20-bob haqida umumiy maʼlumot




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/382
Sana22.11.2023
Hajmi132,8 Mb.
#103163
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   382
Bog'liq
IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

251


20-bob haqida umumiy maʼlumot
Biror narsa boʻyicha qaror qabul qilar ekanmiz, aslida biz 
qandaydir maʼlumot va axborotni tahlil qilamiz. Aqlimizda 
tahlil qilish kerak boʻlgan kichik hajmdagi maʼlumot yoki 
xabar boʻlsa, bu ish osonroq kechadi. Ammo muhim qaror 
qabul qilishda katta hajmdagi maʼlumotni tahlil qilish 
kerak boʻlsa, katta formatli jadvallar va maʼlumotlar bazasi 
kabi kompyuterda maʼlumotlarni tahlil qilish vositasidan 
foydalangan maʼqul.
Asosiy funksiyalari maʼlumotlarni modellashtirishga 
yoʻnaltirilgan koʻplab IT-dasturlar mavjud boʻlib, bu mavzuga 
turlicha yondashuvlar bor:
Sizga ssenariy yoki muammo taqdim etilishi va uni hal 
qilishingiz yoki unga eng yaxshi yechim taklif qilishingiz 
talab etilishi mumkin. Masalan, maktabda mukofotlar 
tarqatiladigan kun oʻqituvchi bajarilgan uy vazifalarining 
soni va uni bajarishga sarflagan saʼy-harakatlari, savollarga 
bergan javoblari soniga qarab qaysi oʻquvchi mukofotga 
loyiqligini bilishni istaydi. Bu maʼlumot oʻqituvchi 
kompyuteridagi elektron jadvalda yozib borilgan. Barcha 
oʻquvchilarga nisbatan adolatli boʻlish uchun oʻqituvchi 
oʻzining eng yoqtirgan oʻquvchisini tanlab olish oʻrniga bu 
maʼlumotlarni ehtiyotkorlik bilan tahlil qilib chiqishi lozim.
Sizga maʼlumotlar modeli taqdim etilishi va internetda 
topish mumkin boʻlgan murakkab muammolarga javob 
topish uchun uni oʻrganib chiqish soʻralishi mumkin. 
Masalan, oilangiz bitiruv marosimingiz uchun boshqa 
mamlakatga uchishi kerak deb tasavvur qiling. Bobongiz 
va buvangiz ham ular bilan birga sayohat qilishi va uzoq 
muddatli sayohatni yoqtirmasligi mumkin. Shuningdek, 
oilangiz byudjeti cheklangan va ular eng arzon reyslarni 
istayotgan boʻlishi mumkin. Bu holda hamma maʼlumot 
joylashtirilgan onlayn maʼlumotlar bazasidan yoki elektron 
jadvaldan foydalanasiz va ayni muammoga eng yaxshi 
yechim topish uchun maʼlumotlarni tahlil qilishingiz 
kerak boʻladi. Bu turdagi maʼlumotlar modellari “bandlov 
tizimlari” deb nomlanadi, ammo ular internet asosidagi 
onlayn maʼlumotlar modellari sifatida ishlaydi.
Sizdan moliyangizga oid maʼlumotlarni saqlash 
kabi muayyan ssenariy asosidagi yangi maʼlumotlar 
modelini yaratish soʻralishi mumkin. Agar maʼlumotlar 
modelingizdagi raqamlarni doimiy ravishda yangilab 
turadigan boʻlsangiz, bu sizga istalgan vaqtda moliyaviy 
holatingiz qanday boʻlganini bilishingizga va kelajakda uni 
“What if?” amaliy topshiriqlari asosida bashorat qilishga 
yordam beradi. Siz oʻz maʼlumotlaringizni 

Download 132,8 Mb.
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   382




Download 132,8 Mb.
Pdf ko'rish