Maktabim.Uz
Sana:---------------------------------------------------------------------------
O’qish 3-sinf
1-dars
Mavzu: Bayramingiz qutlug` bo`lsin. Dilfuza Kamoljonova
Maqsad: a) ta’limiy: Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish kompetentsiyalari
b) tarbiyaviy: Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matеmatik savodxonlik, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompеtеntsiyalarini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qish malakalarini oshirish,
Dars usuli: Darslik bilan ishlash , savol-javob, suhbat
1-bosqich. Tashkiliy qism O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
2-bosqich. Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash
Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori ishlab chiqiladi.
3-bosqich.
1. Kirish. Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i va konstitutsiya kitobi ko'rsatiladi.
2. Darslik bilan tanishtirish.
3. matnni o'qishga tayyorgarlik. Matn va uning muallifi bilan tanishtirish.
Bayramingiz qutlug bo'lsin
Dilfuza Kamoljonova
Mustaqillik - bu avlod-ajdodlarimiz ko‘p yillar osha kutgan erkinlik, hurlik degani. Mustaqillik- bu erkin fikrlash, mustaqil harakat qilishdir. Boy chig’idek asrash, avaylash, kelajak avlodlarga asl holida yetkazib berishdir. Ertaning egalari - Siz yoshlarga fan, ta’lim, madaniyat, sport va san’at sohasida imkoniyatlar eshigini ochib bergan oltin kalitdir.
1991 -yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi. Chunki shu kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. 1991-yil 1-sentabr 0‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilandi. Shu yildan boshlab 1-sentabr umum-xalq bayrami sifatida butun mamlakatimizda keng ni-shonlanib kelinmoqda.
Yurt mustaqil bo'lishi uchun o'zining davlat ramzlari -bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, maydoni, mustahkam chegaralari, armiyasi bolishi kerak. Mustaqil O‘zbekiston o‘z davlat ramzlari, kuchli armiyasi va mukammal qonunchiligiga ega davlatdir.
Mustaqillik tufayli Vatanimizni dunyo tan oldi, u o‘z o‘rni, obro‘-e’tiboriga ega bo‘ldi.
1. Mustaqillik nima degani?
2. Nima uchun 1991-yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi?
3. Mustaqillik tufayli Vatanimiz nimalarga ega bo‘ldi?
4. Lug'at ishi.
5. Matnni o'quvchilarga o'qitish, topshiriq bilan o'qish.
6. Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.
7. Muhokama Kengaytirish Dars yakunida o'rganilganlarni muhokama qiladilar
8. Baholash O’quvchilarning darsdagi faolligiga, test savollariga bergan javoblariga qarab har bir bosqichdagi baholari umumlashtiriladi va yakuniy ball e'lon qilinadi.
O’T.I.B.D.O’:
Sana:
2-dars:
Mavzu: O`zbekiston. Orif To`xtash
Maqsadlar: A) Ta’limiy: Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish kompetentsiyalarini shakllantirish, mavzu haqida tushuncha berish;
B) Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matеmatik savodxonlik, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompеtеntsiyalarini tarbiyalash
D) Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qish malakalarini oshirish,
Dars uslubi: Darslik bilan ishlash, savol-javob
Dars jihozi: darslik, O’zbekiston rasmlari, slaydlar, kompyuter.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
1. Mustaqillik nima degani?
2. Nima uchun 1991-yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi?
3. Mustaqillik tufayli Vatanimiz nimalarga ega bo‘ldi?
Matnni 3-4 o’quvchiga so’zlataman.
III. Yangi mavzu bayoni:
O’zbekiston
Orif To'xtash
Ozod Vatan, hur Vatan,
Tuprog‘i zar, dur Vatan.
Ko‘zimizga to‘tiyo1
Aylasak arzir Vatan -
Serquyosh O‘zbekiston,
Beqiyos O‘zbekiston!
Jilvalanar jamoli,
Yurtlarning barkamoli.
Bir Vatanki, zargor yer,
Ham musaffo samoli -
Serquyosh 0‘zbekiston,
Beqiyos 0‘zbekiston!
Tenglar ichra tengi yo‘q,
Eng muqaddas, eng buyuk!
