• KO‘CHA VA YO‘LLARDAN O‘TISH
  • Svetofor yoki yo’l harakatini tartibga soluvchi yo’l noziri bor joylarda, ko’chadan faqat ularning signali bo’yicha kesib o’t.
  • SVETOFOR BILAN TANISHISH
  • TRANSPORT VOSITALARIDA HARAKATLANISH QOIDALARI
  • Jamoat transporti salonida
  • Transportdan chiqishda
  • Tramvay yo’l-transport hodisasiga uchraganda
  • Yo‘llarda harakatlanish qoidalari ko‘cha va yo‘llarda o‘zini tutish qoidalari




    Download 169.97 Kb.
    bet1/2
    Sana21.08.2023
    Hajmi169.97 Kb.
    #79141
      1   2
    Bog'liq
    Yo\'l harakat
    2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi

    YO‘LLARDA HARAKATLANISH QOIDALARI


    Ko‘cha va yo‘llarda o‘zini tutish qoidalari



    • Piyodalarga yo‘lakchalarda va maxsus piyodalar yo’lakchasida yurishga ruxsat etiladi. Bunday joylar bo’lmasa yo’l chekkasida yoki velosiped harakatlanish yo’llarida yurish mumkin.

    • O‘ng tarafdan yoqalab, mashinalar yo’nalishi bo’yicha harakatlan. Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi.

    • Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga yugurib chiqma, transportlar qatnoviga halaqit berma.

    • Chang’i, g’ildirakchali rolik-konki, skeytbordda faqat to’silgan tomosha bog’larida uch! Yo’lning transport qatnov yo’liga chiqma.

    • Agar, ko’cha yoki yo’lni kesib o’tish zarur bo’lsa, velosipeddan tushib uni boshqar, skeytbordni qo’lingga olib o’t.






    KO‘CHA VA YO‘LLARDAN O‘TISH

    Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismini, faqat yer osti o’tish joylari, piyodalar ko’prikchalaridan va «Piyodalarning o’tish joyi» belgisi mavjud joylardan yoki bo’lmasa, o’zingni erkin tutib transport vositalari yo’qligiga ishonch hosil qilib, ko’cha va yo’lni tik perpendikulyar holda kesib o’t.
    Svetofor yoki yo’l harakatini tartibga soluvchi yo’l noziri bor joylarda, ko’chadan faqat ularning signali bo’yicha kesib o’t.

    Yo’l harakatini tartibga soluvchi vosita yo’q joylarda yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismini transportlarga xalaqit bermasdan, ikkilanmasdan kesib o’t.
    Transport ikki tomonlama harakatlanadigan ko’cha oldida to’xtab, chapga qara va transport vositasi bo’lmasa, o’tishni boshla. O’rtasiga borib, o’ngga qara va o’tishda davom et.
    Agar yaqin masofada transport vositasi bo’lsa, xavfsiz joyda yoki ko’chaning o’rtasida kutib tur, yo’l bo’shagach harakatni davom etdir.


    SVETOFOR BILAN TANISHISH

    Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismida yo’l-yo’l chizig’i bir tarafda ikkitadan ortiq bo’lsa va harakatdagi transportlarning maxsus ovoz beruvchi signallari va chiroqlari yoqilgan holatda bo’lsa, bu transport vositalari tez yuradigan yo’l hisoblanib, uni kesib o’tma!!!






    TRANSPORT VOSITALARIDA HARAKATLANISH QOIDALARI








    Transport vositasiga chiqishda:

    • Transport vositalarini bekatlarda kut, yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqma;

    • Avtobus, tramvay va boshqa transport vositalarida ular batamom to’xtagandan keyin chiq;

    • Jamoat transportiga kirish orqa eshikdan, chiqish esa oldingi eshikdan (agar avtobus uch eshikli bo’lsa, o’rta eshikdan kirish, oldingi va orqa eshiklardan chiqish) amalga oshiriladi;

    • Avtobus, tramvayga ular harakatlangan paytda sakrab chiqma, orqasiga osilma, zinapoyalarida turma.

    Jamoat transporti salonida

    • Salonga kirgan zahoti, o’rtasiga o’tib ket, chiqish maydonchalarida to’xtab turma.

    • Agar bo’sh joy bo’lsa, uni band et, o’tish joyida turma. Esingda tut! Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo’lovchilarga joy ber.

    • Shovqin qilma va baland ovozda so’zlashma. Haydovchini ishidan chalg’itma. Oynalardan boshingni chiqarma. Agar chiqish bekating yaqinlashib qolgan bo’lsa, avvalroq harakat qilib chiqishga hozirlik ko’r.

    Transportdan chiqishda

    Transport vositasi batamom to’xtab bo’lgandan so’ng tushib qol. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolma: o’ng tomonga qara va agar yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bo’lmasa, yo’lkadan yur.

    Avtobus yo’l-harakati hodisasiga uchraganda

    Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo’ljallangan derazalardan foydalan. Yo’l-transport hodisasidan so’ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko’zdan kechir. U qaysi holatda ekanligini bil va shundan so’ng chiqishga harakat qil.

    Tramvay yo’l-transport hodisasiga uchraganda

    Tramvay salonida sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko’zdan kechir. U qaysi holatda ekanligini aniqlab, tutqichga tegib ketmaslikka harakat qilib sakrab tush, chunki vagon elektr tokida bo’lishi mumkin.


    Download 169.97 Kb.
      1   2




    Download 169.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘llarda harakatlanish qoidalari ko‘cha va yo‘llarda o‘zini tutish qoidalari

    Download 169.97 Kb.