|
Exactly 10 tanlashingiz kerak.
KALIT SOʻZLAR Pdf ko'rish
|
bet | 300/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikExactly 10 tanlashingiz kerak.
KALIT SOʻZLAR
Raqamlash: hujjatdagi sahifalarni raqamlash.
Tabulyatsiya: matn qanchalik chap yoki oʻng cheklanishga
ega ekanini koʻrsatadi.
Tabulyatsiya sozlamasi
Tabulyatsiya yangi abzatsning boshlanishini belgilash
uchun abzatsni boshlashdan oldin qoldiradigan joylarni
bildiradi. Tarixan, matn teruvchi mashinalar matnni boʻsh
qogʻozga terishga odatlangan edi, unda har bir yangi abzatsni
boshlashdan oldin bir xil probellar sonidan foydalanishingizga
toʻgʻri kelar edi. Biroq dastur yordamida ishlov berilgan
hujjatlar yoki yaratilgan hujjatlar boshqacha usulda ishlaydi.
Matnni hujjatga kiritishni boshlashdan oldin bunday joylar
tabulyatsiya oʻlchovlarini tabulyatsiya chizg‘ichi (17.05-rasm)
yordamida belgilash orqali yaratilishi mumkin. Tabulyatsiya
chizg‘ichiga
View vositalar panelida Ruler katakchasini
belgilash yoki hujjatingizning yuqori oʻng burchagidagi
View
Ruler ikonkasini almashtirish orqali kirish mumkin.
17.05-rasm. Tabulyatsiya chizg‘ichlari.
KALIT SOʻZLAR
Chetlanishga ega abzats: matnning birinchi qatori chap
tomon chegaradan bir qancha probel masofada joylashgan
abzats.
Osiluvchi abzats: birinchi chetlanishga ega abzatsdan farq
qiluvchi abzatsning keyingi qatorlarining chetlanishi.
Chizg‘ich tugmasining yuqori qismi yangi abzatsni yozishni
boshlashdan oldin qoldirishni istagan joy miqdorini belgilash
uchun yangi abzatsning boshlanishini
chetlashga imkon
beradi. Pastki tugma abzatsda matnning qolgan qismi
boshlanadigan joyni belgilab beradi. Chizg‘ichning oxiridagi
tugma bu qatorga har qanday qoʻshimcha matn kiritiladigan
joyni koʻrsatadi. Matn bu joyga yetgandan soʻng keyingi
qatorga oqib oʻtishni boshlaydi. 17.06-rasm. Agar chizg’ich
|
| |