrift oʻlchamini 
    mos ravishda oʻzgartirgandan keyin barcha maʼlumotlarni 
    bir sahifada koʻrsatishni istasangiz, sahifaning yoʻnalishini 
    oʻzgartirish zarur boʻlishi mumkin.
    Sahifa va muqova maydonlari
    Sahifa qirralarining atrofidagi joylar hoshiyalar deb ataladi. 
    Odatda matnni hoshiyaning ichiga yozasiz, sahifa raqamlari 
    pastki yoki yuqori kolontitullarga (ustlavha va ostlavha) 
    kiritiladi. 
    Muqova maydoni (Gutter margin) – skoroshivatel 
    bilan tikiladigan hujjatlar uchun chap tarafdagi kattaroq 
    maydon bo‘lib,hujjat qattiq muqovaga tikilganidan so ‘ng matn 
    qulay o‘qilishi uchun ajratiladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish