17.19-rasm. Diagrammalarda toʻr chiziqlarini formatlash.
Kataklarni toʻldirish va rang berish
Auditoriya talablariga bogʻliq ravishda kataklarni toʻldirish
yoki rang berish qarori odatda farq qiladi. Kataklarga rang
berish yoki uni toʻldirishning
eng aniq sabablaridan tashqari,
rang berish urg‘u berish yoki foydalanuvchilarni maʼlum
imkoniyatlar haqida ogohlantirish uchun ishlatiladi.
Elektron jadvallar yoki ma’lumotlar bazasi dasturlarida shartli
formatlashdan foydalanib, maʼlum
talablarga javob berish va
keyin mos ravishda toʻldirish uchun qoidani qoʻllaysiz. “Svetofor
chirogʻi” rang toʻldirishi turli ssenariylarda qoʻllanishi mumkin.
Oʻqituvchilar sinf natijalari toʻplamiga shartli formatlash tizimni
qoʻllash orqali bu tizimdan foydalanishi mumkin. Past baho olgan
oʻquvchilar qizil rang bilan toʻldirilishi
mumkin va baholar yuqori
baholarga koʻtarilgani sari toʻldirish yashil rangga oʻzgarib boradi
(17.20-rasm).
17.20-rasm. Rang berish va toʻldirish kataklarda qanday
ishlatilishini koʻrsatuvchi misol.
Kataklar va katak tarkiblarini formatlash
Chop etilgan qogʻoz nusxasiga aniq koʻrinish berish uchun
toʻr
chiziqlarni kiritmaguningizcha, elektron jadval va ma’lumotlar
bazasi jadvallari tarkiblarining
Print View koʻrinishi shu
jadvallarning ekran koʻrinishidan farq qiladi (17.18-rasm). Biroq
boshqa dasturlarda yaratilgan jadvallar uchun birorta toʻr
chiziqlarini belgilashingiz shart emas.
KALIT SOʻZLAR
Toʻr chiziqlar: jadvaldagi kataklar orasida koʻrinib
turgan
ekran chiziqlari.
Gridlines: Both
Gridlines: Horizontal
Gridlines: Vertical
Gridlines: None
17.18-rasm. Toʻr chiziqlar.
Elektron jadvallar yoki maʼlumotlar bazasida koʻringan ekran
chiziqlari dasturning bir qismi, lekin u qogʻozda koʻrinmaydi.
Bir xil jadvalning chop etilgan qogʻoz
nusxasining taqdimotini
yaxshilash uchun toʻr chiziqlarini qoʻyishingiz kerak. Jadvalning
ekran koʻrinishidan toʻr chiziqlarni olib tashlashni istasangiz,
vositalar panelining