|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 313/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikbirlamchi kalitlardan foydalanish orqali bu muammo
hal etiladi. Yangi mijoz birinchi marta kelganida ularga
yagona mijoz ID raqamini taqsimlab mos birlamchi kalit
yaratilishi mumkin. Ular boshqa xizmat uchun qaytib kelsa,
Yunusobod, Gulzor 12 manzilida yashovchi Jasur Sobirovni
Yakkasaroy, Usmon Nosir 29 manzilida yashovchi Jasur
Sobirov bilan adashtirmaslikni taʼminlash uchun ularning
yagona identifikatori (mijozning ID raqami) yordamida
ularning yozuvlarini topishingiz mumkin. Birlamchi kalitlar
maydonida oʻxshash maʼlumotlarga ega ikki yozuv boʻlganda
xatolar qilishning oldini oladi. Ma’lumotlar maydonida
ismidan foydalanib Jasur Sobirovning yozuvlarini topishga
harakat qilsangiz, qidiruvning natijasida ma’lumotlar
bazasida mavjud barcha Jasur Sobirovlarning roʻyxati
beriladi. Birlamchi kalitdan foydalanish toʻgʻri odamning
maʼlumotlarini topishga yordam beradi. Birlamchi kalitlar
oddiy faylli ma’lumotlar bazalarida ishlatilmaydi. Oddiy faylli
ma’lumotlar bazalari elektron jadval dasturlari yordamida
yaratilishi mumkin. Biroq relyatsion ma’lumotlar bazasini
yaratish uchun eng mos keluvchi dastur maxsus ma’lumotlar
bazasi hisoblanadi.
KALIT SOʻZLAR
Birlamchi kalit (Primary key): ma’lumotlar bazasidagi har
bir yozuvning yagona identifikatori.
Ma’lumotlar maydoni: ma’lumotlar bazasi elementlarini
tasvirlovchi kategoriya (jadvaldagi sarlavhalar).
Yozuv: bir odam yoki obyekt haqida ma’lumot
maydonlaridagi barcha axborotlar.
Agar barcha ma’lumotlarni oddiy faylli ma’lumotlar bazasida
saqlasangiz, hosil qilingan tartibsizlikka relyatsion ma’lumotlar
bazasi yechim boʻladi. Birinchi bosqich elektron jadvalni
ma’lumotlar bazasi dasturiga import qilish hisoblanadi.
Keyingi bosqich katta jadvalni alohida jadvallarga ajratib,
ma’lumotlar takrorlanishi va mijozlarning maʼlumotlari
adashib ketishi muammosini hal qilishdan iborat.
|
| |