Mustaqil O’zbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy o’quv




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#129030
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot
28801 Малакавий амалиёт дастури (1-курс), Altamira g, Korrupsiya, Stability of perovskite solar cells issues and, 3- ma’ruza, 4 mavzu, 2 mavzu., Rangtasvir 2-kurs 2022 , Rangtasvir 2-kurs 2023, 15, 14, 11, 16782, Donorlik ro\'yxat


KIRISH 
Mustaqil O’zbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy o’quv 
yurtlarimiz oldiga qo’ygan vazifalarining nechoglik muvaffaqiyat bilan bajarilishiga ko’p jixatdan 
bog’liq. CHunki oliy pedogogik o’quv yurtlari talabalarini mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek 
ulkan vazifalarni bajarish, maktablarda mehnat darslarini o’tish madaniyatiga asos soladi, o’z 
kasbiga muhabbat uyg’ota borib, bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qiladi. 
“Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da uqtirib o’tilganidek, 
talabalarga zamonaviy politexnik ta’lim, texnologik - mehnat tarbiyasini berish, kasb tanlashga 
yo’llash ishlarini o’rgatish, ularning bilim va kasbiy maxoratini hosil qilish muhimdir. Buning 
uchun maktablarda mehnat darslarini tashkil qilish uchun avvalo pedogogika oliy yurtlarida yaxshi 
jihozlangan o’quv jihozlari, laboratoriya va o’quv ustaxonalarini tashkil etishni va ulardan unumli 
foydalanishni o’rgatish kerak bo’ladi. Bo’lg’usi texnologiya fanidan dars beruvchi o’qituvchi, oliy 
o’quv yurtlarida olgan tajribasi, bilim va ko’nikmalariga suyangan holda dars beradilar. 
Hozirgi vaqtda ish texnologiya darsida ta’lim berish uchun darsliklar, o’quv qo’llanmalar 
yetishmaydi. SHularni nazarda tutib oliy pedogogika o’quv yurtlarida malakali texnologiya fani 
o’qituvchisini tayyorlash uchun “Texnologiya ta’lim praktikumi” darsiga tegishli bulgan o’quv 
qo’llanmasi hamda turdosh texnik fanlar adabiyotlaridan xamda Woodwork joints (The 
woodworker servis) kitobidan foydalanildi. 
 
 


1. AMALIY MASHG’ULOTLAR. 
1-Amaliy mashg’ulot: Kirish. Duradgorlikning xalq turmushidagi roli va vazifasi.. 
Vizual materiallar 
Tayanch so’z va iboralar: duradgor, duradgorlik ustaxonasi, ish o’rni, yog’och, yog’ochning 
tuzilishi, yarim tayyor yog’och materiallari, yog’och tanasi, lub qatlam. 
Yog’och odamlar uchun turli maqsadlar uchun foydalaniladigan asosiy tabiiy 
materiallardan hisoblanadi. Yog’ochdan juda qadim zamonlardan buyon turar joylarni 
qurishda, turli mehnat qurollari, ro’zg’or buyumlar va shu kabilar yasashda hamda qattiq 
yoqilg’i turi sifatida foydalanilmoqda. SHu bilan birga yog’och qog’oz, karton tayyorlash 
turli qismlar va boshqa kimyoviy moddalar olish hamda ayrim dori-darmonlar olish uchun 
ham asosiy material hisoblanadi. 
Yog’och chiqindisiz material hisoblanadi. CHunki ulardan turli narsalar yasash uchun 
arralash, yo’nish, qirqish, randalash va boshqa usullarda ishlov berish jarayonida hosil 
bo’ladigan poyraxalar, qirindi, qipiq va boshqa mayda bo’laklardan iborat chiqindilarga 
maxsus mashinalarda tegishli ishlov berib, yelim aralashtirib turli shakl va o’lchamlarda 
presslab quritish orqali yog’och -qipiqli materiallar tayyorlanadi. Ular ham turli buyumlar 
tayyorlashda tabiiy yog’och o’rnida ishlatiladi. Yog’och maxsulotlaridan doimo foydalanishga 
ko’nikib ketganmiz. Bular imoratlarning eshik, derazalar, stol, stul, sandiqlar, turli har xil 
asbob – uskunalar, qog’oz qalamlar va boshqalardan iborat. Yog’och materiallari turli 
daraxtlardan olinadi. Yog’och olish uchun turli sifatlardagi yog’och beradigan daraxtlarni ekib, 
parvarish qilib o’stiriladi. Har bir daraxt turi o’ziga xos sifatlarga ega yog’och hosil qiladi. 
Daraxtlarni turlarga ajratishda mevali yoki mevasizligi, tez yoki sekin o’sishi, ya’ni qancha 
yilda ishga yaroqli yog’och berishi hamda qanday sifatli yog’och berishi hisobga olinadi. 
Yog’ochning sifati deganda uning qattiq - yumshoqligi, og’ir-engilligi, turli ta’sirlarga 
chidamliligi, ya’ni undan tayyorlangan maxsulotning uzoq vaqt ishga yaroqli holda 
saqlanishi, turli asboblar bilan ishlov berishga qulayligi, qanday maqsadlar uchun foydalanish 
mumkinligi tushuniladi. Bundan tashqari daraxtlarning o’sish shakli va bargining tuzilishiga 
qarab ham farqlanadi. Bunda daraxtlarning tik o’sib, to’g’ri yassi bargli yoki igna bargli, doim 
yashil yoki kuzda bargini to’kadigan turlarga ajratiladi. Yog’och beruvchi daraxt turlari ko’p 
bo’lib, ular ye r yuzini turli qismlarida tarqalgan. 
O’zbekistonda o’sadigan daraxt turlaridan har turli sifatlarga ega yog’ochlar olish


mumkin, bular terak, tol, archa, yong’oq, qayrog’och, chinor, nok, tut, o’rik, eman, qarag’ay 
va boshqalardan iborat. 
Saksavul yog’ochi asosan o’tinga ishlatiladi. Kerakli yog’ochlarni yetishtirish uchun har 
bir daraxt turini ekish va parvarish qilib o’stirish qoidalarini o’rgangan mutaxassislar mehnat 
qilishadi. O’stirib yetishtirgan daraxtni kesish, ularni kerakli joylarga tashib keltirish va zarur 
o’lchamdagi taxtalar, to’sinlar, reykalar shaklida arralash ishlarini bajarishda bir qancha 
turdagi mashina - mexanizm va stanoklardan foydalaniladi. Ularning har birini tegishli 
mutaxassislar boshqaradi. Ular o’rmon kesuvchilar, traktorchilar, shafyorlar, yuk tashish, 
ortish mexanizmlari haydovchilardir. 
Taxta tilish arralash stanoklarini boshqaruvchilar hamda boshqa muxandis- texnik 
xodimlardan iborat. Ularning mehnatlari natijasida turli o’lchamdagi taxtalar, to’sinlar, 
reykalar hamda fanerlar tayyorlanadi. Bular yarim tayyor yog’och maxsulotlari deb ataladi. 
Bunda asosiy ish jarayoni yog’och gullarni bo’yiga, ko’ndalangiga, arralash va randalash 
hamda faner tayyorashdan iborat bo’ladi. Yog’ochsozlik sanoati sohasida turli kasb egalari 
xizmat qiladilar. Yog’ochdan maxsulot tayyorlash kasblarining turlari ko’p bo’lib, ularni 
duradgorlik degan umumiy nom bilan aytiladi. Har bir duradgor ustasining kasbi uning 
tayyorlaydigan maxsulotiga asosan nomlanadi. Masalan imoratsoz, eshiksoz, yog’och 
o’ymakori, mebelchi, sandiqchi, dastgohsoz, aravasoz, egarchi, kemasoz, qoshiqchi va 
boshqalar. 
Yog’och tayyor qurilish materiali bo’lib, u xalq xo’jaligining turli sohalarida keng 
ko’lamda ishlatiladi. Yog’och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan 
qurilish va inshoatlarda, avtomabilsozlikda, vagonsozlikda, kemasozlikda, kimyo va ko’mir 
sanoatida, qog’oz-tselyuloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt tayyorlashda 
va boshqa sohalarda foydalaniladi. 
Yog’ochning keng ko’lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining 
yuqoriligidadir. Yog’ochni ishlash oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektr 
tokirini yomon o’tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko’pchilik 
yog’ochlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lib, puxta yelimlanuvchi bo’ladi va yaxshi 
pardozlanadi. Ammo yog’ochning ayrim kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik 
o’zgarishi natijasida yog’och qurib tob tashlaydi, nam totib shishadi, eshilib-toblanadi, yoriladi 
va xokazo. 
Yog’ochning puxtaligi, kattaligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli 
yo’nalishda turlichadir, yog’ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi. 
Yog’och oson alangalanadi, chirishga, xashoratlarning yemirishiga qarshilik ko’rsata olmaydi. 
Bundan tashqari yog’ochda ayrim nuqsonlar ham bo’ladi, bular yog’och sifatining pasayishiga 
olib keladi. 
Hozirgi kunda yog’och ishlash korxonalarida tabiiy yog’och o’rnini oladigan yangi tur 
yog’och materiallar ishlab chiqarilmoqda. Yog’och ishlash korxonalarida hosil bo’ladigan 
chiqindilardan: arra to’poni va payraxalarni presslash yo’li bilan tayyorlanayotgan yog’och 
materiallar tabiiy yog’ochlarda uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli 
puxtalik jihatdan ustun bo’lib, ayrim hollarda metall o’rnini ham bosa olmoqda (presslangan 
yog’och matoriallardan hatto podshipnik va mashina detallari tayyorlanadi). Sanoatda ishlab 
chiqilayotgan ayrim presslangan yog’och materillar qurilishda, mebel korxonalarida keng 
ishlatilmoqda. 
Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlashda materialdan to’g’ri va tejamkorlik 
bilan foydalanish tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab chiqarishning samaradorligini 
oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, xususiyatini unga ishlov berish 
texnologiyasini bilish talab etiladi. SHunga ko’ra talabalarni xalq xo’jaligini turli 
sohalarida ishlatiladigan yog’och materiallarining tuzilishi, turlari, xossalari, ularga ishlov 
berish usullari bilan tanishtirib o’tamiz. 

Download 0.82 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil O’zbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy o’quv

Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish