• On Mouse Click
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet336/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    19.01-amaliy topshiriq
    19.02-SAVOL
    19.02-rasmdagi ikki taqdimot slaydini solishtiring va 
    uning professional yoki havaskor tomonidan yaratilganini 
    belgilaydigan jihatlarning roʻyxatini tuzing
    19.02-rasm. Solishtirish uchun taqdimotlar.
    a
    b
    242
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
    19.01-SAVOL
    Master slayd maketingizda maxsus slayd qoʻyish nimani 
    bildirishini izohlab bering. Taqdimotingizda master-
    slayd maketi mavjud boʻlsa ham, bu harakatni amalga 
    oshirishni istaganingiz sabablarini muhokama qiling.


    Oldindan belgilangan rang sxemalari va dizaynlari har bir slayd 
    uchun alohida dizayn yaratishga vaqt sarflash va slaydlar 
    uchun izchil uslub yaratish oʻrniga, taqdimotning kontentiga 
    eʼtibor qaratishga imkon beradi.
    Almashish effektlari bir slayddan keyingi slaydga oʻtish vaqtida 
    ishga tushadigan vizual effektlardir. Misol uchun, kitob varag‘i 
    kabi bir slaydning ikkinchi slayd ustiga “ochilishi” effekti 19.04-
    rasm. Taqdimotlar paketida mavjud turli almashish effektlari.
    Agar taqdimotchi uzun nutq soʻzlasa, taqdimotni jonlantirish 
    uchun almashish effektlari toʻplami qiziqarli harakatlarni 
    ko‘rsatadi. Zarur bo‘lsa, tovush qoʻshishingiz mumkin. Lekin 
    bu auditoriyani chalgʻitish vositasi boʻlmasligi kerak. Aks 
    holda ular taqdimot yoki nutqning oʻrniga tovushga eʼtiborini 
    qaratadi. Izchillikni ta’minlash uchun barcha slaydlaringizga 
    yoki zarur bo‘lsa faqat ma’lum slaydlaringizga o‘tish-
    effektlarini qo‘llashingiz mumkin.
    Baʼzida keyingi slaydga oʻtish uchun sichqoncha yoki 
    klaviaturadan foydalanmagan holda almashish zarur bo‘ladi. 
    Bunday holatlarda, slaydlarni bir necha daqiqa yoki soniyadan 
    keyin keyingi slaydga avtomatik oʻtishga sozlash tavsiya etiladi.
    Biroq bu amalda har doim ham yaxshi ishlamasligi mumkin. 
    Chunki agar taqdimot qilayotgan boʻlsangiz, sizga berilgan 
    vaqtni uzaytirish yoki qisqartirishga toʻgʻri kelishi mumkin. Bu 
    nutqingiz davomida shoshib qolishga sabab boʻlishi mumkin. 
    Agar shunday boʻladi deb hisoblasangiz, 
    On Mouse Click 
    parametridan foydalaning. Bu keyingi sahifaga belgilangan 
    vaqtda emas, balki oʻtishga tayyor boʻlganda oʻtishga 
    imkon beradi. Siz har doim ham har bir slaydga qancha vaqt 
    sarflashingizni bilmasligingiz mumkin va shu sababli avtomatik 
    almashish har doim ham eng yaxshi usul emas.
    Animatsiyalar taqdimotingizga biroz hazil qoʻshib, uni 
    auditoriya uchun qiziqarli qilish uchun moʻljallangan. Biroq 
    bu taqdimotchining maqsadiga ko‘ra taqdimotda maʼlum 
    jihatni tushuntirish yoki aniqlashtirish uchun animatsiyaning 
    samaradorligiga bogʻliq boʻladi. Shuningdek, haddan 
    ortiq animatsiyalar auditoriyani taqdimotingizning asosiy 
    maqsadidan chalgʻitadi. Agar ular taqdimotda foydalanilishi 
    shart bo‘lsa, ularning aniq maqsadi belgilab olinishi kerak.
    19.03-rasm. Taqdimotlar dasturi paketlarida oldindan belgilangan dizaynlar.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish