Agar ikki ustunni tanlasangiz va ikki ustun orasiga chiziq
qoʻyish
uchun katakchani belgilasangiz, natija 17.02-rasmdagi
matnga oʻxshab qo‘yiladi.
17.02-rasm. Ikki ustunni ularning orasidagi chiziq bilan
qoʻyish natijasi.
“Preset” guruhidan ustunlar maketini tanlash orqali, zarur
bo‘lsa, ustunlar sonini oshirishingiz mumkin. Bunday
parametrlar chap va oʻngga tekislangan ustunlardan birini
tanlashga imkon beradi.
Shuningdek, har bir ustunning eni
va ular orasidagi maydonni, ustunlar
orasida maydon teng
va ularning eni bir xil boʻlishi uchun ustunlarni sozlashingiz
mumkin. Ustunlar odatda axborot byulletenlari,
gazetalar va
jurnallardagi hujjatlarda ishlatiladi. Ushbu darslikda ham, misol
uchun, ustunlardan foydalanilgan.
“Yetim” va “yakka” qatorlar
“Yetim” va
“yakka qatorlar” abzatsning qolgan qismidan
ajralib qolgan matn qismi bo‘lib, oʻquvchilarni chalgʻitishi
mumkin. Hujjatlarni yaratayotganda
matnni bitta sahifaga
mos kelishi yoki har bir abzats alohida blok sifatida qolishi
yoki kamida sahifaning yuqorisida yoki pastida bir qator
qolmasligi
uchun tahrirlab, yetim qator yoki yakka qatorlardan
saqlanishingiz kerak.
KALIT SOʻZLAR