Ko‘pdir sarhadi kenglar,
Bunday bag‘ri kengi yo‘q -
Serquyosh 0‘zbekiston,
Beqiyos 0‘zbekiston!
Borar yo‘li ziyoli,
Farovonlik shiori.
Bu o‘ziga bek bo‘lgan,
0‘zbeklarning diyori -
Serquyosh 0‘zbekiston,
Beqiyos 0‘zbekiston!
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
She’rni ifodali o’qittiraman.
Lug’at ishi o’tkazaman.
1. She’rni to'xtamlarga rioya qilib, ifodali o‘qing.
2. Qofiyadosh so‘zlarni aniqlang.
3. She’rdagi takrorlangan misralarni qayta o‘qing. „Beqiyos“ so'zini unga mos boshqa so‘z bilan almashtiring.
V. Uyga vazifa: she’rni yodlash
VI. Dars yakuni. Baholash O’quvchilarning darsdagi faolligiga, test savollariga bergan javoblariga qarab har bir bosqichdagi baholari umumlashtiriladi va yakuniy ball e'lon qilinadi.
O’T.I.B.D.O’:
Sana:
3-dars
Vatan. Miraziz A’zam
Darsning maqsadlari: a) Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilishga o’rgatish
b) tarbiyaviy: Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matеmatik savodxonlik, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompеtеntsiyalarini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: To'g'ri, ongli, ifodali va qiroat bilan o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'atiga aniqlik kiritish va lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish.
Darsning uslubi: Darslik bilan ishlash, savol-javob, suhbat “ Aqliy hujum” usuli
Kutilayotgan natija
Dars yakunida o'quvchilar Vatan haqida to'liq tushunchaga ega boiadilar. O'qish malakalari takomillashadi.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
«Tez javob» didaktik o'yini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich. Ehtiyoj (ref- leksiya)larni aniqlash
|
Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori ishlab chiqiladi.
|
Munozara
|
2 daqiqa
|
3-bosqich. Darsning borishi
|
1. Kirish. Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i va konstitutsiya kitobi ko'rsatiladi.
2. Darslik bilan tanishtirish.
3. She'rni o'qishga tayyorgarlik. She'r va uning muallifi bilan tanishtirish. She'r ifodali o'qib beriladi.
4. Lug'at ishi.
5. She'rni o'quvchilarga o'qitish, topshiriq bilan o'qish.
7. Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.
|
Namoyish
Suhbat
Izohli o'qish
Suhbat
Ifodali o'qish
Izohli o'qish
Tushuntirish
|
2 daqiqa
2 daqiqa 5 daqiqa
1 daqiqa 5 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
|
4-bosqich. Guruhda ishlash
|
O'quvchilar guruhga bo'linib o'qituvchining topshirig'i asosida ishlaydilar.
|
Savol- javob
|
16 daqiqa
|
Muhokama Kengaytirish
|
Dars yakunida o'rganilganlarni muhokama qiladilar. She'mi yod olish topshirig'i beriladi.
|
|
5 daqiqa
|
Baholash
|
O’quvchilarning darsdagi faolli- giga, test savollariga bergan javoblariga qarab har bir bosqichdagi baholari umumlashtiriladi va yakuniy ball e'lon qilinadi.
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|
Eslatma. Bo 'limdagi boshqa darslarning texnologik xaritasi ham shu kabi tayyorlanadi.
Darsning nomi: Mening Vatanim.
Dars jarayoni:
1-2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
3-bosqich. Dars O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlanadi.
Madhiya tugashi bilan bir o'quvchi «O’qish kitobi»ni ko'tarib xattaxta oldiga chiqadi.
Darslik yuzasidan suhbat o'tkaziladi:
1. O'qing, bu qaysi darslik? («O'qish kitobi» darsligi).
2. «O'qish kitobi» nimalarni o'rgatadi? (Ifodali, ongli va to'g'ri o'qishni.)
3. Bu darslikni kimlar yozgan ekan? (O'qituvchi darslikni ochib, mualliflar yozilgan joyni ko'rsatib, o'quvchilarga o'qitadi. Ularning mehnati haqida gapirib beradi.)
4. Kitob haqida qaysi she'rni yod olgan edingiz? Kitob haqida o'quvchilar o'qigan, yod olgan she'rlar eslatiladi. O'qituvchi ki-tobning birinchi bo'limi va uning asosiy mazmuni haqida ma'lumot berib, darsning maqsad va vazifalarini e'lon qiladi. Bugungi dars mavzusi bilan o'quvchilarni tanishtiradi.
She'rni o'qishga tayyorgarlik:
1. Vatan deganda nimani tushunasiz?
2. Nima uchun odamlar Vatanini sevadi?
3. Vatanini yaxshi ko'rgan odamlar nima qiladi?
4. Siz ham yaxshi xulqingiz, Vatanni sevishingizni namoyish qi-lishingiz lozim. She'r nomi aytilib, shoir haqida ma'lumot beriladi.
She'r bilan tanishtirish. She'r ifodali o'qib beriladi. Izohli o'qishdan foydalaniladi. Buning uchun she'rdagi notanish so'zlar ma'nosi izohlanadi, so'zlar plakatga yozib osib qo'yiladi.
She'r yuzasidan dastlabki suhbat. Quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Shoir Miraziz A’zamning Vatan haqidagi qanday she'rlarini bilasiz?
2. Bu she'rida shoir Vatanni qanday ulug'lagan?
3. U sizlarga nima demoqchi?
She'rni o'quvchilar o'qiydilar. Jo'r bo’lib o'qish, ichda o'qish, topshiriqli o'qish usullaridan foydalaniladi.
Vatan
Miraziz A’zam
Vatan bizning uyimiz,
Vatan bizning ko‘chamiz.
Soylarda sof suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Oltin tola konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan maktab, onamiz,
0‘qishni o‘rganamiz.
Qirq xil hunar o'rganib,
Yurtimni shod qilaman.
Go‘zal, erkin, muzaffar,
Boy va obod qilaman.
Darslikdagi mavzuga doir savollar va qo'shimcha materiallar (maqol, tez aytish va topishmoq) bilan ishlanadi.
4-bosqich. O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar.
Guruhlarga topshiriq.
1-topshiriq. Har bir guruhga she'rni o'qib, mazmuni ustida ish-lash vazifasi topshiriladi. Buni quyidagicha bajaradilar:
O'quvchilar guruh bo'lib she'rni o'qiydilar, bir-birlariga she'r mazmunini gapirib beradilar va o'zaro muhokama qiladilar.
2-topshiriq. Reja asosida «Mening Vatanim» mavzusida hikoya tuzing.
Reja:
1. Mening ko'cham va uyim.
2. Mening mahallam.
3. Men yashaydigan shahar (yoki qishloq).
4. Men Vatanimni sevaman.
Taqdimot: Har bir guruhdan bittadan ikki o'quvchi chiqib, bit-tasi 1-topshiriqni qanday bajarganliklarini aytadi, ikkinchisi esa reja asosida yozilgan hikoyani o'qib beradi.
O'quvchilarga topshiriqlarni bajarishdagi ishtirokiga qarab bir-birini baholash topshirig'i beriladi.
5-bosqich. Vatan haqida maqollar aytish mashqi o'tkaziladi.
1. Nimalar bizning Vatanimiz ekan?
2. Muallif she’rni kimlarga bag'ishlagan?
3. Nima uchun Vatanimizni sevamiz?
Siz kelajakda Vatanni qanday qilib boy va obod qilishingiz haqida so‘zlab bering.
She’rni yod oling.
Muhokama:
• Bugungi dars sizga yoqdimi?
• Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz?
• Shoir Po'lat Mo'min Vatanni qanday izohlaydi?
• Topshiriqni bajarishda qanday qiyinchiliklarga uchradingiz?
• Guruhda ish qanday tashkil qilindi?
• Topshiriqlarni bajarishda hammaning fikri inobatga olindimi?
Kengaytirish.
I z o h: Kengaytirish va baholashning mazmuni texnologik xa-ritada ko'rsatilgan
O’T.I.B.D.O’:
|