|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 333/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik18.03-QO’SHIMCHA MASHGʻULOT
Siz taʼtil uyushtiruvchi Happy Holiday kompaniyasida
ishlaysiz va ular uchun devonxona ishlarini amalga
oshirmoqchisiz. Bu vazifaning fayllari 18-bobning
oxiridagi CD diskda saqlanadi va boshlashdan oldin ularni
kompyuteringizga saqlashingiz zarur. Batafsil bilib olish
uchun “Asset 18.04.docx” faylini oching.
18.10-amaliy topshiriq
Xulosa
●
Ikki xil ma’lumotlar bazasi mavjud: oddiy faylli va relyatsion ma’lumotlar bazalari. Relyatsion ma’lumotlar bazalari yirik va murakkab
boʻlishi mumkin, lekin yirik biznes amaliyotlarini soddalashtirish imkoniyatini beradi.
●
Turli maydonlarni ifodalash uchun toʻgʻri ma’lumotlar turlaridan foydalanish muhim, chunki maʼlum maydonlarga kiritish xatolarini
GIGOdan holi bo‘lish uchun yordam beruvchi validatsiya qoidalarini belgilash mumkin.
●
Ma’lumotlar elektron jadvallar, ma’lumotlar bazalari dasturlari yoki elektron pochta kontaktlar roʻyxatidan .csv, .txt va .rtf formatida
import qilinishi mumkin. Shuningdek, ma’lumotlar elektron jadvallar, ma’lumotlar bazalari, SQL serverlari va boshqalarga eksport
qilinishi mumkin.
●
Ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar turli usullarda manipulyatsiya qilinishi mumkin: maydonlarni oʻsuvchi yoki kamayuvchi
tartibda saralash, bir yoki bir qancha mezonlarga mos keladigan soʻrov-quety’lar yordamida izlash va arifmetik, Boolean operatorlar
yoki almashtirma belgili qidiruvlardan foydalanish.
●
Ma’lumotlar barcha hujjat oʻlchamlariga, jumladan nom-yorliqlarga mos keladigan hisobotlarda taqdim etilishi mumkin.
●
Hisobotlar jadvalli, ustunli, jadval maʼlumotlari yoki tekislangan formatlarni qabul qilishi yoki hisobotni yaratish uchun loyiha
koʻrinishi stilidan foydalanib sozlashingiz mumkin.
239
18-bob: Ma’lumotlarni boshqarish
|
| |