4
“Kasb ta’limi praktikumi” G’.M.Abduqodirov T:. 2012 “Sharq” 12 bet
Maktab ustaxonasidagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning oyoqlariga o’rnatilgan va
kerakli balandlikda mahkamlanadigan ish stolidan iborat bo’lib, u stolda tegishli kattalikdagi
yog’och materiallarini ishlov berish uchun kerakli holatda mahkam o’rnatish uchun teshiklar
ochiladi. Stolning chuqurlashtirilgan qismidan ishlatiladigan asboblar va materiallarni qo’yish
uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi.
Iskanja ishlov beriladigan detalni kerakli holatda mahkam o’rnatish hamda bo’shatib olish uchun
ishlatiladi. Duradgorlik dastgohi stolning balandligi unda ishlayotgan odamning bo’yiga mos
bo’lishi kerak.
O’zining ishlaydigan dastgoh stolining balandligiga to’g’ri belgilash uchun dastgoh oldida
gavdangizni tik tutgan holda qo’lingizni dastgoh stolining yuziga qarab tik pastga uzating va
qo’lingiz kaftini bukib, uning to’liq yuziga tegadigan balandlikni belgilang. SHu balandlikda
o’rnatilgan dastgoh stoli sizning ishlaringiz uchun eng to’g’ri va qulay xisoblanadi. Dastgohga
ishlov berilayotgan materialni to’g’ri o’rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilmagan holda
bajariladigan ishlar yaxshi sifatli bo’lmaydi hamda ishlovchi va uning atrofidagi odamlar uchun
xavfli bo’ladi. SHu bilan birga ishlatilayotgan asboblarga ham ortiqcha zarar yetadi. Dastgohda
foydalanishda uning iskanjalarini juda qattiq siqish kerak emas. Dastgoh stolini kesish, chopish,
arralash, bolg’a bilan ortiqcha zarba berish va boshqa zararli ta’sirlardan saqlash lozim. Dastgoh
stoli ustida asboblarni ulardan foydalanishga qulay holatda joylashtirish lozim.