• 19.01 Obyektlarni toʻgʻri joylash
  • Send to Back
  • Master slaydlar
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet334/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    19-bob: 
    Taqdimot
    Taʼlim maqsadlari
    Bu bob yakunida quyidagi bilimlarga ega boʻlasiz:

    auditoriyaning talablariga binoan obyektlarni toʻgʻri joylashtirish va uslublarni belgilash uchun master-slayddan 
    foydalanish;

    auditoriyaning talablariga binoan taqdimot slaydlarini yaratish uchun dasturning tegishli imkoniyatlaridan foydalanish;

    taqdimotni turli formatlarda koʻrsatish/taqdim etish uchun dasturning tegishli imkoniyatlaridan foydalanish.
    240


    19-bob haqida umumiy maʼlumot
    Ilgari taqdimotlar taqdimotchi-notiq tomonidan (maxsus sufler 
    kartalar yordamida) plakatlar, rasmlar, kitoblar, yozuv doskalari 
    va mos keluvchi musiqa yordamida yetkazib berilgan. Hozirgi 
    kunda soʻzlash bilan bir qatorda rasmlar, tovushlar va videolari 
    mavjud bo‘lgan slayd-shou koʻrinishida ekranda taqdimot 
    oʻtkazish mumkin. Taqdimot bilan ishlovchi bir necha dasturlar 
    va ularning bir qancha versiyalari mavjud. Hatto taqdimotni 
    internetda yaratib, kompyuteringizga yuklab olishingiz ham 
    mumkin.
    Taqdimotchilarning ehtiyojlari ham yillar davomida keskin 
    oʻzgardi, yanada murakkab taqdimot bilan ishlash dasturi va 
    unga bogʻliq video, tasvir va tovushni tahrirlash uchun dastur 
    variantlari bozorga kira boshladi. Taqdimot dasturi faqat 
    nutq soʻzlayotgan yoki taqdimot qilayotgan shaxslar uchun 
    emas, balki yana boshqa ehtiyojlar, masalan, fotografiya va 
    reklama uchun ham ishlatila boshlandi. Taqdimot dasturi va 
    video, animatsiya, tovush va tasvirni tahrirlashdan foydalanish 
    orasida chegara yoʻqolib bormoqda. Chunki dasturning keyingi 
    versiyalarida video, animatsiya, tasvirlar, tovush va matnni 
    taqdim etishning usullarini tobora kengayib, yaxshilanmoqda.
    19.01 Obyektlarni toʻgʻri joylash
    Taqdimot hayotimizning barcha sohalarining muhim 
    qismiga aylanib bormoqda. Shu sababli siz taqdim 
    etayotgan taqdimotda obyektlarni to‘g‘ri joylash va 
    auditoriyasini oʻrganish muhim. Taqdimotga matn, tasvir 
    yoki multimedia obyektlarini joylashtirish mumkin va ular 
    koʻrinmaydigan ramkalar – turli qatlamlar ichida bo‘ladi. 
    Boshqa obyektlarning ustidan hujjatda oldindan mavjud 
    toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matn oynasini joylashtirsangiz, 
    Send to Back funksiyasidan foydalanib koʻrinuvchi yoki 
    shaffof qilmasangiz, u koʻrinmay turadi. Atrofda obyektlarning 
    turli qatlamlarini ko‘chirish va 
    Wrapping tool yordamida 
    koʻchirishni istagan joyga joylashtirish mumkin. Obyektlarni 
    taqdimotdagi mos joylarga joylashni rejalashtirish – hujjat 
    maketini rejalashtirish deb ataladi.
    Master slaydlar
    Master slaydlar taqdimotingizning asosi sifatida foydalanish 
    mumkin boʻlgan namuna va uslublar to‘plamidir. Ichki 
    uslub – master-slayd qo‘llanilganda barcha slaydlarda bir xil 
    sarlavhalar va normal matnlarning shrift oʻlchamlari, rangli 
    chizmalari, fon ranglari va hoshiyalarini belgilaydi.
    Master slaydlar tasvirlar, matn, logotiplar, slaydning pastki 
    kolontitullari, avtomatik slaydlarni raqamlash kabi obyektlarni 
    joylash uchun bo‘sh ramka tashab ketish uchun ham qo‘llanilishi 
    mumkin (19.01-rasm).
    .
    19.01-rasm. Bo‘sh joylar yordamida master-slaydni yaratish.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish