oʻtkazmalarga ishlov berish uchun masofaviy serverda
ma’lumotlarni yangilash uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar
bazasi bilan amalga oshiradigan muhim vazifalarga bir misol
boʻladi.
Onlayn buyurtmalar, elektron tijorat, onlayn-bank va
boshqalar ma’lumotlar bazasi dasturlaridan ma’lumotlarni
eksport qilish imkoniyatidan foydalanishga misol boʻladi.
Ma’lumotlarni yanada samaraliroq
stilda bir qancha
foydalanuvchilarga yuborish uchun SharePoint roʻyxatlariga
eksport qilishingiz mumkin. Shu tarzda xaridorlar, mijozlar va
boshqalarning kontakt maʼlumotlarini
qayta-qayta nusxalab
ko‘chirish kabi ikir-chikir vazifalardan ozod bo‘lish mumkin.
PDF va XPS fayllari boshqalarga axborotlarni osonlik bilan
tahrirlashga ruxsat bermagan holda axborotlarni ulashish
imkonini beradi. Axborotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri
PDF va XPS
fayl turlariga eksport qilish imkoniyati foydalanuvchilarni
PDF va XPS hujjatini yaratishdan oldin turli dasturlardan
axborotlarni nusxalash va joylash ishlaridan ozod qiladi.
Ilgari ma’lumotlar bazasidagi axborotlaringizni nusxalab, uni
matn fayliga joylagansiz va soʻng PDF hujjatiga oʻtkazgansiz,
chunki ma’lumotlar bazasi dasturining oldingi versiyalarida
axborotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri PDF yoki
XPS hujjat turiga eksport
qilish funksiyasi mavjud boʻlmagan.
Pochtani birlashtirish koʻpchilik bizneslarda ishlatildi va
bunda ma’lumotlar bazasi muhim ma’lumotlarning manbaiga
aylandi. Oxirgi yillarda shaxslarning kontakt maʼlumotlari
saqlangan ma’lumotlar bazasini toʻplash va sotish katta biznes
turiga aylandi.Bu maxfiylik masalasida koʻplab
muammolar
va kompyuterlardan notoʻgʻri foydalanishni keltirib chiqardi.
Bizneslar shaxslarning kontakt maʼlumotlari saqlangan
maʼlumotlar bazalarini sotib olib,
elektron pochta orqali spam
koʻrinishida reklamalar va pochta orqali yoqimsiz xabarlar
yuboradi.
Hozirgi zamonda ma’lumotlar bazalari shaxslarning
daxlsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan
holatlarni
muhokama qiling.