• Action buttons
  • Slaydlar oʻrtasida uyg‘un almashishlarni yaratish
  • Insert vositalar  panelidagi  Shapes




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet344/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Insert vositalar 
    panelidagi 
    Shapes tugmasini bosish orqali topish mumkin. 
    Chiziqlar, strelkalar va call-out boxlarning turlari koʻp. 
    Qalam/ruchka sifatida qoʻllanishi mumkin boʻlgan 
    Scribble 
    vositasi qiziqarli vositalardan biridir. Bu vositadan foydalanib 
    slaydingizda qoʻlyozma yozishingiz mumkin. Agar faqat 
    sichqoncha yoki trekpaddan foydalansangiz, toʻgʻri chiziq 
    chizish qiyin boʻladi. Siz bu buyruqdan faqat boshqa variant 
    boʻlmagan hollarda foydalanishingiz mumkin.
    Action buttons (Navigatsiya tugmalari) oʻz nomiga koʻra 
    havolali ikonkalar hisoblanadi. 
    Home tugmasini aks ettiruvchi 
    uy tasviri tushirilgan ikonkani, misol uchun, istalgan slaydga 
    joylashtirsangiz, xuddi veb-saytning bosh sahifasi kabi u sizni 
    birinchi slaydga olib oʻtadi. Keyingi slaydga oʻtishni istasangiz, 
    oʻng tomonga qaragan strelkali ikonkani joylashtirishingiz 
    mumkin. Oxirgi Action button hech qanday amalsiz 
    tugmadir. Uni ehtiyojga qarab moslashtirishingiz va unga link 
    belgilashingiz mumkin.
    Slaydlar oʻrtasida uyg‘un almashishlarni 
    yaratish
    Taqdimot slaydlari oʻrtasida uyg‘un almashishlar fikrni 
    jamlashga qaratilgan. Chunki turli almashishlar natijasida 
    auditoriya keyingi almashish qanday boʻlishini oʻylab 
    chalgʻishi mumkin. Yetuk yoki katta yoshdagi auditoriya uchun 
    almashishlar ravon va oddiy boʻlishi kerak. Yosh auditoriyaga 
    esa 
    vortex stilidagi koʻproq eʼtiborni tortuvchi almashishlar 
    maʼqul kelishi mumkin. Bu taqdimot namoyish etilayotgan 
    vaziyatga ham bogʻliq. Eʼtiborni tortuvchi almashishlar oʻquv yili 
    tugashi marosimiga mos kelishi mumkin. Bu holda butun tadbir 
    davomida slaydli taqdimotda oʻquvchilarning suratlari almashib 
    turadi. Ammo, slaydlar orasidagi bu kabi almashishlar kengash 
    uchrashuvida yillik byudjet hisobotini taqdim qilayotgan 
    mutaxassis uchun mos kelmaydi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish