|
b Uchta jadvalni ishonchli maʼlumotlar bilan toʻldiring.
c Pdf ko'rish
|
bet | 315/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikb Uchta jadvalni ishonchli maʼlumotlar bilan toʻldiring.
c Maʼlumotlar bazasi dasturida uchta jadvalni
belgilagandan keyin 18.02-rasmdagi kabi jadvallar
orasida havolalar yarating.
18.02-rasm. Maʼlumotlar bazasidagi uch jadval
orasidagi munosabatlar.
18.03-SAVOL
Har bir jadvalda ishlatiladigan birlamchi kalitlar
qanday ishlashi va bunday ishlatilganda qanday
muammolarning oldini olishini izohlab bering.
Maʼlumot turlari
Tegishli relyatsion ma’lumotlar bazasini belgilash har bir
bogʻlangan jadval uchun maydon, masalan, matn, raqam,
oʻnlik, valyuta, sana/vaqt yoki
ikki qiymatli (Boolean)/
mantiqiy
maʼlumot turlari tanlanishini talab qiladi.
AutoNumbers — har bir yangi yozuv kiritgandan keyin
avtomatik qo‘yiladigan raqamlar hisoblanadi. Birlamchi kalitlar
odatda AutoNumbers’ga aylanadi. Har bir jadvalda faqat bitta
birlamchi kalit boʻlishi mumkin. Lekin AutoNumbers boʻlmagan
boshqa jadvalda birlamchi kalitdan foydalanish kerak bo‘lsa
unda AutoNumbers ma’lumot turi ishlamay qoladi va
tashqi
kalit (foreign key) ga aylanadi. Boshqa jadvallarda ishlatilgan
birlamchi kalitlar maʼlum sabablarga koʻra tashqi kalitlar
deyiladi.
KALIT SOʻZLAR
Maʼlumot turlari: har bir maydonda boʻlishi mumkin boʻlgan
turli maʼlumotlar, masalan, sana/vaqt, matn va boshqalar.
Boolean (Ikki qiymatli operatorlar): maʼlum yozuvlarni
chiqarish yoki kiritish uchun maydon nomlarini birlashtirish
orqali qidiruvni osonlashtirish uchun ishlatiladigan
AND, OR
va
NOT mantiqiy operatorlar.
Tashqi kalit: boshqa jadvalga asoslangan birlamchi kalit bu
jadval uchun tashqi kalit boʻladi, lekin ma’lumotlar bazasidagi
maʼlum yozuvning yagona identifikatori boʻladi.
Matn – alifbo va ayrim raqamlardan tashkil topgan maʼlumot
turi. Matn – eng keng guruhdagi maʼlumot turi boʻladi, chunki
har qanday maʼlumot turlari uchun matndan foydalanishingiz
mumkin. Bu boshqa maʼlumot turlari kabi qatʼiy emas.
Bunday maʼlumot turlaridan foydalanishga misollar oʻz
ichiga mijozlarning ismlari, telefon kodlari va mobil telefon
raqamlarini oladi; bu raqamlar nol bilan boshlansa ham,
raqam turi sifatida qabul qilinmaydi.
Raqamli noldan katta raqamlar bilan boshlanuvchi
raqamlarni oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar turi. Ular oʻnli
sonlar, butun sonlar yoki foizli raqamlar boʻlishi mumkin.
Misollar mijoz raqamlari, zaxira raqamlari va boshqalar boʻlishi
mumkin. Biroq harflar bilan aralashtirib yuborilgan raqamlar
(alfaraqamli) raqamlar sifatida qabul qilinmaydi, lekin matn
sifatida kategoriyalanadi.
Sana/vaqt maʼlumot turi sifatida maʼlumotlar va vaqtlarning
turli formatlarini oʻz ichiga oladi. 18.03-rasmda turli sana/vaqt
formatlari Umumiy, Uzun, Oʻrta yoki Qisqa boʻlishi mumkin.
|
| |