Durodgorlik ustaxonasida ish o’rni
Yog’ochga ishlov berish o’quv ustaxonasida o’quvchilarga yog’ochga ishlov berish
kasblarida qo’llaniladigan zamonaviy ish usullarini o’rgatish mashg’ulotlari olib boriladi.
Ustaxonada har bir o’quvchi uchun alohida ish dastgohi o’rnatiladi. (1a,b- rasm).
Ustaxonaning o’z ichki qoidalari bo’lib, ularga to’liq, rioya qilish shart. Ustaxonaga har bir
talaba kerakli o’quv qurollari: qalam daftar, chizg’ich, o’chirg’ich va shu kabilar bilan kelishi
va uni ishga tayyorlashi kerak. Uctaxonada asboblarni o’qituvchining ruxsatisiz joyidan olish
va ishlatish mumkin emas. O’qituvchi toshpiriqni tushuntirib bo’lgandan so’ng uning ruxsati
bilan amaliy ishlarni bajarishga kirishadi. Ish jarayonida har bir asbobdan xavfsiz foydalanish
qoidalariga qat’iy rioya qilish talab qilinadi. Ish vaqtida boshqa talabalarga xalaqit bermaslik,
asboblarga zarar yetkazmaslik, materiallardan to’g’ri foydalanish lozim. Dars tugagach, har
bir o’quvchi o’z ish joyini yig’ishtiradi, asboblarni tozalab o’z o’rniga qo’yadi va tayyorlangan
buyumni o’qituvchiga topshiradi. Ish kiyimlarini tozalaydi, qo’llarini yuvadi. Talabalar
o’qituvchi ruxsat bergandan so’ng ustaxonadan chiqadilar. Navbatchi talabalar ustaxonadagi
changlarni latta bilan artib tozalaydilar, deraza darchasini ochib xonani shamollatadilar.
Har bir o’quv ustaxonada quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi kerak:
Ish kiyimlarini (xalat, kombinezon va boshqalarni) to’g’ri kiyish.
Ish joyida tartibni saqlash, asboblarning ishga yaroqliligini tekshirish, asboblardan to’g’ri
foydalanish, yaroksizlaridan foydalanmaslik.
O’qituvchi ruxsat bergandan keyin ishni boshlash.
Ish vaqtida asboblardan to’g’ri foydalanish, boshqa o’quvchilarga xalaqit bermaslik,
materiallarni tejab sarflash.
Dars tugagach asboblarni tozalab o’z o’rniga qo’yish.
Ish joyidagi qirindi va boshqa chiqindilarni mahsus cho’tka bilan tozalash.
Jarohatlanish yoki shikastlanish ro’y bergan xollarda darhol o’qituvchiga ma’lum
qilish.
Ish o’rni
Talaba ish o’rni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilinishi
kerak.
Har bir ish o’rni o’rindiqlar bilan jihozlangan bo’lishi zarur. Ish o’rni maxsus moslamalar:
tumbochka, suriluvchi quti, shkaf, asbob uchun stellaj, himoya kuzoynagi, chizmalar va boshqalar
bilan jihozlanishi, ularning ish o’rnidan tashqariga chiqib turmasligi ta’minlanishi kerak.
Ish o’rnidan yakka tartibda foydalaniladigan doimiy asboblar RO’YXATI:
1. Tiskilar balandligini bo’yga rostlash uchun tutqich-kalit
2. O’lchovchi metall chizg’ich-1
3. CHizg’ich-1. Belgilash tsirkuli-1
4. To’g’rilovchi lokal chizg’ich-1
5. To’g’irlovchi, yassi, chilangarlik, durodgorlik 90
burchakli chizg’ich-1
6. Kerner-1, SHtangentsirkul SHS-1-1
7. Og’irligi (400-500) gramli bo’lgan chilangarlik po’lat bolg’asi-1
8. CHilangarlik zubilasi-1. Turlicha o’yiqli egovlar (№ 1, 2, 4, 5)
9. Supurgi
Ish o’rni va yo’laklarni material, namuna, buyum yoki chiqitlar bilan to’sib qo’yishga ruxsat
etilmaydi.
O’quv yurti rahbari, ustaxona mudiri, texnologiya ta’limi o’qituvchilari, shuningdek amaliyot
o’tash joyidagi ishlab chiqarish bo’linmasi rahbarlari o’quvchilarning soz ishchi holatidagi asboblar
bilan ta’minlanishi, ish usullarini to’g’ri bajarishi uchun mas’uldir.
Asboblar uskuna yonidagi saqlanishi mumkin bo’lgan quti, shkaf, mashina konstruksiyasida
ko’zda tutilgan holda uning ichki qismida maxsus joyda saqlanishi kerak.
|