• Mavjud fayldan ma’lumotlarni izlash, ochish va import qilish
  • Saved Imports
  • External Data
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet318/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Tashqi ma’lumotlar
    Tashqi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasi fayliga import 
    qilishidan oldin, uning tuzilmasi aniqlanishi kerak. Ma’lumotlar 
    bazasi turli fayl formatlarini qabul qiladi, masalan, .csv, .txt va 
    .rtf.
    .csv
    CSV (comma separated variables) vergul bilan ajratilgan 
    qiymatlar – har bir yozuv bir qatorda saqlanib, har bir maydon 
    vergul bilan ajratiladigan fayl formati. .csv faylidagi bir 
    qatordagi yozuvga misol – Jasur Sobirov, Yunusobod, Gulzor 
    12, 71-2455000,12/08/1938, Jigarrang. Bu misolning konteksti 
    quyidagicha talqin qilinishi mumkin, bunda birinchi maydon 
    mijozning ismi (Jasur), keyingi maydon – uning manzili, telefon 
    raqami va boshqalar bilan ketma-ket keladi. Har bir keyingi vergul 
    ma’lumotlar bazasi jadvalidagi keyingi maydonni bildiradi.
    18.06-rasm. Ichki turlarni formatlash.
    224
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    .txt
    Tashqi ma’lumotlar .txt fayl formatida boʻlishi mumkin. Oddiy 
    matn formati faylida (.txt) qalin yoki kursiv formatlashi mavjud 
    emas va deyarli barcha matn muharrirlarida oʻqilishi mumkin.
    .rtf
    Rich text files (.rtf) ham matn fayllari hisoblanadi, lekin 
    cheklangan formatlash xususiyatlari, masalan, qalin yoki kursiv 
    yozuvlariga ega.
    Mavjud fayldan ma’lumotlarni izlash, ochish va 
    import qilish
    Mavjud fayldan ma’lumotlarni import qilish ma’lumotlarni 
    import qilishni istagan dastur yoki siz eksport qilishni 
    istagan dastur doirasida sodir boʻlishi mumkin. Agar elektron 
    jadvaldan maʼlumotlarni import qilish uchun ma’lumotlar 
    bazasi dasturidan foydalansangiz, oldin ma’lumotlar bazasi 
    faylini topib ochishingiz va 18.07-rasmdagi kabi elektron 
    jadvaldan ma’lumotlarni import qilishingiz kerak.
    Ma’lumotlar bazasiga bogʻlanishi yoki import qilinishi mumkin 
    boʻlgan oʻndan ortiq tashqi ma’lumotlar turi mavjud.
    18.07-rasm. Ma’lumotlar bazasiga import qilinadigan va 
    bogʻlanadigan ma’lumotlar manbalari turlari.
    Saved Imports manbasi odatda siz oldin yaratgan va 
    kompyuter yoki boshqa joyda saqlangan maʼlumot fayli 
    boʻladi.
    Ma’lumotlar manbalari masofaviy SQL [sikvel] ma’lumotlar 
    bazalarida saqlanishi ham mumkin va ulardagi yozuvlar 
    maxsus ODBC drayverlari yordamida so‘rab olindai. Bunday 
    ma’lumotlar manbalariga onlayn doʻkon yozuvlari misol 
    boʻlishi mumkin. Agar onlayn savdo qilmoqchi bo’lsangiz, 
    doʻkondagi mahsulotlarni ko’rayotgan vaqtingizda, do’kon 
    veb-sayti SQL ma’lumotlar bazasiga doimiy ravishda so’rov 
    (query)lar bilan murojaat qiladi.
    Agar oʻz ma’lumotlar bazangizni tuzayotgan boʻlsangiz va 
    uni masofada (internetda) yoki mahalliy serverda joylashgan 
    boshqa ma’lumotlar bazasi bilan bogʻlashni istasangiz, buni 
    External Data vositalar panelida mavjud turli tanlovlarni 
    tanlash orqali amalga oshirishingiz mumkin (18.07-rasmga 
    qarang).

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish