• 4-rasm.O’sib turgan daraxt qismlari.
  • 5-rasm. Tananing ko’ndalang qirqimi 5 .
  • Mustaqil O’zbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy o’quv




    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana29.12.2023
    Hajmi0,82 Mb.
    #129030
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg\'ulot

    Yog’och va uning tuzilishi 
    Yog’och deb daraxtning tanasi, butoqlari, novdalari va ildizlarining asosiy qismini hosil 
    qiluvchi qismiga aytiladi. (4-rasm). Daraxtning yog’och hosil qiluvchi tanasi o’zak, yog’ochlik tola, 
    po’stloqdan iborat bo’ladi. Yog’och daraxtning suv va unda eriydigan mineral tuzlari o’tkazuvchi 
    murakkab to’qimasidan iborat. Bu to’qimalar tuproqqa ildizlar orqali olingan moddalarni daraxt 
    tanasi orqali barglarga hamda barglarda hosil bo’lgan moddalarni daraxtning boshqa moddalariga 
    yetkazib beradi. 
    4-rasm.O’sib turgan daraxt qismlari. a) o’sib turgan daraxt, b) 13 yoshli daraxt tanasining 
    shakllanish sxemasi.
    4
    SHu bilan birga yog’och to’qimalari o’zida tegishli moddalarni to’plab o’sib boradi. 
    Yog’ochning o’sishi uning ko’ndalang qismidagi yillik xalqalaridan ko’rinadi (5-rasm). 
    Bu xalqalar soni shu yog’ochning yoshini bildiradi. Har bir daraxtning yog’ochi uning 
    og’irligini ko’tarib turish, turli ta’sirlarga chidamliligini ta’minlash vazifalarini ham bajaradi. 
    Daraxtning 
    tanasi, 
    butoqlari, 
    shoxlari, 
    novdalari 
    va


    ildizi uning yog’och qismini tashkil qiladi. Daraxtning tanasi uning asosiy yo’g’on yog’och 
    qismi bo’lib, ildizlar bilan barglar orasidagi modda almashinuvini ta’minlash hamda 
    daraxtning yerdan ustki qismini ko’tarib turish vazifalarini bajaradi. Butoqlar daraxt 
    tanasining turli tomonlarga qarab o’sib chiqqan qismlardan iborat. SHoxlar, butoqlarning turli 
    tomonlarga qarab o’sib chiqqan qismi bo’lib, ular o’sish novdalari bilan tugallanadi. Novdalar 
    va shoxlarda daraxt barglari va mevalar o’sadi. Ildizlar daraxtning tuproq orqali oziqlanishini 
    hamda yerga mustaxkam o’rnashishini ta’minlaydi. 
    5-rasm. Tananing ko’ndalang qirqimi
    5
    . 
    Yog’ochsozlik ishlarida asosan daraxtning tanasini hosil
    Q
    iluvchi qismidan foydalaniladi. 
    Daraxtning ildizlari va ayrim shohlaridan qiziqarli shakldagi bezak buyumlar yasashda foydalaniladi. 
    Ayrim daraxtlarning egiluvchan va to’g’ri o’sgan novdalari savatchilikda va boshqa buyumlar 
    yasashda ishlatiladi. Turli daraxtlarning ildiz qismidan badiiy haykallar yasashda ko’p 
    foydalaniladi. 
    Yog’ochli o’simliklarni butasimon turlari mavjud bo’lib, u l a r n i n g tanasi yer sathidan 
    boshlab ko’psonli yon shoxlari hosil qilib o’sadi va yo’g’on yog’ochli tana hosil qi l may di . 
    Bu lar ga qar ag’ ay , to’rang’i, do’lana, chetan ligusturum (jonli devor hosil qiluvchi o’simliklar) 
    va boshqalar kiradi. Ularning novda va shohlaridan turli buyumlar yasashda foydalaniladi. 
    Ma’lumki, barcha turdagi yog’och - taxta materiallar daraxtdan olinadi. SHuning uchun 
    o’quvchilarga daraxt tuzilishi, unint qismlari bilan tanishtirib, ulardan qanday material olinadi va 
    qanday maqsadlarda ishlatilishi haqida tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Har qanday o’sib 
    turgan daraxt uch qismdan: ildiz, tana va shoxlardan iboratdir. Ildiz daraxtning o’sishi uchun kerak 
    bo’ladigan asosiy qismlardan biridir. Ildiz o’z shakli, katta- kichikligi, soni va yerga joylashishiga 
    qarab turli daraxtlarda turlicha bo’ladi. SHunga qaramasdan barcha daraxtlarning ildizida asosiy 
    tomirlar bo’lib, ular ko’pincha asosiy-o’q tomirlardan iborat bo’ladi, ular tananing davomini tashkil 
    etadi. Bundan ko’rinadiki, qalin ekilgan daraxtlarning o’q tomoni rivljlangan bo’ladi. Siyrak va 
    yakka tartibda o’sgan daratlarning ildizi yerga tik ketmasdan yer betini qoplab tarqaladi. CHunki 
    yakka va siyrak o’sgan daraxtlar shamol ta’sirida o’z muvozanatini saqlash maqsadida past bo’yli, 
    ildizi yer betini qoplab tarvaqaylab o’sadi. Daraxt ildizida o’q tomirlar, yon tomirlar shuningdek 
    rishta tomirlar bo’ladi. Rishta tomirlarda mayda ko’zga ko’rinmas kapilyar naychalar bo’lib, ular 
    orqali yerdan olingan va daraxtning o’sishi uchun kerak bo’ladigan suv va ozuqa moddalari so’rib 
    olinadi. Ildiz orqali olingan ozuqa moddalari tana orqali shoxlarga o’tadi. 
    5
    “Kasb ta’limi praktikumi” G’.M.Abduqodirov T:. 2012 “Sharq” 13 bet


