• Slaydga tovush joylashtirish
  • 19.01-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT 247 19-bob: Taqdimot
  • Slaydlarga elektron jadvaldan import qilingan diagrammalarni joylash
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet342/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Fayl 
    kengaytmasi/ 
    formati
    Tasviri
    .ani
    MS Windows Cursor 
    .png
    Animated Portable Network 
    Graphics
    .eva
    Extended Vector Animation
    .fla
    Adobe (Macromedia) Flash
    .flc
    FLC 
    .fli
    FLI
    .gif
    Graphics Interchange Format
    .mng
    Multi-image Network Graphics
    .swf
    Small Web Format 
    .swi
    SWiSH Project File
    .webp
    WebP
    19.01-jadvai. Animatsion suratlarning fayl formatlari.
    Slaydga tovush joylashtirish
    Taqdimotga qoʻyilgan tovush uni qoʻllashdan avval diqqat 
    bilan koʻrib chiqishingiz kerak boʻlgan elementlardan biridir. 
    Chunki maʼruzachi nutq soʻzlayotganida fondagi tovush 
    tomoshabinlarni chalgʻitishi mumkin. Shuningdek, almashish 
    effektlariga hamroh tovushlar ham auditoriyangizni chalgʻitishi 
    mumkin. Masalan, har bir oʻq nuqtali roʻyxatdan keyin 
    chiqqillash yoki qoʻngʻiroq tovushi boʻlsa. Agar maqsadli 
    Ayrim animatsion fayllar bitmap, boshqalari esa vektor 
    suratlar hisoblanadi. Bu fayl turlarini oʻrganib chiqing va 
    ular oʻrtasidagi farqlarni, ularning har biridan tegishlicha 
    foydalanish holatlarini muhokama qiling.
    19.01-QOʻSHIMCHA MASHGʻULOT
    247
    19-bob: Taqdimot


    auditoriya yosh bolalardan iborat boʻlib, maqsad ularning 
    eʼtiborini keyingi bandga tortish boʻlsa, u holda tovushdan 
    foydalanish mumkin. Ammo slaydlarda tez-tez tovushdan 
    foydalanish doim ham maqsadga muvofiq boʻlavermaydi.
    Slaydlarga elektron jadvaldan import qilingan 
    diagrammalarni joylash
    Yuqori sifatli taqdimotlarni tayyorlashda diagrammalar 
    juda qoʻl keladi. Chunki bunda raqamli maʼlumotlar grafik 
    shaklda namoyish etiladi va maʼruzachi oʻz nutqi yoki 
    izohida diagrammasiz holatdan farqli oʻlaroq, baʼzi jihatlarni 
    aniqroq tushuntirishi mumkin. Agar jadvalli maʼlumotdan 
    foydalansangiz, inson miyasi uni xuddi shu maʼlumot 
    diagramma yoki grafika koʻrinishida berilganidan koʻra 
    qiyinroq qabul qiladi.
    Diagrammalarni slayd-taqdimotga elektron jadvallar bilan 
    ishlash dasturidan import qilishda bir nechta jarayon bor. 
    Buning eng oson yoʻli diagrammani elektron jadvaldan 
    nusxalab, uni bevosita taqdimotingizning kerakli slaydiga 
    joylashdir. Muqobil yoʻli – diagrammani “Insert” panelidan 
    taqdimot dasturingizga “joylash”dir. Bunda avtomatik tarzda 
    alohida oyna ochiladi. Unda ham taqdimotingiz oynasi, ham 
    elektron jadval oynasi boʻladi. Shundan soʻng diagrammani 
    tuzish uchun elektron jadvalingizdagi maʼlumotni tahrir qila 
    olasiz. Maʼlumotlarni tahrirlagan sari u taqdimot dasturingizda 
    avtomatik tarzda oʻzgaradi (19.12- va 19.13-rasmlarga qarang). 
    Elektron jadvalda ochilayotgan diagramma turini istalgan vaqt 
    oʻzgartirishingiz mumkin.
    19.12-rasm. Elektron jadvalning B2 katagidagi maʼlumotni 
    oʻzgartirishdan oldin.
    19.13-rasm. Elektron jadvalning B2 katagidagi maʼlumotni 
    oʻzgartirishdan keyin.
    Maʼlumotlar qatorini formatlashingiz, kategoriyalar yoki 
    maʼlumot qatorlarini qoʻshishingiz, keraksizlarini oʻchirishingiz, 
    nomini oʻzgartirishingiz mumkin. Diagrammani bu usulda 
    slaydingizga import qilish ancha qulay. Chunki uni yaratish 
    mobaynida diagramma qanday koʻrinishga ega boʻlayotganini 
    koʻrishingiz va auditoriyangizga mos kelish-kelmasligini 
    inobatga olishingiz mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish