18.15-rasmdagi misolda hisoblash maydonida hech qanday
ma’lumotlar saqlanmasligini sezasiz, lekin arifmetik ifoda
orqali bogʻlangan maydonlarga kiritilgan har qanday
oʻzgarishlarga koʻra oʻzgarganini koʻrasiz.
J Zee soch saloni ma’lumotlar bazasining mijozlar jadvalida
“Xarajatlar”, “QQS” va “Umumiyi xarajatlar”ni koʻrsatuvchi
uchta hisoblash maydoni mavjud. QQS soligʻini hisoblash
uchun “Xarajatlar”ni QQS stavkasiga (bu holatda 17,5%)
koʻpaytirishingiz kerak, bu “Xarajatlar”ga qoʻshiladigan QQS
qiymatini beradi (18.16-rasmga qarang).
18.16-rasm. QQS maydonini hisoblash.
“Umumiy xarajatlar”ni hisoblash uchun jadvalingizning
“Jadvaldagi maʼlumotlar” koʻrinishiga va oʻng tabga oʻtish
orqali “Xarajatlar”ni QQS qiymatiga qoʻshishingiz kerak.