    Daraxtning o’q tomiri to’g’ri va katta bo’lib, ulardan ko’pincha yog’och ishlash tokarlik 
    stanoklari uchun material sifatida foydalaniladi. 
    Po’stloq-tashqi va ichki qatlamdan iborat bo’lib, tana hajmining 6-25% cha qismini tashkil 
    etadi. Po’stloqning tashqi qismi po’k qatlam, deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog’ochni har 
    xil tashqi ta’sirlardan issiq-sovuqdan, mexanik ta’sirlardan, zararkunanda xashoratlardan saqlaydi. 
    Po’stloqning ichki qismi lub qatlami deyiladi. Lub ko’zga ko’rinmaydigan mayda tolalardan iborat. 
    Po’stloqning qalinligi tananing turli qismida turlicha bo’ladi. U tananing uch qismida yupqa 
    bo’lib, patga tushgan sayin qalinlashib boradi. Bundan tashqari daraxtlarning po’stlog’i tashqi 
    ko’rinish jihatdan ham bir-biridan farq qiladi. Yosh daraxtlarning po’stlog’i silliq va yumshoq 
    bo’ladi, tana yo’g’onlasha borgan sayin po’stloq yorilib dag’allashadi va kattaligi orta boradi. 
    Har qanday daraxtning po’stlog’i tashqi tuzilishi bilan bir qatorda rangi bilan ham bir-biridan 
    farq qiladi. Daraxtlarning po’stlog’i oq tusdan to’q-jigar rangacha o’zgaradi. 
    Qrim va Kavkazda, uzoq SHarq va Saxalinda o’sadigan probkali eman daraxtining po’stlog’i 
    qalin bo’lib, ulardan probkalar, issiqlik izolyatsion plitalar tayyorlanadi. 
    Kambiy - lub bilan yog’och orasiga joylashgan mayin va shirali qatlam bo’lib, u tirik 
    hujayralardan iborat. Kambiyni qurollanmagan ko’z bilan ajrata olish qiyin. Uni baxorda tanadan 
    po’stloqni shilib olish bilan ko’rish mumkin. Bu vaqtda kambiy hujayralarining buzilishi natijasida 
    shirali, shilliq parda-suyuqlik ajralib chiqadi. Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan 
    oziqlanadi. Daraxtning o’sishi kambiy hujayralarining ikkiga bo’linishi orqali ro’y beradi. Ulardan 
    biri kambial ajralib chiquvchi xujayralarning ko’p qismi yog’ochlikka o’tib, po’stloqqa oz 
    miqdordagina o’tadi. Buning natijasida yog’ochning o’sishiga qaraganda ro’y berib, yog’och va 
    po’stloqning xajmi proportsional ravishda o’smaydi. Bu esa daraxtning yoshi orta borgan sayin 
    po’stloqning po’k qatlamining yorilishiga sabab bo’ladi. Kambiy o’sayotgan daraxt uchun hayotiy 
    manba hisoblanadi. 
    Yog’ochlik – tananing yog’ochlik qismi po’stloq osti, mag’iz va o’zakdan tashkil topgan. 
    (5- rasm). Kambiy xujayralarining rivojlanishi erta baxorda asta-sekin boshlanib, yozda 
    tezlashadi, kuzda susaya boradi. Kambiy xujayralarining bu xilda rivojlanishi natijasida yillik 
    xalqalar hosil bo’ladi. CHunki bahor faslida kambiy xujayralarining tananing yog’ochlik 
    qismiga o’tadigan miqdori ko’p bo’lib, ular yirik va yupqa po’stloqli bo’ladilar. Natijada 
    yog’ochlikning bahor faslida hosil bo’lgan qismida g’ovak to’qima aktivligi susayadi, xujayralar 
    maydalashib, qalin po’stloqli bo’la boradi va zichligi ortadi. Oqibatda yoz faslida hosil bo’lgan 
    yog’ochning qattiqligi yuqori bo’ladi. Yog’ochlikka o’tgan kambiy xujayralarining zichligi 
    kam bo’lgan qismi ochroq tusga ega bo’ladi, zichligi ortiq bo’lgan qismining rangi qoramtir 
    bo’ladi. Bu hol daraxtning o ’ s i s h davrida har yili takrorlanib, o’z navbatida yillik xalqalarning 
    hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Yog’ochning ko’ndalang qirqimi bo’yicha qaraganda yillik 
    xalqalar aylana shaklida, radial qirqimi bo’yicha to’g’ri chiziqlar ko’rinishida va tangental 
    q i r q i m i b o ’ y i c h a qaraganda u c h i shoxtomonga qaragan burchaklar shaklida ko’rinadi. 
    D a r a x t n i n g y o s h i orta borgan sayin eski yillik xalqalarning zichligi vaqattiqligi orta boradi. 
    (3-rasm). Po’stloqqa yaqin joylashgan yillik xalqalarning zichligi kam, g’ovak bo’lib, u orqali 
    ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga qarab ko’tariladi. Agar mag’zining rangi 
    po’stloq osti qatlamining rangidai farq qilmasa daraxt ye tilgan hisoblanadi. 
    O’zak - tanani ko’ndalang qirqimi bo’yicha karaganda uning o’rtasidan silliq doirani 
    ko’rish mumkin. Bu o’zak bo’ladi. O’zak nozik, tez chiriydigan bo’ladi. CHirish uzaqdan 
    boshlansa, po’stloqqacha tarqalib daraxtni po’k qilishgacha olib keladi. O’zak g’ovak 
    xujayralardan iborat bo’lib, u butun tana bo’ylab o’tadi. O’zakdan po’stloqqa qarab o’zak 
    nurlari o’tadi. 
    Po’stloqdagi ozuqa moddalari o’zak nurlari orqali tananing ichki qatlamiga o’tadi. O’zak 
    nurlari hamma daraxt turlarida bo’lib, shakli va joylanishlariga ko’ra ular bir - biridai farq qiladi. 
    O’zak nurlarini tananing har qanday qirqimi bo’yicha ko’rish


    mumkin. Birlamchi deb ataluvchi o’zak nurlari o’zakdan boshlanib, po’stloqqa qadar davom
    etadi, ikkilamchi dub ataluvchi o’zak nurlari o’zakdan turlicha masofada boshlanib, 
    po’stloqqa qadar yetib boradi. O’zak nurlarining eni 0,005:1 mm atrofida bo’ladi. Radial qirkimda
    o’zakdan po’stloqqa tomon yo’nalgan ensiz chiziqlar ko’riniishda, tangental qirqim bo’yicha
    uzik - uzik chiziqlar k o ’ r i n i s h i da , ko’nda la ng qirqimda radius bo’yicha yo’nalgan 
    chiziqlar ko’rinishiga ega bo’ladi. 

    Download 0,82 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil O’zbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy o’quv

    Download 0,82 Mb.
    Pdf ko'rish