suratli faylni turli fayl formatida saqlaydi va ularning ayrimlarini
import qilish mumkin emas.
Bunday holatda, matn yoki suratni
foydalanadigan taqdimot dasturi tushunadigan fayl formatiga
aylantirish uchun fayl formati konverteridan foydalanishingiz
zarur. Internetdan bir necha xil bepul fayl konverterlarini topish
mumkin.
Slaydlarga mos suratlarni joylashtirish
Taqdimot slaydlariga bir necha xil
suratlarni joylashtirish
mumkin: harakatsiz tasvir, videolavhalar va animatsion
suratlar.
Harakatsiz tasvirga ClipArt, logotiplar,
chizilgan rasm, eskiz
va foto suratlar kiradi, hatto WordArt shaklidagi matnlar
ham surat sifatida qabul qilinadi. ClipArt xizmatida eng
keng tarqalgan mavzulardagi kichik suratlar mavjud.
Ularni
tegishli kalit soʻzlar yordamida topish mumkin. ClipArt hajmini
boshqa suratlarni oʻzgartirgandek oʻzgartirishingiz mumkin.
Logotiplarni internetdan topish va taqdimotga import
qilishdan avval ularni tegishli papka ichiga saqlash mumkin.
Videolavhalar qisqa videofayllar boʻlib, ularni taqdimotga
turlicha joylash mumkin: kompyuteringizda avval saqlangan
fayldan, boshqa veb-saytdan yoki ClipArt video zaxirasidan.
Kompyuteringizda saqlangan videolavhani tanlaydigan
boʻlsangiz, uni bevosita taqdimotingizga
joylashingiz hamda
taqdimotni slayd rejimida tomosha qilganingizda “Ijro
etish” tugmasini bosib, videolavhani koʻrishingiz mumkin.
Ammo, kichik hajmda koʻrishni istamasangiz, video hajmini
slaydingizga mos qilib oʻzgartirish kerak boʻladi.
Slaydlardagi videolarga hoshiya,
shakl va videoeffekt
qoʻshish uchun ularni formatlash mumkin (19.11-rasm).
19.11-rasm. Slayddagi videolavha shakllari va hoshiya
qoliplari.
Taqdimotingizni qiziqarliroq qilish uchun animatsion
suratlardan foydalanish mumkin. Maxsus dasturiy taʼminot
yordamida oʻz animatsion suratingizni yaratishingiz yoki
animatsion suratni internet yoki ClipArt tasvirlaridan import
qilishingiz mumkin. Animatsion suratlarni turli fayl formatlarida
saqlashingiz mumkin: ular ichida eng koʻp ishlatiladigani –
.gif fayl formati. Boshqa animatsion
suratlar formatlari
19.01-jadvalda keltirilgan.