9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

241
19-bob: Taqdimot


Uslublar, rang sxemalari, oʻtish-effektlari va 
animatsiyalarning izchilligi
Professional koʻrinishdagi taqdimotlarda izchil uslub mavjud 
va butun slayd bilan solishtirganda tanlangan ranglar 
aralashib ketmaydi, shrift va tasvir oʻlchamlari butun taqdimot 
bo‘ylab uzluksizlik darajasini koʻrsatadi, oʻtish-effektlari va 
animatsiyalar to‘g‘ri vaqtda ishlatilgan hamda koʻngil olish va 
xabar berish vazifasini bajaradi, auditoriyani chalgʻitmaydi.
Koʻpchilik taqdimot bilan ishlash dastur paketlari ranglar, 
shriftlar, uslublar, effektlar oldindan belgilangan dizayn 
uslublarini o‘z ichiga oladi. Shrift turlari va oʻlchamlari ham 
oldindan belgilangan va barcha oʻxshash sarlavha turlari bir xil 
oʻlcham, tur va rangga ega boʻladi.
Bu taqdimotingiz yanada professional koʻrinishga ega 
boʻlishini taʼminlaydi.
Taqdimotning koʻrinishi eng ahamiyatli jihat emas. Taqdimot 
samarali boʻlishi kerak. Taqdimot qanday koʻrinishidan 
qatʼi nazar ko‘zlangan maqsadga xizmat qilishi kerak. 
Taqdimotlardan foydalanishning asosiy sabablari quyidagilar:
Soʻzlovchiga nutqining barcha muhim jihatlarini yodda 
saqlashga yordam berish. Bu taqdimotchida koʻp gapirishi 
va matnga tayanishini anglatmaydi. Chunki slayd faqat 
cheklangan miqdordagi matnni sigʻdira oladi. Agar 
auditoriyadan har bir slayddagi maʼlumotlarni oʻqishi talab 
qilinsa, ular taqdimotchining gaplariga e’tiborsiz bo‘lib 
qolishi mumkin.
Taqdimot davomida diagramma, grafik yoki tasvirdagi 
tegishli maʼlumotni belgilash.
Oʻquvchilar elementlarni toʻgʻri bloklarga drag and drop 
usulida qoʻyishi va tezkor fikr-mulohazalarni qabul qilishi 
uchun interfaol Flash taqdimotlardan oʻqitish vositasi 
sifatida foydalanish.
Axborotni avtomatik ravishda toʻxtovsiz, soʻzlovchisiz 
taqdim etilishi mumkin boʻlgan siklda, masalan, oflayn 
elektron reklamalarni koʻrsatish.
19.02-rasmdagi birinchi misolda rang sxemasi oldindan 
belgilangan, 19.03-rasmda mavjud tanlanma koʻrsatilgan.
Quyidagi obyektlar – tasvirlar, matn, logotiplar, slaydning 
pastki kolontitullari va avtomatik slaydlarni raqamlash 
kabi bo‘sh joylarga joylash uchun master-slayd yarating.
Master-slaydga rasm uchun bo‘sh joyni kiritish keyingi 
boshqa har bir slaydda ham uni paydo qiladi. Master-slayd 
namuna bilan bir xil vazifani bajaradi. Bo‘sh joylardan 
taqdimotingizda turli slaydlarning maʼlum obyekt 
turlarini joylashtirish uchun foydalaniladi. Tasvirlar, matn, 
multimedia (video, tovush va boshqalar), diagrammalar
jadvallar, SmartArt va hokazolar uchun bo‘sh joylar boʻlishi 
mumkin.

Download 132,8 Mb.
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish