• 1-rasm. b) Yogochga ishlov berish o’kuv ustaxonalarida ish o’rinlarining taxminiy joylanish rejasi 2 .
  • -rasm. a) Yogochga ishlov berish o’quv ustaxonalarida ish o’rinlarining taxminiy




    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana29.12.2023
    Hajmi0,82 Mb.
    #129030
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg\'ulot

    1-rasm. a) Yogochga ishlov berish o’quv ustaxonalarida ish o’rinlarining taxminiy 
    joylanish rejasi
    1
    . 
    1-o’qituvchining ish o’rni; 2-qo’l yuvgich; 3-aptechka, 4-asbob uskuna va materiallar jovoni; 5- 
    kunda, 6-dastgohlar; 7-devor soati; 8-o’quv ko’rgazma qurollari javoni; 9-bo’yoqchilik stoli; 10. 
    11, 12, 13, 14-frezerlash, parmalash, yog’och ishlash tokarlik stanoklari, randalash, arralash 
    stanoklari; 15-charx; 16- materiallar tokchasi. 
    Verstaklarda joylashtirilgan iskana o’qlari o’zaro masofasi bir metrni tashkil qilgan holda 
    o’rnatiladi. Verstak eni 0,75 m dan kichik bo’lmasligi, o’quvchilarni turli uchqunlardan saqlash 
    uchun boshqalardan to’sib turuvchi sim to’rdan to’siqlar o’rnatilishi kerak. 
    1-rasm. b) Yogochga ishlov berish o’kuv ustaxonalarida ish o’rinlarining taxminiy joylanish 
    rejasi
    2
    . 
    1-kunda; 2-dastgohlar; 3-universal arralash-randalash stanogi; 4-parmalash stanogi; 5-yog’och 
    tokarlik stanogi; 6-charx; 7 -o’qituvchining ish o’rni; 8-qo’l yuvgich; 9- aptechka; 10-asbob- 
    uskuna va materiallar javoni; 11-devor soati. 
    Iskanalar 
    buyumni 
    ishonchli 
    tutib 
    tura 
    olishi, 
    ularning 
    siqib 
    turuvchi 
    qismi 
    deformatsiyalanmagan bo’lishi talab qilinadi. Bolg’a, kuvalda va boshqalar muhrasi tekis bo’lishi, 
    chuqurcha yoki yorilgan joylari bo’lmasligi, mustahkam tutqichga ega bo’lishi kerak. Bolg’a va 
    kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yog’och turlaridan ishlanadi. Yumshoq, mo’rt yog’ochdan 
    ishlangan tutqichlardan foydalanish ta’qiqlanadi. 
    1
    “Kasb ta’limi praktikumi” G’.M.Abduqodirov T:. 2012 “Sharq” 8 bet 
    2
    “Kasb ta’limi praktikumi” G’.M.Abduqodirov T:. 2012 “Sharq” 9 bet


