Taqdimotning maxsus qismlarini manipulyatsiya qilish Ustlavhalar va taglavhalar maketini aniqlash uchun master-
slayd yordamida namuna belgilab olinishi mumkin. Sarlavhalar
taglavhalarga qaraganda yirikroq shrift o‘lchamidan
foydalanadi. O‘q nuqtalar taqdimotdagi muhim xususiyat
bo‘lib, chunki soʻzlovchilar va taqdimotchilar ulardan sufler
sifatida foydalanadi. Ideal holatda juda uzun gaplar yoki yirik
matn bloklaridan foydalanmaslik kerak. Chunki auditoriya
slayddagi har bir soʻzni oʻqishga harakat qilsa, ular notiqning
soʻzlaridan chalgʻib qolishi mumkin. Auditoriyaga yordam
berish uchun ularga har doim qog‘oz shaklda chop etilgan
“Qaydlar sahifasi”ni taqdim etishingiz va u siz foydalangan
soʻzlovchi qaydlarini oʻz ichiga olishi kerak.
19.05-rasm: soʻzlovchi qaydlari sahifasiga
View vositalar paneli
orqali kiring.
19.05-rasm. Taqdimotning chop etilgan shaklida qaydlar
sahifasi.
O‘q nuqtalar haqida matn va qaydlar chop etilgan shaklning
soʻzlovchi qaydlari boʻlimida keltirilishi mumkin (19.05-rasm).
Ayrim holatlarda auditoriya notiq soʻzlayotgan vaqtda qayd
qilib borishni istashi mumkin. Bunday holatda taqdimotingiz
maketini tagiga bo‘sh chiziqlar bilan printerdan chiqarib
qo‘ying. Bu tinglovchilarga har bir slayd yoniga o‘z izohlarini
yozishga imkon beradi (19.07-rasm).
19.06-rasm. Taqdimotlar davomida soʻzlovchilar oʻz
qaydlarini yozib borishi uchun sahifalar.
244 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
19.02-amaliy topshiriq Ayrim holatlarda auditoriya soʻzlovchi soʻzlayotgan vaqtda qayd
qilib borishni istashi mumkin. Bunday holatda chop etishni tanlab,
Print what? katagida Handouts (bir sahifada 3 slayd) boʻlimini
tanlab,