Saralashni yaxshilash uchun
uni bir qancha mezonlar
boʻyicha, masalan, alifbo bo‘yicha saralashingiz mumkin
(18.23-rasmdagi ikkinchi skrinshotga qarang).
Maʼlumotlarning ostki toʻplamlarini (subset)
tanlash uchun ma’lumotlar bazasidan qidirish
Turli
maydon turlari, masalan, alfaraqamli yoki Booleanda
ma’lumotlarni topish uchun soʻrov yaratishingiz va “Mezonlar”
va uning ostidagi “or” deb atalgan qatorni toʻldirishingiz kerak;
18.24-rasmdagi soʻrov 18.25-rasmda koʻrsatilgan natijani
beradi.
Field:
Table:
Sort:
Show:
Criteria:
or:
CustomerName
Customer
Address
Customer
Hair Colour
Customer
‘Blonde’
‘Brown’
Appointment Date
Customer
Amount Paid
Customer
Between 20 And 40
18.24-rasm. Boolean izlash mezonlaridan foydalanish.
Turli operatorlardan foydalanib izlash
LIKE,
AND,
NOT,
OR,
>,
<,
=,
>=,
<= va
<> kabi boshqa
operatorlardan ham foydalanishingiz mumkin.
Agar maydonda maʼlumot turi sifatida matn boʻlsa, lekin
matn soʻziga teng barcha
yozuvlarni topishni istasangiz, LIKE
operatoridan foydalanishingiz mumkin.
Izlayotgan maydoningizda raqamli ma’lumotlar turlari bilan
teng qiymatlarni izlayotgan boʻlsangiz, tenglik belgisidan
foydalanishingiz mumkin.
Almashtirma belgilar (Wildcards)
Agar izlayotgan narsangiz haqida aniq fikrga ega boʻlmasangiz
va aniq maʼlumotlarni bilmasangiz,
almashtirma belgili
qidiruvlarni amalga oshirishingiz mumkin. Agar biror mijoz
“2” bilan boshlanuvchi qiymat toʻlaganini
bilsangiz, lekin
ular “12 so’m”, “20 so’m” yoki “2” bilan boshlanuvchi boshqa
raqamligini eslay olmasangiz,
siz izlayotgan aniq yozuvni
izlash uchun almashtirma belgili qidiruvdan foydalanishingiz
mumkin (18.26-rasm).