esa ular maʼlumotlaringiz odatdagidan xavfsizroq boʻlishiga
sizni ishontirib, bunga ruxsatingizni olishadi. Ma’lumotlardagi
xatoga misol, qazo qilgan odamga kredit toʻlashi haqida
bankdan xabar kelishining davom etishi. Bu turlicha yuz
bergan boʻlishi mumkin: maʻlumotlar bazasining (xakerlik yoʻli
bilan) buzilishi orqali undagi maʼlumotlar oʻgʻirlangan yoki
sotilgan, soʻng odamlar tomonidan
tekshirilmay masofadan
turib skanerlangan. Ayrim maʼlumotlar bazalarida juda katta
hajmdagi maʼlumotlar borligi sabab hammasining haqiqiyligini
tekshirish mushkul.
Formula va funksiyalardan foydalanish
Formulalar ham,
funksiyalar ham
elektron jadvalda
hisoblash ishlarini bajaradi. Ayrim hisob-kitoblarni bir xil natija
berishi uchun formula yoki funksiyadan foydalanib amalga
oshirish mumkin. Masalan, baʼzi raqamlarni qoʻshishni. Yonma-
yon turgan raqamlarni qoʻshadigan boʻlsangiz,
SUM kabi
funksiyadan foydalanishingiz mumkin. Masalan =SUM(A1:D1).
Bunda A1 dan D1 gacha
diapazondagi kataklar raqamlari
qoʻshiladi. Buning muqobili oʻlaroq, xuddi shu natijani olish
uchun bu raqamlarni A1 + B1 + C1 + D1 tariqasida bir-biriga
qoʻshish mumkin.
Agar yuzlab
kataklarni qoʻshish va ular bir-
biriga tutash boʻlsa, yuzlab kataklarning har birini formulaga
kiritish uchun koʻp vaqt sarflamay,
SUM funksiyasidan
foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. AVERAGE yoki
COUNTIF kabi funksiyalar qoʻllanishi qiyin boʻlgan matematik
amallar bilan ishlashni osonlashtiradi. Chunki bu funksional
imkoniyatlar funksiya ichiga oʻrnatilgan.
Bundan tashqari, “
fx”
vositasi hisob-kitoblaringiz uchun zarur boʻlgan funksiyalarni
tanlash va argumentlarni tahrirlash orqali formulani
tahrirlashga imkon beradi.