    Bolg’a va kuvalda silliq, oval kesimli tutib turiladigan tomoni yo’g’onlashib boradigan shaklda 
    bo’lishi kerak. Tutqich yuzasi silliq, tekis bo’lishi, yoriq va payraxalari bo’lmasligi kerak. 
    Egov, stameska, arra va boshqa shu kabi asboblar keyingi qismiga yorilib ketishning oldini 
    oluvchi metallar halqali tutqichlar o’rnatiladi. Tutqich uzunligi asbob o’lchamiga mos kelishi 
    ta’minlanadi. 
    Asbob og’irligi va o’lchami unda ishlovchi o’quvchining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi 
    lozim. 
    Qayd etilgan asboblardan tutqichi bo’lmagan, nosoz bo’lgan holda foydalanish ta’qiqlanadi. 
    Metalga ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko’zoynaklari taqiladi. Ishlab chiqarish 
    ustalari himoya ko’zoynaklaridan foydalanishni nazorat qilishlari kerak. 
    Arralar to’g’ri kerilgan va charxlangan bo’lishi kerak. Arra tutqichlari mustahkam o’rnatilgan, 
    silliqlab tozalangan bo’lishi kerak. Randalash asboblari tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega 
    bo’lishi kerak. Kolodkaning keyingi qismi tumtoqlangan tutqichi silliqlangan bo’lishi kerak. 
    Randalash asbobi yo’nish qismi to’g’ri charxlangan, yog’och kolodkaga mustahkam va zich 
    o’rnatilgan bo’lishi, yorilgan joylari va chuqurchalari bo’lmasligi kerak. 
    Gayka kalitlari, gayka va bolt kallaklari o’lchamiga to’g’ri kelishi, yorilgan joylari va 
    chuqurchalari bo’lmasligi kerak. Kalitlarni turli moslamalar bilan uzaytirish mumkin emas. Qo’lda 
    tashiladigan yuk bilan ishlashga mashg’ulot vaqtining 3/1 qismi sarflanganda uning og’irligi 
    mehnat qonunchiligiga ko’ra 15 yoshdagi o’g’il bolalar uchun 8,2 kg dir. 
    O’quv ustaxonalarining tabiiy va sun’iy yoritilish darajasi maktab uchun belgilangan talabga 
    javob berishi lozim. O’quv xonalarida yorug’lik chap tomondan tushishi, o’quv-ishlab chiqarish 
    xonalarining ish o’rinlari esa texnologik talab asosida tashkil qilinishi lozim. 
    Yog’och va metallga ishlov berish ustaxonasida gorizontal yuzalarning poldan 0,8 m 
    balandlikdagi satxda yoritilganlik lyuminessent lampa uchun - 300 lk, cho’g’lanma lampa, uchun 
    150 lk, tikuv ustaxonasida lyuminessent lampa uchun - 400 lk, cho’g’lanma lampa, uchun 200 lk, 
    o’quv ustaxona, yo’laklarda (polda) 100 lk va 50 lk bo’lishi lozim. Eshik va boshqa yorug’lik 
    o’tkazuvchi tuynuklarni buyum, uskuna, material va boshqalar bilan to’sib qo’yish ta’qiqlanadi. 
    Deraza yonida buyum va materiallarning joylashtirilishi ustaxonaning tabiiy yoritilishiga xalaqit 
    bermasligi kerak. Ustaxonadagi uskunalar ish o’rnini yorug’likdan to’sib qo’ymaydigan qilib 
    o’rnatiladi. 
    Deraza oynalari yilda kamida ikki marta tozalab turilishi, tutun va chang ko’proq chiqadigan 
    xonalarda ularning ifloslanishiga qarab yiliga kamida 4 marta tozalanishi lozim. 
    Ustaxona binoning qaysi qavatida joylashishidan qat’iy nazar deraza oynalarini yuvishga 
    o’quvchilarni jalb qilish ta’qiqlanadi. Oynalar deraza romida mustahkam o’rnatilgan bo’lishi va 
    tushib ketishning oldi olingan bo’lishi kerak. Daraxtlarning o’sib ketgan shoxlari oynani to’sib 
    quymasligi uchun ular o’quv binosidan kamida 10 m masofada o’tqaziladi. Bino yaqinida 
    o’sayotgan daraxtlar har yili bahor faslida butab turiladi. 
    Sun’iy yoritish umumiy yoki kombinattsiyalashgan (umumiy va mahalliy) bo’lishi mumkin. 
    Faqat mahalliy yoritish bilan cheklanishga yo’l quyilmaydi. Umumiy yoritish lampalari poldan 
    kamida 3 metr balandlikda joylashtiriladi. 
    Ishdan chiqqan yoritkich yoki o’tkazgichlar shu vaqtning o’zida almashtirilishi yoki 
    sozlanishi lozim. Lampa, o’tkazgich, saqlagichlarni almashtirish elektromontyor tomonidan 
    bajariladi. Bu ishlarni bajarish o’quvchilarga topshirilmaydi. 
    Yoritish uskunalarning elektr qismi elektr uskunalarni o’rnatish qoidalariga javob berishi 
    talab qilinadi. O’quv-ishlab chiqarish ustaxonasi va yordamchi xonalar havo almashtirish va isitish 
    tizimi bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Havo almashtirish tabiiy, harorat va havo tarkibini ta’minlab 
    berishi lozim. 
    Metal va yog’ochga ishlov berish ustaxonalarida havo almashinuvi 1 kishiga 20 m
    3
    /soat ni 
    tashkil qilishi kerak. CHang ajralib chiqishi bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlar (elektr charx, 
    pardozlash dastgohi) uning chiqib ketishi yoki tutib qolinishini ta’minlovchi moslamalar bilan 
    ta’minlanadi. 
    Havo almashtirish uskunalari hamma vaqt ishchi holatda bo’lishi, ularni ishlatish uchun 
    javobgar shaxslarning doimiy nazoratida bo’lishi lozim. Havo almashtirish uskunalari rejali 
    ravishda ta’mirlab, rostlab turilishi, davriy sanitariya va texnik sinovdan o’tkazilib, ishlarning 
    barchasi maxsus daftarga qayd etib boriladi. O’quv va o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida metall 
    radiatorli markaziy isitish tarmog’idan foydalanish tavsiya etiladi. 


    Isitish haroratining bir me’yorda bo’lishi, rostlab turish imkoniyatining bo’lishi, umumiy 
    tarmoqqa ulash yoki uzish uskunalarining ishchi holatda bo’lishi talab qilinadi. 
    O’quv va o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalarini isitish maqsadida vaqtinchalik cho’yan pechlar 
    yoki texnik talablarga javob bermaydigan boshqa uskunalardan foydalanish ta’qiqlanadi. Metalga 
    ishlov berish ustaxonada optimal temperatura 15-16

    S, yog’ochga ishlov berish ustaxonada 14-15


    bo’lishi lozim. 
    Eshiklar majburiy yopilishni ta’minlovchi moslama (prujina, pnevmatik qurilma va b.) ga ega 
    bo’lishi kerak. Yogochga ishlov berish o’quv ustaxonalarini jihozlashda duradgorning ish o’rnini 
    to’g’ri va har tomonlama to’liq tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. CHunki o’quvchilarning 
    o’zlariga topshirilgan ishlarni erkin va qulay, aniq va yaxshi sifatli qilib bajarishlari ish o’rnining 
    to’g’ri tashkil etilishiga ko’p jihatdan bog’liq. 
    Duradgorlikda bajariladigan ish turlarini erkin bajarish imkonini beradigan barcha turdagi 
    asbob-uskuna va moslamalar bilan jihozlangan, ishni bajarish tartibini ko’rsatuvchi texnik hujjatlar 
    hamda buyum tayyorlash uchun kerak bo’lgan yog’och materiallar bilan ta’minlangan yogochga 
    ishlov berish o’quv ustaxonasining bir qismi duradgorlik ish o’rni deb ataladi. 
    Duradgorlik ish o’rnining asosini dastgoh (duradgorlik verstagi) tashkil etadi. Buylama va 
    ko’ndalang tiskilardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar 
    qo’yish uchun moslangan bo’ladi. 
    Har bir ish o’rniga tegishli individual asbob-uskunalar, yog’och materiallar, dastgohni 
    xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda tartibli o’rnatiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg’a 
    kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratilib teriladi. 
    Individual asboblarni devorga osilgan maxsus asboblar tokchasiga yoki dastgoh oyoqlarini 
    biriktiruvchi boylama kashaklarga taglik taxta o’rnatib, unga terib quyilishi mumkin. 
    Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun- qisqaligiga, enli- 
    ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. 
    Qisqa va ensiz yog’och taxtalarni arralashda ular buylama tiskiga qistirib olinadi. Enlik 
    taxtalar ish taxtasi ustidagi ponalar orasiga o’rnatib tilinadi. Bu holda taxtaning tilib olinadigan 
    qismi ish taxtasidan chetga chiqarib o’rnatiladi. 
    Uzun o’lchamdagi taxta materiallar ish taxtasi ustida qo’zg’almas ponaga tirab arralanadi. 
    Taxtalarni randalashda ularning uzun-qisqaligiga qarab ko’chirib olib quyiladigan ponalar 
    orasiga o’rnatiladi. Taxtani ponalar orasiga o’rnatishda buylama tiskini ketinga qarab masofadan 
    ortiq surmaslik kerak (4-rasm). Aks holda surish vinti rezbasi uzilib, tiski ishdan chiqishi mumkin. 
    Agar randalanadigan taxta ponalar orasiga sig’masa, pona oldingilarga ko’chirib o’rnatiladi. 
    Enlik taxtalarning cheti (qirrasi) ko’ndalang tiskiga o’rnatilib randalanadi. 
    Taxtaning ikkinchi uchi yon ponalar yoki maxsus tirgaklar ustiga qo’yiladi.


    3
    “Kasb ta’limi praktikumi” G’.M.Abduqodirov T:. 2012 “Sharq” 34 bet 
    Uyish-teshish ishlarini bajarishda teshiladigan taxta material ish taxtasi ustiga ponalar orasiga 
    o’rnatilib, boylama tiski yordamida qotirib qo’yiladi. Teshik ochishda dastgoh ish taxtasi o’yilib 
    qolmasligi maqsadida teshiladigan taxta ostiga ehtiyot taxtasi o’rnatib olish tavsiya etiladi. 
    Extiyot taxtachasi oddiy yoki presslangan faneradan tayyorlanib, uning ikki uchiga qarama- 
    qarshi tomondan reykachalar mixlanadi. Ehtiyot taxtachasidan foydalanib arralab qirqish va o’yish- 
    teshish ishlari olib boriladi. 
    Extiyot taxtachasidan foydalanib arralab qirqish ishlarini olib borish buylama tiskiga qistirib 
    arralashga qaraganda ancha qulay. Bu taxtani boylama tiskiga qistirib o’rnatish va undan bo’shatib 
    olish ishlaridan holi qiladi. 
    Extiyot taxtachasidan foydalanib uyish-teshish ishlari olib borilganda verstakning ish taxtasi 
    uyilish-eyilishdan saqlanadi. Natijada uning sifati buzilmaydi, xizmat muddati ortadi. 

    Download 0,82 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. a) Yogochga ishlov berish o’quv ustaxonalarida ish o’rinlarining taxminiy

    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish