Roʻyxat yaratishingiz zarur boʻlsa, ko‘rsatkichlar va raqamlash
foydali boʻladi. Roʻyxatlar maxsus boʻlmagan roʻyxat turlari,
masalan, bozorlik roʻyxati yoki sevimli mashgʻulotlaringiz
roʻyxati uchun ishlatilishi mumkin. Biroq sizga maʼlum ketma-
ketlik yoki hodisalar tartibiga amal qiladigan roʻyxat zarur
boʻlsa, raqamlangan ro‘yxat koʻproq mos keladi.
17.08-rasmda koʻpchilik dasturlarda koʻrsatkichlar uchun turli
shakllar mavjud.
Recently Used Bullets
Bullet Library
Define New Bullet…
Change List Level
Document Bullets
None
17.08-rasm. Turli koʻrsatkich shakllari.
Dasturda mavjud bir qancha shakllar bilan cheklanib
qolmasdan, oʻz ko‘rsatkich shakllaringizni chizishingiz mumkin.
Shuningdek, raqamlangan ro‘yxatlar turli raqamlash
formatlarini oʻz ichiga oladi, masalan, oddiy raqamlar, rim
raqamlari va alifbo harflari, qavslar bilan yoki qavslarsiz, bir
yoki ikki tomonida raqamlarni oʻz ichiga oladi (17.09-rasm).
17.09-rasm. Turli roʻyxatni raqamlash formatlari.