Ikki yoki undan koʻp katakni birlashtirish uchun katakni belgilash,
sichqonchaning oʻng tomonini
bosib ularni birlashtirish
parametrini tanlash kerak. Ikki yoki undan koʻp katakni
birlashtirishni mashq qilish uchun CD diskdagi “Asset 17.01.xlsx”
faylidagi elektron jadvaldan foydalaning. Birlashtirishni istagan
barcha kataklaringizda maʼlumotlar boʻlsa,
faqat birinchi katakdagi
maʼlumotlar saqlanishidan xabardor boʻlishingiz kerak; qolgani
koʻrinmay qoladi. Oldin har qanday ma’lumotlarni xavfsiz joyga
koʻchirishingiz yoki kataklarni birlashtirgandan
keyin uni saqlab
qolishni istamasangiz, uni oʻchirishingiz kerak.
Kataklarni birlashtirishning sabablari keskin farq qilishi
mumkin, eng keng tarqalgan sababi – bogʻlangan
kataklar
guruhlarining sarlavhasi yoki kategoriyasini belgilash boʻlishi
mumkin.
17.01-jadvalda bunday dasturlarning har birida jadvallarni qanday tahrir qilishni koʻrsatuvchi 17.10-17.13-rasmlarda
skrinshotlarni topishingiz mumkin. Ular mavjud jadvalda qator yoki ustun qoʻshish yoki oʻchirish usullariga koʻra qisman farq
qiladi. Har bir dasturda qator va ustun qoʻshish yoki oʻchirish uchun zarur boʻlgan bosqichlarni tasvirlab bering.
17.10-rasm. Taqdimot dasturi.
17.11-rasm. Desktop noshirlik dasturi.
17.12-rasm. Elektron jadval dasturi.
17.13-rasm. Matn katakka yozilgan elektron jadval dasturi.
17.01-jadval. Qatorlar va ustunlar qoʻshish va oʻchirish.